Tayanch so’zlar: Turizm, ziyorat turizmi, ekologik turizm, Abu muin an Nasafiy, yo’llar infratuzilmasi.
Ключевые слова: Туризм, посещение туризма, экологический туризм, Абу-Муин Насафи, дорожная инфраструктура.
Key Words: Tourism, Visiting Tourism, Ecological Tourism, Abu Muin An Nasafi, Road Infrastructure.
Mamlakatimiz turizm industriyasi jadal rivojlanishi uchun qisqa muddatda eng qulay shart-sharoit, iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhit yaratish, jumladan, sohada xususiy sektorning ustuvor ishtirokini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorda 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va ro‘yxatdan o‘tish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha ushbu qaror ijrosi bo’yicha topshiriqlar berildi.
BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma`lumotida 2015 yilda dunyo bo'yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo'lsa, 2016 yil yakuni bo'yicha bu ko'rsatkich 1 milliard 235 millionga ya`ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko'rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko'rish mumkin. O'zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasining statistik ma'lumotlarini tahlil qilish natijalariga ko’ra 2015 yilda O’zbekiston Respublikasiga xorijiy sayyohlar soni 1 917 714 nafarni tashkil qilgan va o’tgan yilning shu davriga qaraganda o’sish ko’rsatgichi 103 % ni tashkil qilgan. 2016 yil esa xorijiy sayyohlar soni 2027035 nafarni tashkil etib o’tgan yilning shu davriga qaraganda o’sish ko’rsatgichi 105,7 % ni tashkil qilgan. 2017 yilning birinchi yarim yilligida turistlar oqimi 1125774 nafarni tashkil etgan va o’tgan yilning shu davriga qaraganda 118,4 foizni tashkil qildi.
Hozirgi vaqtda turizm sohasi keng qamrovli bo’lib uning turlari ko’payib bormoqda. Ilmiy turizm, ziyorat turizmi, ekologik turizm, agroturizm va boshqalarni misol qilib olish mumkin.
Dunyo miqyosida turizmning eng yangi turlaridan biri ekologik turizm yoki ekoturizmdir. «Ekologik turizm» termini birinchi marotaba 1980 yil meksikalik iqtisodchi G.Seballos – Laskureyn taklif qilgan. Ekoturizmning asosiy maqsadi sayohat paytida yangi joylarni ko’rish, tabiat go’zalligidan, toza tog’ yoki o’rmon xalqlar havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, boshqa urf-odati, madaniyati, san’ati, tarixiy obidalarini ko’rishdan iborat. Hozirgi kunda jahon tajribasida agroturizm turi keng rivojlanmoqda. Agroturizmni ma’lum bir mintaqaning o’ziga xos dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko’rsatish maqsadida tashkil etilishi mumkin.
Qashqadaryo viloyati hudududa ziyorat turizmi imkoniyatlaridan keng foydalanish, ichki turizmni rivojlantirish hozirgi davrdagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida ziyorat turizmi ob’ektlari hisoblanaigan Langar ota ziyoratgohi, Husam ota majmuasi, Hazrati imom maqbarasi, Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyoratgohi, Hazrati Bashir ziyoratgohi, Abu muin an Nasafiy ziyoratgohlarida turistlar uchun keng infratuzilmalar yaratilmoqda. Jumladan Qarshi tumanida joylashgan Abu muin an Nasafiy ziyoratgohi XIV asrda bunyod etilgan qadimiy bino va inshootlar mavjud. Ushbu ziyoratgohga borish uchun keladigan turist Qashqadaryo viloyatiga avtomobil transporti, temir yo’l transporti-avtomobil transporti, havo transporti-avtomobil transporti kabi tizimlar bilan kelishi nazarda tutiladi. Ushbu ziyoratgohga borish avtomobil yo’lini xronametraj qilib chiqdik. Ziyoratgohga borish uchun Respublika ahamiyatidagi va mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo’llardan boriladi. “Qarshi temir yo’l vokzali-Abu muin an Nasafiy ziyoratgohi” turistik haritasini keltirib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |