100
Ish qOg‘OzLArI usTIDA IshLAsh.
BAyONNOmA
1-topshiriq.
Matnni o‘qing. Unda ifodalangan fikrlar atrofida o‘z mu-
lohazalaringizni bildiring.
O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim
va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat
tayyorlash va rasmiylashtirishda,
eng avvalo, o‘zbek tilining barcha aso-
siy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.
Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman, faoliyati
ish qog‘ozlarini tuzish bilan bog‘liq kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish
belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishi kerak. Busiz bugungi
taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda
va teran mantiqli
hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv
sohasidagi xizmatchilar o‘z ish vaqtlarining 80 foizgacha qismini hujjat-
lashtirish ishiga sarflar ekan. Ular o‘zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi
xabardor bo‘lmasa, ish vaqtlarining hammasini – 100 foizini bu ishga
sarflaganlarida ham, ijobiy natijaga erishish qiyin.
(«Ish yuritish» kitobi)
2-topshiriq.
Berilgan parchani o‘qing, hujjat matniga qo‘yiladigan aso-
siy talablar haqida fikrlashing va ularni esda saqlang.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik
kabi
talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan
hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga
xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy
to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi,
undagi o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali
ta’min etiladi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l
bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi
uchun ham otga yaqin
so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni «harakat nomi» deb ataluvchi so‘z shakllari
faol ishlatiladi: «...tayyorgarlikning
borishi haqida», «...qarorning
bajarilishi
to‘g‘risida», «...
yordam berish maqsadida», «..
.qabul qilishingizni so‘rayman»
kabi.
101
Fe’l shakllarining qo‘llanishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud.
Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan
(yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi ancha
yuqori:
topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin, eshitildi,
qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi.
(«Ish yuritish» kitobi)
3-topshiriq.
«Ish yuritish» kitobidan olingan parchani o‘qing. Hujjatlar
tili
ning sintaktik qurilishi haqidagi fikrlarni yodda tuting.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratish-
ga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sa-
bab-oqibat, shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham
hujjatlarda
nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli
gaplar ko‘p qo‘llanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy
rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodatiy
so‘z tartibi (inversiya)ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so‘roq va
undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ish-
latiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi – xabar berish va buyurish
vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi,
buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada esa ham axborot
(«Eshitildi»),
ham buyurish
(«Qaror qilindi») o‘z ifodasini topadi.
4-topshiriq.
Bayonnomaning «Ish yuritish»
kitobidan olingan tavsifi
bilan tanishing, bu hujjat turi haqida fikrlashing.
Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis
qat
nashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq
holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘rni, vaqti va holati
haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri
qabul qilin-
ganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon bera-
di. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay’at va boshqalar),
shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‘ilish-
lar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi
kerak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan
biridir. Bayonnoma turli organlar
ning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi
va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko‘ruvchi
organlar majlislarida esa
yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.