O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi


Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi



Download 330,09 Kb.
bet38/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi. Mazkur model joriy va kelajakdagi pensiya to‘lovlarini amalga oshirish uchun maxsus mablag‘ zaxirasini yaratishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. U mohiyat jihatidan uzoq muddatli investitsiya jarayonidan iborat bo‘lib, dastavval to‘lanadigan badallar hisobiga pensiya kapitali shakllantiriladi, u iqtisodiyotga investitsiya qilinadi va shu hisobiga pensiya kapitali ko‘paytiriladi. Pensiya to‘lovlari ana shu jamg‘arilgan pensiya kapitali hisobidan amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir shaxs pensiyasi bevosita uning mehnat faoliyati davomida pensiya jamg‘arimasiga to‘lagan badallari hamda bu badallar hisobiga shakllantirilgan kapitalning iqtisodiyotga investitsiya sifatida kiritilishi natijasida olingan foydaga bog‘liqdir.

Ushbu modelning asosiy g‘oyasi fuqaroning faol mehnat faoliyati davomida kelgusida oladigan o‘z pensiyasi uchun mablag‘ jamg‘arishdir. Davlat fuqarolarga yoshga doir pensiya eng kam miqdorini to‘lash kafolatini oladi. Har bir xodim esa ish beruvchi mablag‘lari hisobidan jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya sug‘urtasida ishtirok etadi.

Ushbu model tarafdorlari jamg‘arilgan badallarni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan olinadigan foyda inflatsiya darajasi va ish haqi o‘sishi sur’atlaridan yuqori ekanligini, shu tufayli pensiya jamg‘armalari pensionerlarga munosib pensiya to‘lashga qodir ekanliklarini asos qilib keltiradi. Ammo boshqa bozorlar kabi moliya bozori ham beqarorlik xususiyatiga ega.

Aholining qarishi pensiya tizimining taqsimlovchi yoki jamg‘arib boriladigan modellaridan qat’i nazar ish bilan band fuqarolarga pensiya bosimini kuchaytiradi. Natijada pensiya islohotlarini amalga oshirish, ya’ni pensiyaga chiqish yoshini uzaytirish (3.1-jadval) yoki shaxsiy ihtiyoriy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotini rag‘batlantirish talab qilinadi

3.1-jadval



Jahon mamlakatlarida yoshga doir pensiya olish uchun talablar

Mamlakatlar

Erkaklar uchun, yosh

Ayollar uchun, yosh

Amal eta boshlagan yil

Yaponiya

70

70

2012

Islandiya

67

67

2007

Norvegiya

67

67

2011

Daniya

65-67

65-67

2008

Germaniya

65-67

65-67

2008

AQSH

65

65

2012

Ispaniya

65

65

2011

Belgiya

65

65

2009

Avstriya

65

60

2011

Buyuk Britaniya

65

60

2012

Gruziya

65

60

2011

Italiya

57-65

57-65

2009

Moldova

65

60

2011

Armaniston

63

63

2011

Qozog’iston

63

60

2011

Qirg’iziston

63

58

2011

Tojikiston

63

58

2011

Ozarbayjon

62,5

57,5

2011

Turkmaniston

62

57

2011

Shuning uchun hozirgi davrda jahonning rivojlangan davlatlarida uch darajali pensiya ta’minoti tizimidan qo‘llanilmoqda:

  • birinchi daraja - ijtimoiy pensiya. Ushbu darajada pensiyaning eng kam miqdori davlat ijtimoiy taqsimlash pensiya tizimi orqali kafolatlanadi. Ijtimoiy pensiya miqdoriga pensionerning ish haqi darajasi, ish staji va boshqa ko‘rsatkichlarining ta’siri bo‘lmaydi yoki juda kam bo‘ladi;

  • ikkinchi daraja - pensionerlar hayotiy ehtiyojlarini qondirish modeli. Mazkur darajada xodimlarning faol mehnat faoliyati orqali pensiya yoshiga yetgandan so‘ng hayotiy ehtiyojlarini to‘la qondiradigan miqdorda mablag‘ jamg‘arishi rag‘batlantiriladi. Bu model ham davlat tomonidan yoki uning nazoratida tashkil etiladigan taqsimlovchi pensiya tizimi orqali amal etadi;

  • uchinchi daraja - ixtiyoriy qo’shimcha shaxsiy pensiya ta’minoti. Ushbu model sug‘urta kompaniyalari, banklar, xususiy pensiya jamg‘armalari ishtirokini nazarda tutadi.

3.4. O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng barcha sohalar qatori pensiya ta’minoti tizimini ham tubdan isloh qilish zarurati tug‘ildi. Avvalgi totalitar tuzumda sobiq Ittifoq Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘limi mavjud edi. U 1993- yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga aylantirildi.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishning murakkab davrida - mablag‘ yetishmayotgan, inflatsiya darajasi muttasil ortib borayotgan, ishlab chiqarish hajmlari, fuqarolarning daromadi kamayib borayotgan sharoitlarda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi aholining nochor qismiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish vazifasini muvaffaqiyatli bajardi.

1993- yilda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolarning qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda, ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lashning huquqiy asoslari yaratildi. Mazkur hujjatda mamlakatning milliy va demografik xususiyatlari hisobga olingan, yuqori unumli, munosib ish haqi to‘lanadigan mehnatni rag‘batlantirish choralari belgilangan.

Shu bilan birga, qonunning 1993- yilgi tahririda aholining pensiya ta’minotida umumiy birdamlik va taqsimlash tamoyili saqlanib qoldi. Chunki mamlakatda bozor mexanizmlari to‘la ishga tushmaganligi pensiya tizimida darhol tub o‘zgarishlar qilish imkonini bermasdi.

Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan islohotlar tobora kengayib va chuqurlashib borar ekan, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan mablag‘larni jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyalarini bajarish tobora murakkablashib bordi. Ushbu jamg‘arma faqat xarajatlar hajmlari uchun mas’ul bo‘lgani holda mablag‘larni taqsimlash va qayta taqsimlash mexanizmlari, pensiya va nafaqalarning qonuniy tayinlanishi va boshqa muhim masalalar javobgarligi bir nechta vazirlik va idora zimmasida edi.

Mazkur muammolar hisobga olingan holda 1996- yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg‘armasi tashkil etildi. Ijtimoiy ta’minot vaziri bir yo‘la Pensiya jamg‘armasi boshqaruvi raisi hisoblanardi. Mazkur institutsional o‘zgartirishlar mamlakatda pensiya ta’minotining tashkiliy tuzilmasini jiddiy tarzda takomillashtirishga, pensiyani rasmiylashtirish, pensiya to‘lovlari buyurtmalari va moliyalashtirish hajmlarini shakllantirishda ko‘p pog‘onali tizimga barham berishga xizmat qildi.

Shu bilan birga, Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar va mablag‘ ajratishlarning qo’shimcha manbalari - yolg’iz, nogiron shaxslar va fuqarolarning boshqa toifalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarini shartnoma asosida moliyalashtirish, pensiya tizimini isloh qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamkorlikning xalqaro shakllarini amalga oshirish uchun malag‘ ajratish va hokazolar belgilab qo‘yildi. 1997- yildan boshlab Pensiya jamg‘armasining pul mablag‘lari ular shakllanishi va sarf qilinishining maqsadli yo‘nalishi saqlab qolingan holda davlat budjetiga kiritila boshlandi.

Mamlakat aholisining pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish jarayonida 2001- yilda Ijtimoiy ta’minot vazirligining Pensiya jamg‘armasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi, u avval O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tarkibiga kiritildi, keyin esa Moliya vazirligi tasarrufiga berildi.

Aholi pensiya ta’minotining me’yoriy-huquqiy bazasi ham takomillashtirib borildi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar hisobga olinib, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun takomillashtirib borildi. 2004- yilda “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ikkita majburiy pensiya tizimi amal qilmoqda:

  • asosiy - birdamlik tamoyiliga asoslangan davlat pensiya ta’minoti tizimi;

  • qo‘shimcha - 2005- yil 1- yanvardan joriy etilgan majburiy, jamg‘arib boriladigan tizim.

Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. Bunda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi davlat pensiya tizimining muqobil shakli emas, balki uni to‘ldirishini alohida ta’kidlash kerak.

Pensiya tizimini moliyalashtirishning manbayi - ish beruvchilar va xodimlarning badallaridir. Ushbu badallar miqdori va tabaqalanishi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida jamlanadigan mablag‘larning pensiya to‘lovlari uchun xarajatlarga mutanosib bo‘lishi kerak. Shuning uchun mamlakat hukumati har yili davlat budjeti bilan bir yo‘la budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar miqdorini ham tasdiqlaydi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekistonda pensiyalarning quyidagi turlari belgilab qo‘yilgan:

  • yoshga doir pensiya;

  • nogironlik pensiyasi;

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar (3.2-rasm).

3.2-rasm. O‘zbekistonda yoshga doir pensiya olish huquqi



Mamlakat fuqarolarining xorijda ishlagan davrlari ular tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘langan taqdirda, mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Qonunda fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishlari ham ko‘rsatilgan. Jumladan:

  • kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo’lgan xodimlar;

  • bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida to’liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar;

  • uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar;

  • teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining hamda sportchilarning ayrim toifalari belgilab qo‘yilgan ish stajiga ega bo‘lsalar, yoshidan qat’i nazar, imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Shu bilan birga, umumiy belgilangan yoshni 10, 5 va 1 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish imkoniyati ham mavjud (3.2-jadval).


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish