musTAhKAmLAsh
savollarga javob bering.
1. Til vositalarini ifoda maqsadiga to‘la muvofiq tarzda tanlash aso-
sida nutqning qaysi kommunikativ sifati yuzaga chiqadi?
2.
Nutqning ifodalilik sifati tilga xos qaysi vazifani butun ko‘lami
bilan namoyon etadi?
3. Nutqning ifodaliligini ta’minlovchi fonetik vositalar – bir xil to-
vush bilan boshlanuvchi so‘zlar ko‘pincha nutqning qaysi shaklida
kuzatiladi?
4. Ko‘chma ma’no va emotsional-ekspressiv bo‘yoq haqida nimalarni
bilasiz?
92
5. Ko‘chimlarning qanday turlarini bilasiz?
6. Kinoya deganda nimani tushunasiz?
7. Kinoyaviy qo‘llangan so‘z yoki iboraning og‘zaki va yozma nutqda
qo‘llanishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
8. O‘xshatishning qanday turlari bor va u qaysi tarkibiy unsurlardan
tashkil topadi?
1-topshiriq.
Berilgan so‘z va ibora juftliklari ishtirokida gaplar tuzing.
Shun
dan kelib chiqib so‘z va iboraning ifodalilik imkoni-
yatlarini tavsiflang.
1) xafa – ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; 2) xursand – og‘zi
qulog‘ida; 3) sho‘x – yerga ursang ko‘kka sapchiydigan; 4) lallaygan –
og‘zing qani desa qulog‘ini ko‘rsatadigan; 5) yuvosh – qo‘y og‘zidan
cho‘p olmagan; 6) hovliqmoq – o‘pkasini qo‘ltiqlamoq.
2-topshiriq.
Matnni o‘qing. Ko‘chimlarning turini aniqlang, ularning
nutq ifodaliligini ta’minlashdagi o‘ziga xosligini tavsiflang.
Kech kirib, qosh qoraya boshladi. Daraxt shoxlarini shirtillatib uzguday
yoqqan yomg‘irning tinganiga ancha bo‘ldi-yu, osmon pardasi ochilmadi.
Qoramtir bulutlar quyuqlashib, tobora pastlamoqda, azim daryodek Sharq-
qa tomon oqib bormoqda. Havodagi gard-g‘uborni yuvib, tanga rohat
baxsh etgan asad yomg‘irining yoqimli shabadasi uzoqqa bormadi. Havo
dim bo‘la boshladi. Boyadan beri ko‘rpachaga ko‘kragini berib, yostiqni
quchoqlab yotgan Mahkam aka dimiqib ketdi. (Rahmat Fayziy)
3-topshiriq.
Erkin Vohidovning «Boshindadir» she’ridan olingan par-
chani o‘qing. Matn mazmuniga singdirib yuborilgan za-
harxandani tushunishga harakat qiling. Yaqqol kinoyaviy
qo‘llangan so‘zni topib, uning qarama-qarshi ma’noda
namoyon bo‘lishiga diqqat qiling.
Nay misol shim kiygan ul
Sandiqdayin tufli bilan,
Hurpayib turgan savatdek
Soch aning boshindadir.
O‘zgalardan kulgay erdi
Ko‘cha-ko‘yda bir zamon,
Aqlg‘a yuz hayrat, emdi –
Bul uning qoshindadir.
93
O‘g‘lidan aylardi umid
Keltirar rahmat debon,
Barcha «rahmat» elning otgan
Ta’nayi toshindadir.
Yo‘q ajab, yoshlikda o‘g‘lin
Ota ardoqlab, suyib,
Erkalab boshiga qo‘ydi,
Ul hamon boshindadir.
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |