Ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar o’zining salomatligi, yoshi, daromad olish imkoniyatining cheklanganligi tufayli o’zgalarning ko’magiga muhtoj shaxslar hamda oilalar. Ular o’zlarining yozma arizalariga ko’ra ijtimoiy yordamning bir yoki bir necha turlaridan foydalanishga haqli bo’ladi.
Ijtimoiy siyosat jamiyatning faqat barcha ne’matlardan mahrum qilingan qisminigina emas, balki uning hamma fuqarolarining daromadlari va turmush darajasini tartibga solish, tuzatishga qaratilgan siyosatdir.
Ijtimoiy siyosat sub’yektlari ijtimoiy guruhlarning jamiyatdagi o’rni borasidagi o’zaro birgalikdagi harakatlarining haqiqiy ishtirokchilari, ya’ni ijtimoiy siyosat ishtirokchilaridir.
Ijtimoiy sug’urta aholini mehnatga layoqatlilik va daromadlarni yo’qotishi bilan bog’liq turli xatarlardan ijtimoy muhofaza qilish shaklidir.
Ijtimoiy ta’minot aholiga ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy yordam ko’rsatish, bepul ta’lim olish kabilarni o’z ichiga olib, insonlarning farovon hayot kechirishiga xizmat qiladi hamda aholining muhtoj qatlamlariga asosan ijtimoiy transfertlar orqali yetib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |