Tasviriy faoliyat turi: Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Odamlar va hayvonlarning haykalchalari, ularning fotolari, rasmlar va o'yinchoqlar, sirk mavzusidagi rasmlar.
Dars tafsiIotlari:
I.Dars mavzusiga kirish: Yangi mavzuning bayonini darslikdagi berilgan sirk tomoshasi va savollar yordamida boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o'quvchilarning sirk tomoshalariga qiziqishlari, ularga aynan qaysi tomoshalar yoqishi, sirkdagi hayvon o'rgatuvchi va hayvonlar, masxarabozlar, gimnastlar, chavandozlar haqidagi fikrlari so'raladi. O'quvchilarga sirkda ishtirok etadigan hayvonlardan qaysilarini plastilindan yoki loydan haykalini ishlashni xohlashlari so'raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |