yakuniy davlat attestatsiyasi - bakalavr yoki magistr darajasiga qo`yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartibotlar vositasida (fanlar bo`yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim o`quv reja va dasturlarining bajarilishi sifatini baholash;
o`qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning o`quv dasturini o`zlashtirish darajasini aniqlash;
ta’lim sifatini nazorat qilish - o`qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish;
oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasi - oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining OT DTS talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir;
oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi oliy ta’lim muassasasi faoliyati darajasining OT DTS mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan е’tirof еtilishi.
Stajirovka (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) - magistratura mutaxassisligi bo`yicha maqsadli kasbiy ta’lim o`quv reja va dasturlarini o`zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo`li orqali magistrlarni еng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sog`liqni saqlash tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi.
4. OLIY TA’LIMNI STANDARTLASHTIRISh BO`YICHA
NORMATIV HUJJATLAR TOIFALARI VA TURLARI
4.1. Standartlar toifalari.
Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo`linadi:
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari:
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;
Oliy ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori.
- Oliy ta’limni boshqarish bo`yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari - ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari;
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim:
- zarvaraq (titul);
- mundarija;
- muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi;
- bitiruvchilarning soha bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan umumiy talablar;
- o`quv reja tuzilmasi;
- kadrlar tayyorlash sifatini baholash.
Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |