Statistika mustaqil ijtimoiy fan sifatida faqat xo‘jalik hodisalarinigina o‘z ichiga olmay, balki jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholining soni, tarkibi va harakati, xalq hayotining moddiy hamda madaniy darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi ko‘rsatkichlarga erishiladi.Хo‘jalik hodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari – qayta ro‘yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bo‘lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |