O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi



Download 1,67 Mb.
bet131/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

O‘z va o‘zlashgan qatlam. Xuddi leksikadagi kabi, frazeologiyada ham o‘z va o‘zlashgan qatlam bor. Frazeologiyaning asosiy qismi o‘z qatlamga oid frazeologizmlardan iborat, o‘zlashma qatlam kam miqdorni tashkil etadi. Lekin, birinchidan, so‘z o‘zlashtirishga nisbatan frazeologizmni o‘zlashtirish juda kam darajada bo‘lsa, ikkinchidan, frazeologizmlar o‘zga tildan aynan o‘zicha emas, asosan kalkalab o‘zlashtiriladi. Masalan: g‘isht qolipdan ko‘chdi frazeologizmi tojikcha xisht az qolib barxestan frazeologizmining kalkalab o‘zlashtirilganidir. Tojik va o‘zbek tillarida bir xil ma’noli juda ko‘p frazeologizmlar mavjudki, ularning qaysi tildan qaysinisiga o‘zlashganini aniq aytish qiyin: qanday shamol uchirdikadom shamol parrond, boshi toshdan bo‘lsinsarash az sang shavad, gap sotmoqgap furo‘xtan va b. Keyingi vaqtlarda rus tilining ta’sirida xam ko‘pgina frazeologizmlar paydo bo‘ldi: temirni qizig‘ida bos (kuy jelezo, poka goryacho), barmoq, orasidan qaramoq (smotret skvoz palsi) kabilar.
Umumiy va chegaralangan qatlam. razeologizmlarning asosiy qismi umumiste’molga oiddir. Ilm-fan, kasb-hunar kabilarning ma’lum bir sohasidagina qo‘llanuvchi frazeologizmlar yo‘q darajada. Garchi ko‘pgina frazeologizmlarning shakllanishi faoliyatning ma’lum bir sohasi bilan bog‘lansada, lekin ular umumiste’mol qatlamiga o‘tib ketadi. Masalan: pichoq suyakka yetdi, alifni kaltak deyolmaslik, xamirdan qil sug‘urganday, kalavasining uchini yo‘qotmoq, arpasini xom urmoq, ipidan ignasigacha, tegirmoniga suv quymoq frazeologizmlari shunday xususiyatga ega.
Chegaralangan qatlamni asosan dialektal frazeologizmlar tashkil etadi, Masalan: Qashqadaryo oblasti. shevalaridan: etini yeganday bo‘lmoq (juda och qolmoq), andar-mandarshi chiqarmoq (vayron qilmoq), g‘ujura qaynamoq (g‘ayratga to‘lmoq); Toshkent oblasti shevalaridan: toqi chalmoq (biror ishni hammaga ovoza, oshkor qilmoq), tandirni qizig‘ida yopmoq (temirni qizyg‘ida bosmoq), tirnog‘iga g‘arov yugurtirmoq (qattiq azoblamoq, terisiga somon, tiqmoq), tili tanglayiga yopishmoq (gapirmay turib olmoq) kabilar.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish