Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa nafaqaning bu turi bola tug’ilgan paytida eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida bir yo’la beriladi.
Bolalar uyi ota-onasidan ajralgan, yolg’iz ota-onalar bolasini, shuningdek, davlat yordamiga muhtoj (ota-onasi kasal, ota-onalik huquqidan muhrum etilganlar bolasi) bolalar uchun mo’ljallangan davlat tarbiya muassasasi.
Boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha beriladigan nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan taqdirda uning qaramog’ida bo’lgan oila a’zolari boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqa olish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |