O‘zbekiston kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining dastur I


II. Ma’naviy-ma’rifiy sohada



Download 32,23 Kb.
bet3/7
Sana29.12.2021
Hajmi32,23 Kb.
#77078
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DASTUR

II. Ma’naviy-ma’rifiy sohada

Harakatning bugungi kundagi asosiy vazifasi yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh avlodda hayotga teran nigoh bilan qarash, milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli g‘oya va oqimlarga qarshi kurashish qobiliyatini yanada rivojlantirishdan iborat.

Mazkur sohadagi muhim vazifalar quyidagilardan iborat:

yosh avlodni istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga muhabbat, mamlakatimiz milliy manfaatlarini fidokorona va mardonavor himoya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tashkiliy, targ‘ibot-tashviqot, ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Mazkur masalada Harakat ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mohiyat va shakl nuqtai nazardan bir-biri bilan uyg‘unlashuvi va tizimliligiga, ularning aniq natijalarga yo‘naltirilganligini ta’minlashga intiladi. Bunda madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishgina emas, balki ularni har bir hududning o‘ziga xosligi, yoshlarning turli qatlamlarining ehtiyojlari va manfaatlarini e’tiborga olgan holda samarali amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu dasturlarda yoshlarda katta qiziqish uyg‘ota oladigan suhbatlar, munozaralar, seminarlar va anjumanlar, ijodiy jamoalarning chiqishlari va boshqa ommaviy madaniy hamda sport tadbirlarini tashkil etish nazarda tutilgan. Bu  jarayonda ommaviy axborot vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish ham muhimdir.

ta’lim va tarbiya muassasalari, korxona va tashkilotlardagi yoshlar jamoalarida yoshlarning kayfiyati va intilishlari, shuningdek, ularning ongi va dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy-ahloqiy muhitni muntazam o‘rganib borish;

Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda yoshlarning boshqa toifalari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, shu bilan birga, yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan bahs-munozaralar tashkil etish lozim. Olingan natijalar asosida Harakat yoshlarning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan tegishli vazirlik, muassasa va tashkilotlarga takliflar kiritadi.

yoshlarga ruhiy madad beruvchi buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

Harakat tomonidan istiqlol yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolarga yoshlarning ziyoratini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida, kekcha va yosh avlodni bir-birlari bilan yaqinlashishiga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonda ziyoratgohlarni obodonlashtirish masalasiga alohida ahamiyat qaratiladi.

yoshlarning turli toifalari, shu jumladan, bolalarning qiziqishlari va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

Shu maqsadda «Kamolot” YoIH qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan «Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalarning malakali pedagoglari bilan birgalikda bolalarning intellektual rivojlanish darajasi hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda o‘tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Bolalar va o‘smirlar uchun badiiy asarlar yaratish, ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish, zamonamiz qahramolari obrazi ko‘rsatib berilgan asarlarning mualliflarini rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bolalar oromgohlari va sihatgohlari faoliyatini samarali tashkil etish ham alohida e’tibordagi masaladir.

yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasi, siyosiy jarayonlarga ongli munosabatni, ma’naviy-axloqiy sohadagi turli tashqi va ichki tahdidlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida respublikaning barcha hududlarida ilm-fan, madaniyat, san’at namoyandalari va taniqli sportchilarni jalb qilgan holda «Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar festivallarini o‘tkazish, bunday tadbirlarga ko‘p sonli yoshlar, ayniqsa, qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarni jalb etish rejalashtirilgan. Harakatning ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan talabalar turar joylarini otaliqqa olish, bu erlarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni yoshlar bilan ishlashning zamonaviy usullari asosida takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

yoshlarda milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimizga asoslangan holda chetdan «ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan mafkuraviy xurujlar, yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan harakatlarga qarshi kurashishda mustahkam fuqarolik va ahloqiy tamoyillarni shakllantirish;

«Kamolot” YoIH bundan buyon ham hayotimizda uchrab turadigan rasmiyatchilik, byurokratiya, kampaniyabozlik kabi salbiy holatlar hamda kashandachilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borishda davom etadi. Yoshlar o‘rtasida ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish barchamizning burchimizga aylanishi lozim.

oila institutini har tomonlama mustahkamlash, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

 Bu boradagi ishlarning eng muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

yosh oilalarni turarjoy bilan ta’minlashda zarur yordam ko‘rsatish, imtiyoz va preferensiyalar berishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish tashabbusini ko‘rsatish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

 «Kamolot” YoIH qoshida tashkil etilgan yosh oilalarga konsultativ xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yosh oila” markazlari faoliyatini takomillashtirish, bu ishga malakali psixologlar, huquqshunoslar va boshqa soha mutaxassislarini jalb etish;

yoshlar o‘rtasida erta nikohning salbiy oqibatlarini tushuntirish, to‘ylarning ortiqcha sarf-xarajat va dabdababozliksiz o‘tkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish.

voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlarda faol ishtirok etish;

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ko‘maklashish borasida Harakatning boshqa jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, respublikaning tegishli idoralari bilan hamkorlikda ekologik mavzularda turli tadbirlar, seminarlar va uchrashuvlarni tashkil etish.

«Kamolot” YoIH O‘zbekiston Ekologik harakatining «Sog‘lom muhit — sog‘lom inson” shiorini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Kelgusi istiqbolda Harakat o‘z sa’y-harakatlarini yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga qaratadi.




Download 32,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish