II O‘zbekiston lanshaftlarining o’ziga xos xususiyatlari. - II O‘zbekiston lanshaftlarining o’ziga xos xususiyatlari.
2.1 O’zbekiston landshaft va tabiiy geografik muhit.
2.2 Landshaft sxemalarini tuzish va tasnifiy birliklar.
2.3 Landshaftlarning tasnifiy birliklari va uni tasniflashda tabiatning o’rganilishi.
Landshaftlar tasnifida va boshqa ko’pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar ishlatiladi. Bunday tushunchalarni birma bir izoxlab berishdan oldin bir ikki taniqli geograf olimlar ishlab chiqqan tasnif ko’rinishlarini misol tariqasida keltirib o’tmoqchimiz. Dastlabki ana shunday ishlardan biri N. A. Gvozdetskiy (1961) tegishli-dir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf - tur - kichik tur - guruh - xil ko’rinishida bo’lib, anchagina ixcham tasniflardan biridir. A. G. Isachenko (1961) tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: tur - kichik tur - sinf - kichik sinf - xil - kichik xil -variant ko’rinishiga ega. Bu ikki tasnif bir - biridan ozmi – ko’pmi farq qiladi. Jumladan, eng katta birlik sifatida N. A.Gvozdetskiy sinfni qabul qilar ekan u eng avvalo tog’larning va tekisliklarning landshaftlarini ikki sinfga bo’lib tashlashni tavsiya etsa, A. G. Isachenko dastavval landshaft turlarni aniqlab olishni so’ngra sinflarga bo’lishni ma‘qul ko’radi. Landshaft turlarini aniqlab olishda eng asosiy mezon sifatida landshaftlarning gidrotermik rejimi, ya‘ni namlik, issiqlik taqsimlanishidagi dunyo miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi. A. G. Isachenko fikricha, landshaftlarning bir-biriga o’xshashligi yoki bir-biridan farqi juda ko’p sabablar bilan belgilanadi va ularning ichidan eng asosiysini aniqlab ola bilish tasnif tarixidagi eng katta birlikni tanlashga asos bo’ladi. - Landshaftlar tasnifida va boshqa ko’pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar ishlatiladi. Bunday tushunchalarni birma bir izoxlab berishdan oldin bir ikki taniqli geograf olimlar ishlab chiqqan tasnif ko’rinishlarini misol tariqasida keltirib o’tmoqchimiz. Dastlabki ana shunday ishlardan biri N. A. Gvozdetskiy (1961) tegishli-dir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf - tur - kichik tur - guruh - xil ko’rinishida bo’lib, anchagina ixcham tasniflardan biridir. A. G. Isachenko (1961) tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: tur - kichik tur - sinf - kichik sinf - xil - kichik xil -variant ko’rinishiga ega. Bu ikki tasnif bir - biridan ozmi – ko’pmi farq qiladi. Jumladan, eng katta birlik sifatida N. A.Gvozdetskiy sinfni qabul qilar ekan u eng avvalo tog’larning va tekisliklarning landshaftlarini ikki sinfga bo’lib tashlashni tavsiya etsa, A. G. Isachenko dastavval landshaft turlarni aniqlab olishni so’ngra sinflarga bo’lishni ma‘qul ko’radi. Landshaft turlarini aniqlab olishda eng asosiy mezon sifatida landshaftlarning gidrotermik rejimi, ya‘ni namlik, issiqlik taqsimlanishidagi dunyo miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi. A. G. Isachenko fikricha, landshaftlarning bir-biriga o’xshashligi yoki bir-biridan farqi juda ko’p sabablar bilan belgilanadi va ularning ichidan eng asosiysini aniqlab ola bilish tasnif tarixidagi eng katta birlikni tanlashga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |