Takrorlash uchun savollar:
1.Nutqdagi tovush o‘zgarishlari nima? Nima uchun nutqda tovush o‘zgarishi
ro‘y beradi?
2.Tovush o‘zgarishlarining qanday turlarini bilasiz?
3.Kombinator o‘zgarish nima? Uning qanday turlari bor?
4.Assimilyatsiya nima va uning ko‘rinishlarini bilasiz?
5.Dissimilyatsiya nima?
6.Pozitsion o‘zgarishlar deganda nimani tushunasiz?
4- ma’ruza: Transkripsiya
Reja:
Transkripsiya tushunchasining mohiyati
Transkripsion belgilar
Diakritik belgi
Foydalangan va mustaqil o‘qishga tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 1,2,3,4,5,6 va boshqalar.
1. Adabiy-orfografik nutqning yozma shakli odatda alfavitdagi harflar vositasida shakllanadi (ifodalanadi). Alfavitdagi harflar og‘zaki nutqimizdagi turli-tuman tovush o‘zgarishlarini to‘liq aks ettirolmaydi. Shuning uchun ham ogzaki nutqda tovushlarning turlicha o‘zgarishlarini, har xil variantda talaffuz etilishini yozuvda tasvirlab ko‘rsatish uchun maxsus bеlgi-harflardan foydalaniladi. Bunday maxsus bеlgi-harflar yordamida nutqni aynan talaffuzdagidеk tarzda yozib olish transkripsiya dеyiladi. “Transkripsiya” lotincha “qayta yozish” dеmakdir.
Transkripsiya prinsiplari o‘ziga xos xususiyatlari bilan orfografiya va uning prinsiplaridan farq qiladi. Birinchidan, transkripsiyaning asosiy prinsipiga ko‘ra so‘zlar qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Ikkinchidan, orfografiyada odatda bir tovush bir harf bilan ifodalansa ham, lekin ba’zan bir tovush ikki harf bilan yoki, ikki tovush bitta harf bilan beriladi. Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush bir harf bilan beriladi.
Transkripsion belgilar odatda ma’lum o‘zgarishlar kiritish orqali traditsion alfavitlar asosida tuzuladi. Lekin ularga qo‘shimcha belgilar ham kiritiladi. Shuning uchun transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alfavitdagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi. Uchinchidan, transkripsiyada asosiy belgilar bilan bir qatorda diakritik belgilar ham ishlatiladi.
Asosiy belgiga qo‘shilgan qo‘shimcha belgi diakritik belgi deyiladi. M: til oldi o‘ ni (ö) til orqa o‘ (o) dan farqlash uchun asosiy belgining ustiga ikkita nuqta qo‘yiladi.
Transkripsiyaning bir necha turlari ma’lum: fonetik transkripsiya, fonematik transkripsiya va boshqalar. Bular ichida eng anig‘i fonetik transkripsiya bo‘lib, u asosan dialektologik ishlarda qo‘llanadi. Uning vazifasi tildagi tovushlarni mumkin qadar to‘liq va barcha nozikliklari bilan ifodalashdir.
Faqat fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkripsiya fonematik transkripsiya deyiladi.
O‘zbek tilida rus grafikasi asosida ayrim tovushlarni ifodalash ushun transkripsiya belgilari quyidagicha:
Unlilar uchun a (ä) –til oldi , lablashmagan, keng unli. O‘zbek adabiy tilining hamma shevalarida uchraydi. Adabiy tildagi änä , mänä, sällä, källä so‘zlardagi a ni ifodalash uchun qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |