2. Kemalar qabristoni va Sahro gavhari Qoraqalpog’iston Respublikasiga sayohat qilsangiz, ushbu sayohat bir umrga esingizdan chiqmasligi aniq. Sababi aynan Qaraqolpog’iston Respublikasida butun dunyodan tashrif buyiradigan turistlar uchun juda qiziqarli bo’lgan ikkita narsa bor. Bulardan birinchisi rus avangardistlarining eng noyob asarlari to’da bo’lgan Nukusdagi Savitskiy muzeyidir. XX-asrning ilk yarmida Stalin tomonidan eng ajoyib rus rasmmolarining ijodiga bosim o’tkazilgan, to’xtatib qo’yilgan. O’sha davrda Nukusda yashab yurgan vatandoshimiz Igor Savitskiy o’sha rassomlarning asarlarini yagona muzeyda to’play olgan. Bugungi kunda muzey o’zining boy kolleksiyasi orqali umuman jahondagi eng boy muzeylardan biriga aylana oldi. Uni hatto AQSHning CNN telekanali "Sahrodagi Luvr” deb atadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida eski baliqchilar porti bo’lgan Mo’ynoq shahri bor. Oldin Orol dengizining qirg’og’ida joylashgan ushbu shahar endilikda cho’l-u biyobonning o’rtasida qolmoqda. XX-asrning eng yirik fojeasi bo’lgan Orol dengizining qurishi tufayli ushbu shahar endilikda Orol dengizidan yuz kilometr masofada joylashgan. Mo’ynoqga sayohat qilib Orol fojeasini tushinib yetishingiz, bir vaqtlar dengiz ostida bo’lgan tuproqqa qadam qo’yishingiz mumkin. Eng qizig’I bo’lsa albatta Mo’ynoq oldida joylashgan kemalar qabristonini borib ko’rishdir. Faraz qiling to’rt tomoningizda yirik cho’l, cho’lning o’rtasida bo’lsa bir necha kema, xuddi filmlardagidek… Sizga sahna qanchalik egzotik tuyilmasin, bu bugungi kundagi reallik hisoblanadi va Orol dengiziga sayohat orqali dunyoda yagona bo’lgan ushbu sahnaga guvoh bo’lishingiz mumkin.
3. Ming bir kecha ertaklari bo’ylab sayohat Yoshligimizda hammamiz "Olovuddin” filmini ko’rganmiz. Shuningdek "Ming bir kecha” va shunga o’xshagan ko’plab ertaklarni o’qiganmiz. O’sha davrni ko’z oldimizdan o’tkazganmiz, o’sha davrga sayohat qilgimiz kelgan. Bu sayohatni amalga oshirish uchun bizda katta imkon bor. Xiva shahrining markazi bo’lgan Ichan Qal’a o’ziga xos buyuk tarixiy ansambldir. Ichan qal’aga kirgan odam shu zahoti O’rta asrlardagi Sharq shahriga tushib qoladi va xayollar uni turli davrlarga sayohatga olib keladi. Xayolingizda malika Shahrizoda uchar gilamda oldingizga uchub kelayotgandek.
Osmon ostidagi muzey deb e’tirof etilgan Xiva shahri bugungi kunda O’rta Asrlardagi Sharq shaharlarining qanday ko’rinishda bo’lganligini bilish, ularda sayohat qilish uchun dunyodagi eng qulay shahardir. Agar Xivaga sayohatga borsangiz Oq Sheyx Bobo tepaligiga chiqib inson qo’li bilan yaratilgan ushbu mo’jiza shaharda quyoshning botishini, uning qizg’ish nurlari ulkan tarixga guvoh bo’lgan binolarning pishi-g’ishtlarida tovlanishiga guvoh bo’lishni esdan chiqarmang. Bunaqasini boshqa joyda topa olmaysiz…