O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


yoshga kirganda vujudga keladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha



Download 9,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/165
Sana09.07.2022
Hajmi9,29 Mb.
#766873
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165
Bog'liq
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

18 yoshga
kirganda vujudga keladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha
bo‘lgan voyaga yetmaganlar:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 
2) har xil muallifl ik huquqlarini amalga oshirish; 
3) qonunga muvofi q banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish; 
4) har xil maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega. 
6 yoshdan 14 yoshgacha
bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar:
1) mayda maishiy bitimlarni; 
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan bitimlarni; 
3) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda 
erkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi 
bitimlarni tuzishga haqlidir.
16 yoshga to‘lgan
voyaga yetmagan shaxs qonunda ko‘rsatilgan shart-
lar asosi da ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 
bo‘lsa, u sud qarori bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi 
mumkin. Buni fuqa ro viy huquqda 
emansipatsiya
deb yuritiladi. Bunday 
holda ota-ona, farzandlikka oluv chilar va homiy emansipatsiya qilingan 
voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yi cha, xususan, u yetkazgan zarar 
oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.
http:eduportal.uz


157
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
157
157
Emansipatsiya – lotincha “emancipatio” so‘zidan olingan 
bo‘lib, huquqlarda tenglashish degan ma’noni anglatadi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikoh-
dan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga 
to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) 
sud belgilagan payt dan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘ qotganligi 
haqida qaror qabul qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka ma si, Qoraqolpog‘iston Res-
pub likasi Vazirlar Ken gashi, viloyat, tuman, shahar ho kim liklari hu zu rida 
Voya ga yetmaganlar ish lari bo‘yicha komissiyalar tuzilgan. Bu komis siya-
lar ning maqsad va vazifalari qu yi dagilardan iborat:
– voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, 
huquqbuzarlik la rining oldini olish;
– voyaga yetmaganlarning noqonuniy xatti-harakatlari va huquqbuzarlik-
lari ga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish;
– voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarining himoya 
qilinishi;
– ijtimoiy jihatdan xavfl i ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan 
tar bi yaviy ish olib borishni tashkil qilish.
Komissiyalar tomonidan qabul qilingan, ularning vakolatlari doirasidagi 
qaror lar davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomo-
ni dan bajarilishi majburiydir.
15 yoshli Nozim yozgi ta’til vaqtida ota-onasining roziligi bilan 
qah va xonaga mineral suv sotuvchisi bo‘lib ishga yollandi. Qahvaxona 
xo‘ja yini uni haftasiga 48 soat ishlatib kattalar bilan bir xil maosh to‘ladi. 
1) Qahvaxona xo‘jayini Nozimning huquqini buzgan bo‘lishi mumkinmi?
2) Ushbu harakat ishtirokchilaridan qaysi biri qonunni buzdi deb o‘y-
laysiz?
3) Ularni huquqiy savodxon deyish mumkinmi?

Download 9,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish