O’zbekiston mening Vatanim


-----------------------------------------------



Download 0,56 Mb.
bet5/6
Sana29.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#417089
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 sinf tasviriy sanat

-----------------------------------------------

SANA.
Mavzu: Nazorat ishi -4 . "Oqshom" mavzusida rasm ishlash .


Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning milliy an'analari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish.
Tarbiyaviy: O'quvchilami tabiatni sevish unga nisbatan mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Narsalaming tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlash ko'nikmalarini o'stirish.
Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rassomlartomonidan ishlangan san'at asarlarining reproduksiyalari, parallel sinf o'quvchilarining mavzu yuzasidan ishlagan rasmlari, "Ranglar va ulaming nomlari" plakati.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni : Darslikda berilgan rasmdagi kunduzgi oftobli ko'rinish va quyosh botayotgandagi tabiat manzarasi ko'rinishi savollar asosida tahlil qilinadi. O'quvchilarning atrof-muhitdagi, borliqdagi rang-tuslaming boyligi va xilma-xilligi haqidagi tushunchalari boyitiladi. Ranglarning inson his-tuyg'ulariga, kayfiyatiga ta'sir etishi yuzasidan ham ma'lumotlar beriladi. Shu o'rinda "Kecha va kunduz", "lliq va sovuq" deb nomlangan rasmlar tahlil qilinadi. Ranglar xarakteriga ko'ra ikkiga - iliq va sovuq turlarga bo'linadi. Birinchi turga - qizil rang va uning bir necha tuslari: to'q qizil, och qizil, qirmizi, lola rang, gulobi, zarg'aldoq; sariq rang va uning tuslari: och sariq, to'q sariq, malla va hokazo. Sovuq ranglarga - ko'kish-yashil, zangori, havo rang, barikaram va hokazolar kiradi. Shu o'rinda darslikda berilgan ranglar va ulaming nomlari qaytariladi. Har bir rangga mos narsalarni topish so'raladi.Darslikda berilgan savol va topshiriqlar yordamida rasmlar kuzatilib hikoya tuziladi va nima uchun aynan shu ranglardan foydalanilganligi tahlil qilinadi.O'qituvchi dars davomida ishlanadigan "Oqshom" mavzusidagi rasm ishlashda nimalarga e'tibor qaratilishi, qaysi ranglardan ko'proq foydalanish lozimligi yuzasidan ko'rsatmalar beradi.
III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar qizil bo'yoq tarkibiga suvni oz yoki ko'proq qo'shish orqali rang tuslarini hosil qilish, uning to'qdan och ko'rinishgacha bo'lgan bir talay tuslarini hosil qilish ustida mashqlami bajaradilar. Shundan so'ng, "Oqshom" mavzusida rasmni ishlashga kirishadilar.
IV.Darsga yakun yasash: Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan
o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
MRO’TIBO’-------------------------------
SANA.
Mavzu: "Sirk tomoshasi" mavzusida haykal ishlash .
Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish .
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni , hayvonot olamiga mehr-muhabbatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Haykal ishlash malakalarini takomillash­tirish.
Darsning jihozlanishi: Odamlar va hayvonlarning haykalchalari, ulaming fotolari, rasmlar va o'yinchoqlar, sirk mavzusidagi rasmlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni. :
Yangi mavzuning bayonini darslikdagi berilgan sirk tomoshasi va savollar yordamida boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o'quvchilarning sirk tomoshalariga qiziqishlari, ular-ga aynan qaysi tomoshalar yoqishi, sirkdagi hayvon o'rgatuvchi va hayvonlar, masxarabozlar, gimnastlar, chavandozlar haqidagi fikrlari so'raladi. O'quvchilarga sirkda ishtirok etadigan hayvonlardan qaysi-larini plastilindan yoki loydan haykalini ishlashni xohlashlari so'raladi.
O'qutuvchi bolalardan "Sirk tomoshasi" mavzusida kirn qanday ko'rinishdagi haykallar ishlashni rejalashtirayotganliklari so'raladi.
O'quvchilardan ayrimlarining javoblari tinglanadi. Ularga o'z ishlari yuzasidan maslahatlar beriladi. O'qituvchi misol tariqasida avval hayvon o'rgatuvchi va yo'lbars haykallarini yasashni darslikda berilgan bosqichlar asosida tushuntiradi. Haykal bo'laklari yasab bo'lingach "Sirk tomoshasi" nomli kompozitsiya yasash mumkinligi aytiladi.
III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar o'z xohishlariga ko'ra tanlagan ko'rinishlari asosida alohida-alohida haykal yasaydilar. So'ngra "Sirk tomoshasi" nomli haykaltaroshlik kompozitsiyasini tuzishga kirishadilar
IV. Darsga yakun yasash: O'tilgan materiallami darslikda berilgan savollar yordamida mustahkamlanadi. O'quvchilar tomonidan bajarilgan eng yahshi va eng xarakterli kompozitsiyalar namoyish etiladi, tahlil qilinadi. Bu ishlar ma'lum mezonlar asosida baholanadi.
MRO’TIBO’----------
Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish