RAQAM VA FAKTLAR
Ichki ishlar organlari Axborot xizmatlari tomonidan joriy yilning o'tgan besh oyi mobaynida ommaviy axborot vo-sitalarida jami 63707 marotaba chiqishlar tashkil etildi.Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 35,3 foizga ko'p demakdir.Shundan televidenie orqali 5386 marotaba, radio orqali 2384 marotaba, gazeta va jurnallar orqali 1933 marotaba, internet orqali 54004 marotaba chiqishlar qilindi.Internetda berilgan materiallarning 24950 tasi vazirlik va hududiy boshqarmalarning rasmiy veb-saytlarida, 29054 tasi boshqa sayt hamda ijtimoiy tarmoqlar (uza.uz, xs.uz, kup.ug, xabar.u2, telegrat, fasebook va boshqalar)da joylashtirilgan.
Vazirlik faoliyatiga oid yangilik va islohotlarni keng jamoatchilik e'tiboriga etkazish borasida «telegram», «UouTube», «Instagram», «Fasebook» kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham faollik ko'rsatilib, muntazam ma'lumotlar berib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib, hududiy ichki ishlar organlarining 14 ta veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi 31 ta kanal hamda sahifalari faoliyat yuritmoqda. Ular orqali har kuni faoliyatga oid ochiq ma'lumotlar, xabar va yangiliklar 341500 nafardan ortiq foydalanuvchilarning e'tiboriga havola etilmoqda.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining matbuot kotiblari — axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchilarining 2021 yil 1-chorakdagi faoliyatini baholash natijalariga ko'ra, Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining faoliyati 129 ta davlat idoralar ichida eng yuqori darajada-i 4 ta idoradan biri, deb e'tirof etildi.
Ayni kunlarda, ichki ishlar organlarining aholi orasida ijobiy imijini oshirish maqsadida, «O'zbekkino» MA, «O'zbektelefil`m» kinostudiyasi va bir qator xususiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilyapti. Jumladan, «Patrul`», «Uch bahor», «Jinoyat jazosiz qolmaydi» va «Tuzoq» kabi kinoseriallar suratga olinmoqda.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Yurtboshimizning 2021 yil 16 iyun`dagi «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni kelgusida tizim faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini ta'minlash bilan birga, yangicha ish uslublarini amaliyotga keng joriy etishda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |