Landshaftlar bo’limiga misol sifatida quruqlik landshaftlari, suv landshaftlari, suv osti landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz faqat quruqlik landshaftlariga tegishli bo’lgan masalalar haqidagiga so’z yuritamiz. Landshaftlar bo’limi ichida dastavval landshaftlar qismini ajratamiz. Landshaftlar qismi birligi landshaftlarni eng asosiy energetika bazasi-namlik va issiqlik balansidagi farqlar va o’xshashliklarga qarab birlashtirishga imkoniyat beradi. Bunday o’xshashlik yoki farqlar joylarning mikroiqlimiy xususiyatlari bilan belgilanadi. - Landshaftlar bo’limiga misol sifatida quruqlik landshaftlari, suv landshaftlari, suv osti landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz faqat quruqlik landshaftlariga tegishli bo’lgan masalalar haqidagiga so’z yuritamiz. Landshaftlar bo’limi ichida dastavval landshaftlar qismini ajratamiz. Landshaftlar qismi birligi landshaftlarni eng asosiy energetika bazasi-namlik va issiqlik balansidagi farqlar va o’xshashliklarga qarab birlashtirishga imkoniyat beradi. Bunday o’xshashlik yoki farqlar joylarning mikroiqlimiy xususiyatlari bilan belgilanadi.
- Bu xususiyatlar bilan o’z navbatida, joyning gidrologik rejimi, hukmron bo’lgan o’simlik turi va biologik modda aylanishi kabilar chambarchas bog’liqdir. Bu yerda gap ko’proq iqlim mintaqalari haqida boryapti, Ya‘ni bitta iqlim mintaqasida rivojlangan landshaftlarning hammasi xoh u tog’ landshaftlari, xoh tekislik landshaftlari bo’lsin, bitta qismga taaluqli hisoblanadi.
Masalan Qora dengizdan Turkmaniston janubigacha bo’lgan hududda arktik, subarktik, boreal, subtropik landshaftlar qismini ajratish mumkin. Bizga malumki, yuqorida sanab o’tilgan mintaqalar tabiati g’arbdan sharqqa tomon, ya‘ni Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari kontinental ortib borgan sari o’zgarib boradi. Shuni e‘tiborga olsak, landshaftlar qismi o’z navbatida landshaftlarning kichik qismiga bo’linib ketishi mumkin. Landshaftlar tasnifidagi navbatdagi birlik - landshaftlar sinfidir. Bu birlik yuqorida misol keltirilgan barcha tasnif tarxlarida (N.A. Gvozdetskiy, A.G. 83 Isachenko) ishtirok etadi. - Masalan Qora dengizdan Turkmaniston janubigacha bo’lgan hududda arktik, subarktik, boreal, subtropik landshaftlar qismini ajratish mumkin. Bizga malumki, yuqorida sanab o’tilgan mintaqalar tabiati g’arbdan sharqqa tomon, ya‘ni Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari kontinental ortib borgan sari o’zgarib boradi. Shuni e‘tiborga olsak, landshaftlar qismi o’z navbatida landshaftlarning kichik qismiga bo’linib ketishi mumkin. Landshaftlar tasnifidagi navbatdagi birlik - landshaftlar sinfidir. Bu birlik yuqorida misol keltirilgan barcha tasnif tarxlarida (N.A. Gvozdetskiy, A.G. 83 Isachenko) ishtirok etadi.
- Bu tasniflash tajribalarining deyarli, ya‘ni landshaftlarning morfotektonik xususiyati asos qilib olinadi va asosan ikkita landshaftlar sinfi ajratiladi. Tog’lar landshaftlari sinfi va tekisliklar landshaftlari sinfi. Bu ikki sinf orasidagi eng asosiy farq ularda tabiiy zonalarni ikki xil ko’rinishda (tekislikda) kengliklar bo’ylab, tog’larda esa pastdan yuqoriga bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |