Oʻzbekiston Germaniya: ilm-fan va taʼlimdagi hamkorlikning yangi bosqichi



Download 153,56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.09.2021
Hajmi153,56 Kb.
#174715
Bog'liq
ozbekiston-germaniya-ilm-fan-va-talimdagi-hamkorlikning-yangi-bosqichi (1)



1

Oʻzbekiston – Germaniya: ilm-fan va taʼlimdagi hamkorlikning

yangi bosqichi

Ijtimoiy  taraqqiyotning  global  va  ustuvor  tamoyillaridan  biri  –  inson  faoliyati  barcha  bosqichlarida,

jumladan, fan va taʼlim sohalarida namoyon boʻladigan integratsiya jarayonidir.

Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasida fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik koʻp yillik tarixga ega. Xususan,

germaniyalik olimlar, ilmiy doira vakillari azaldan yurtimiz tarixi, milliy urf-odat va anʼanalariga katta

qiziqish bilan qaragan. Oʻz navbatida, mamlakatimiz keng jamoatchiligi ham Germaniyaning oʻtmishi va

zamonaviy rivojlanish yoʻli, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini oʻrganishga alohida ahamiyat bergan.

Shu oʻrinda “Markaziy Osiyo“ atamasi birinchi marta taniqli nemis olimi Aleksandr fon Gumboldt tomonidan

1843-yili  Parijda  nashr  etilgan  uch  jildli  “Markaziy  Osiyo  togʻ  tizmalarini  tadqiq  qilish  va  iqlimlarni

taqqoslash“  asarida  qoʻllanilganini  eslash  oʻrinli.  Unda  olim  ichki  sugʻorish  tizimi  va  togʻ  tizmalarini

oʻrganish  asosida  Markaziy  Osiyoni  alohida,  oʻziga  xos  mintaqa  sifatida  tasvirlaydi.  Shundan  soʻng

“Markaziy Osiyo“ tushunchasi bugungi kunga qadar geografik atama sifatida qoʻllanib kelinmoqda.



O'zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida bo'lib o'tgan madaniy tadbir

Hozirgi kunda Germaniya taʼlim va kasbga yoʻnaltirish, ilm va ilmiy tadqiqotlarga keng eʼtibor beradigan

davlat sifatida tanilgan. Buni Nobel mukofoti sohiblarining 91 nafari ushbu davlat vakillari ekani ham

tasdiqlaydi.  Bugungi  kunda  mamlakatimizning  800  dan  ortiq  talaba-yoshlari,  ilmiy  tadqiqotchilari

Germaniya oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganini ham ayni shu bilan izohlash mumkin. Ilgʻor xorij

tajribasini oʻrganib, turli sohalardagi zamonaviy texnologiyalarni Oʻzbekistonda joriy etishni maqsad qilgan

yoshlar uchun bunday imkoniyatlar mamlakatimiz tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda Germaniya

akademik almashuvlar xizmati, Toshkentdagi Gyote instituti, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi




2

jamgʻarmalarining  mamlakatimizdagi  vakolatxonalari,  Nemis  xalq  universitetlari  assotsiatsiyasining

Xalqaro  hamkorlik  boʻyicha  instituti  tashkilotlari  tomonidan  yaratilmoqda.

Keyingi yillarda taʼlim va ilm-fan sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, jumladan, yoshlarning xalqaro

meʼyorlar  asosida  bilim  olishi  uchun  yaratilayotgan  qulay  sharoit,  ilmiy-tadqiqot  loyihalarini  qoʻllab-

quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami Germaniyada katta qiziqish uygʻotmoqda. Bu

mamlakatlarimizning madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligini yangi bosqichda rivojlantirishga xizmat

qilmoqda.

  

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning  Germaniyaga  tashrifi  oldidan  Berlinda



Oʻzbekiston – Germaniya madaniy hamkorligi boʻyicha qoʻshma komissiya majlisi boʻlib oʻtdi. Bu ikki davlat

oʻrtasida gumanitar sohalardagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab berdi.

Komissiya  majlisida  mamlakatimizning  Oliy  va  oʻrta  maxsus  taʼlim,  Xalq  taʼlimi  hamda  Madaniyat

vazirliklari,  shuningdek,  Fanlar  akademiyasi  vakillari,  Oʻzbekistonning  Germaniya  Federativ

Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi qatnashdi. Germaniya tomonidan Tashqi ishlar vazirligi,

Germaniya akademik almashuv xizmati va Gyote instituti vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda fan va madaniyat, oliy taʼlim, umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, nemis va oʻzbek

tillarini oʻrganish, ommaviy axborot vositalari va sanʼat sohasidagi hamkorlik, madaniy yodgorliklar va

madaniy qadriyatlarni tiklash kabi yoʻnalishlarda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari

muhokama qilindi. Ushbu yoʻnalishlarda hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Germaniyalik  hamkorlar  Toshkent  shahridagi  60-umumtaʼlim  maktabiga  Gyote,  Buxoro  shahridagi  4-

umumtaʼlim  maktabiga  Iogann  Kristof  Fridrix  fon  Shiller  va  Samarqand  shahridagi  51-umumtaʼlim

maktabiga Vilgelm fon Gumboldt nomlari berilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Majlis  yakuni  boʻyicha  erishilgan  kelishuvlar  Oʻzbekiston  bilan  Germaniyaning  madaniy,  ilmiy-maʼrifiy

sohalardagi hamkorligini yanada kengaytirish, barcha darajadagi ishtirokchilarning bevosita uchrashuv va

muzokaralariga koʻmaklashish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.



Sirojiddin Mirzayev,

Oʻzbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti.

Download 153,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish