O’zbekiston davlatchilik tarixi fanidan «O’zbekiston sssr ning tashkil topishi va boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi»



Download 119,86 Kb.
bet3/7
Sana01.06.2022
Hajmi119,86 Kb.
#625471
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston davlatchilik tarixi fanidan «O’zbekiston sssr ning t

Kurs ishining davrlashtirilishi Markaziy Osiyo, jumladan,Turkiston, Buxoro va Xorazm davlatlarining tub xalqlari necha asrlar davomida turmush tarzi va an`analari jihatidan bir-biriga yaqinbo`lib keldilar. Buxoro va Xorazm XX asr 20-yillarining boshiga qadar mustaqil davlatlar bo`lgan. Bu mintaqa yagona zamini, o`z xo`jaligi, an`analari, dini, madaniya-tining mushtarakligi bilan ajralib turgan. O`rta Osiyo davlatlaridan har birining ko`p millatli ekanligi, o`zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg`izlar,,qozoqlar va boshqa yerli xalqlarning uchala davlat hududlarida tarqalib yasliaslii tarixan an`anaviy bo`lgan.Mana shu davlat tuzilmalari doirasida har bir xalq yoki alohida urug`lar xo`jalik hayoti tizimidagi o`z o`rniniegallab, o`zining ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatibilan davlat va mintaqa ijtimoiy hayotining yaxlit zanjiridagi uzilmas halqani tashkil etgan. Turkiston mintaqasining xalqlari shu zaminni qadimdan o`zlarining asl vatani deb bilganlar. Vatan yagonaligi hissi xalq ijodiyotida, an`analarida, madaniyatida o`z aksini topgan va shu mintaqada yashab turgan barcha xalqlarning abadiy qadriyatiga aylangan. Kurs ishimda Turkistonda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilish davridan to ikkinchi jahon urishi davriga bo’lgan tarixni yoritdim. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q» 3.


I BOB. Milliy huddudiy chegaralanishning maqsadi va mohiyati va O'zbekiston SSR ning tashkil topishi.

    1. Milliy-hududiy chegaralanish o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, uning mohiyati

Oktabr harbiy to'ntarishidan so'ng sho'rolar hukumati O'rta Osiyo nududlarida ikki xil kurash yo'lini tanlab oldi: Birinchi yo’l - istiqlolga, milliy-ozodlikka otlangan tub yerli musulmon aholini zo'rlik bilan, kuch bilan bostirish, uning rahbarlarini qirib bitirish. Ikkinchi yo'l - g'oyaviy-mafkuraviy jabhada olib borildi. Bunda sho'rolar hukumati va komfirqa keng mehnatkashlar ommasining ongi» tinch kurash vositalari orqali g'oyaviy-siyosiy, mafkuraviy sohada ta'sir ko'rsatish yo'lidan bordi. Bu yo'lni amalga oshirish niyati bilan sho'rolar hukumati Turkistonni parchalab SSSR tarkibidagi muxtor jumhuriyatg aylantirdi: Xorazm va Buxoro «Xalq Sho'ro jumhuriyatlari»ni tuzdi Turkiston, Xorazm va Buxoro komfirqasi, kasaba uyushmasi, kommunistik yoshlar tashkiloti (komsomol), pioner tashkiloti va uning qoshida oktyabryatlar guruhlari shakllantirildi. Ana shu juda katta kuch vositasi orqali xalq ommasi ongiga Sho'rolar va komfirqa rahnamoligida amalga oshirilajak «xalqchil» va dunyoda «eng adolatli va demokratik» sotsialistik, kommunistik tuzumning afzalliklari g'oyalari to'xtovsiz singdirib borildi. Bu siyosatning markazida dunyodagi eng adolatli deb atalgan «lenincha milliy siyosat» turdi. Bu siyosatning bosh talabi «millatlarning to milliy mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqishiga qadar o'z taqdirini o'zi belgilashi» edi. Ammo, bu bosh talab faqat tashviqot uchungina ishlatiladigan siyosat bo'lib, amalga oshmaydigan quruq so'zlardan iborat edi.
«Lenincha milliy siyosat»ning asl maqsadlari Birinchidan, siyosiy sohada O'rta Osiyoni milliy jihatdan parchalab tashlash, uning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini abadul-abad yo'q qilish, hududiy jihatdan ularni Rossiya Federatsiyasining bo'linmas tarkibiy qismiga aylantirish. Ikkinchidan, iqtisodiy sohada O'rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo'lib qolishi lozim edi. Uchinchidan, ma'naviy-mafkuraviy sohada o'lkada «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat» shiori asosida amalda ruslashtirish siyosati olib borilishi va u kelajakda tub yerli aholining «velikoruslar» bilan qo'shilib, asimilatsiyalashib ketishiga xizmat qilmog'i kerak edi. Sho'ro hukumati va komfirqa o'zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini juda ustalik, ehtiyotkorlik va ayyorlik bilan, rejali sur'atda, ammo og'ishmay amalga oshirdi.
Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib turib, ularning o`rniga yangi davlatlar tuzish fikri o`lka va markazning rahbar xodimlaridan chiqdi. 1920-yilning boshlaridayoq TSRni bo`lib taslilasli va milliy til belgisiga qarab muxtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasi qo`yil-gan edi. Bu g`oya Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak tashabbusi bilan 1920-yil 15-yanvarda qabul qilingan tezislarda aytiladi. Bu tezislar o`sha yilning iyun oyida RKP(b) Markaziy Komitetining «Partiyaning Turkistondagi vazifalari haqida» degan qarori loyihasiga kiritildi. Bu taklifni V.I. Lenin qo`llab-quvvatladi. Loyihagabildirgan o`z mulohazalarida u Turkistonning «O`zbekiya, Qirg`iziya, Turkmaniya»ga bo`lingan kartasini tuzish zarur deb ko`rsatdi. V.I. Lenin birmuncha keyinroq o`zi tayyorlagan boshqa bir loyihada o`z nuqtai nazarini o`zgartirib: «Respublikani (ya`ni Turkistonni) 3 qismga bo`lish oldindan hal qilib qo`yilmasin», deb uqtirdi.
Turkistonning ma`muriy-hududiy kartasini qaytadan ko`rib chiqish bolsheviklarning qaytadan tuzish siyosatidan o`lkada norozilik kuchayib borgan, mustaqillik uchun harakat ko`lami kengayib kelayotgani, milliy masala yuzasidan Kavkazortida boshlangan kurasgning aks sadosi va boshqa sabablarga ko`ra orqaga surilib turdi.1920-yilga kelib O`rta Osiyoda TSRdan tashqari Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalari tuzilganligi ham muhim omil bo`ldi. Bu respublikalar tuzilganidan keyin ma`lum rahbarlar guruhi ularni ham hududiy qayta bichish doirasiga tortish rejalarini ilgari surdilar.
Milliy respublikalar tuzish zarurligi g`oyasi uni (ya`ni, bu g`oyani) yerli xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi, milliy mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. Bu mojarolardan qutulish yo`li turkmanlar, qirg`izlar va boshqalarning milliy davlatini tuzish, deb e`lon qildilar, amalda esa bu chora-tadbir xalqlarni bir-biridan ajratib qo`yishdan boshqa narsa emas edi. Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatni ko`proq qaratib, ho`jalikka oid, iqtisodiy omillarni,mavjud suv resurslari, sug`orish tizimlarining umumiy ekanligini kamroq hisobga oldilar. Umuman, siyosiy jihatlar birinchi darajali hisoblandi. Rahbar xodimlar orasidagi yevropaliklar bilan tub xalqlar vakillari o`rtasidagi ixtiloflar, shuningdek, ayrim guruhbozlik ko`rinishlari mexanik tarzda O`rta Osiyo mintaqasi xalqlari o`rtasidagi munosabatlarga ko`chdi. Rudzutak,Stalin va boshqalar O`rta Osiyoda milliy mojaro mavjudligini uqtirdilar. Milliy masala sun`iy ravishda bo`rttirib yuborildi va davlatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgarisurildi.
Turkkomissiya va Ya.Rudzustak tezislariga qarama-qarshi o`laroq, va bir guruh milliy yetakchilar 1920-yildayoq turkiyzabon xalqlar yagona bo`lib, ular-ning tarixiy ildizlari, dinlari, an`analari va madaniyati mushtarakdir, Turkistonni alohida qismlarga ajratib bo`lmaydi, degan g`oyani ilgari surdilar. Biroq bu fikrni bolshevikcha Markaz inkor etib, uni panturkizm, panislomizm, burjua millatchiligi deb baholadi.
Mintaqani milliy-hududiy jihatdan qayta tuzish masalasi partiya organlari tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. O`rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) umummintaqani qamrab oladigan chegaralanish zarurligi to`g`risidagi masalani respublikalar partiya organlari,partiya xodimlari muhokamasiga qo`yishga zo`r berib intildi. Bu holat, xususan, SSSR tuzilgach (1922-yil 30-dekabr) kuchaydi.
1922-yili, va ayniqsa, 1923-yili yerli millatlar vakillarining bir qancha rahbar xodimlari O`rta Osiyodaamalga oshirilayotgan milliy siyosatdan qoniqmayotgan-liklarini ochiq-oydin ma`lum qila boshladilar. 1923-yil oxirida Turkiston xodimlarining bir guruhi Markazga xat bilan murojaat qilib, unda milliy nizolar o`lkada tugatilmasdan, ko`proq avj oldirilmoqda, deb qayd etdilar.Ushbu maktubda milliy yetakchilar mavjud bo`lganma`lum milhy-hududiy nizolarni tarixan tarkib topgan hududlar, aloqalar, davlat tuzumini keskin buzmasdan,har bir alohida respublika doirasida hal qilish zarur,degan fikrni ilgari surdilar. Ba`zi joylarda bu g`oya amaliy jihatdan yuzaga chaqarildi. 1923-yil oktabrida Buxoro respublikasida turkman va tojik viloyatlari tashkil etildi. Keyinchalik Xorazm respublikasida muxtor turkman va muxtor qirg`iz-qozoq-qoraqalpoq viloyatlarini tashkil etishga qaror qilindi. 1923-yil dekabrida Farg`ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg`ona muxtor viloyati tashkil etish to`g`risida taklif bilan chiqdilar. Biroq bu fikrni o`lkadagi rahbar organlar, va avvalo partiya organlari xato fikr deb rad etdi.Chegaralash g`oyasini ishlab chiqib, maromiga yetkazish yo`li va boshqa bir qancha takliflar ham olg`a surildi.Biroq Markaz va RKP(b) Markaziy Komiteti O`rta Osiyo byurosi yaxlit va ulkan mintaqada, avvalo uchta O`rta Osiyo respublikalari hududlarida yalpi hududiy chegaralash chora-tadbirlarini qat`iy ilgari surdilar.
O`rta Osiyoni chegaralab bo`lish va milliy respublikalar tuzish g`oyasi 1924-yilda amalga oshirila boshlandi. Biroq bu masalaga doir ziddiyatlar ayni davrda ham davom etaverdi. Bu kampaniyada ishtirok etishdan bo`yin tovlashga ochiq-oydin intilish hollari takrorlanaverdi, yangi loyihalar taklif etildi. Lekin Markaz, O`rta Osiyo byurosi qattiq turib oldi.
Ammo O`rta Osiyo respublikalaridagi hukumat va partiya organlarining nuqtai nazarlari yakdil emas edi.Turkiy xalqlar bir-biriga yaqin, degan fikr o`rtaga qo`yilar, boshqa dalillar keltirilardi. 1924-yil fevralida Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasini ko`ribchiqdi. Unda O`rta Osiyoning ma`muriy tuzilishi yuzasidan taklif etilayotgan, barcha turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmaydigan siyosat o`tmish istilochilarisiyosati bilan aslida bir deb aytildi. O`rta Osiyo byurosi tezislardagi bu fikrlarni xato deb e`lon qilib, qattiq tanqid ostiga oldi. Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti vaTurkiston kompartiyasining 10-martdagi birlasligan kengashida atoqli partiya xodimlari S.Xo`janov, S.Asfandiyorov, N.Paskutskiy O`rta Osiyodagi mavjud sovet respublikalari o`rnida O`rta Osiyo federatsiyasini tuzish to`g`risida taklif kiritdilar. Shu bilan birga S.Xo`janov Turkiston yagona, bir butun va uning yaxligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb qo`shimcha qildi.
Xorazm rahbarlarida ham alohida fikrlar mavjud edi.1924-yil martida ular respublika doirasida: turkmanlar,o`zbeklar, qirg`izlarning «sud ishlari... shariat bo`yicha olib boriladigan, milliy tillardagi... maktablari bo`lgan» muxtor viloyatlarini tuzishni taklif etdilar. 8-may kuni bir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b) Markaziy Komitetiga «Xorazmda milliy masalani hal qilish to`g`risida maktub» yuborib, unda Xorazmni chegaralanishga qo`shmaslikni iltimos qildilar. Ular o`zlarining shu nuqtai nazarlarini respublikaning olisda joylasliganligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi bilan asosladilar.Bu nuqtai nazarni Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti, jumladan, Qalandar Odinayev (1897—1938)ham qo`llab-quvvatladi. Qalandar Odinayev 1922-yil oktabriga qadar Amudaryo viloyatida, so`ngra Xorazmda RKP(b) Markaziy Komiteti O`rta Osiyo byurosi vakilibo`lib ishladi. 1924-yil iyulda Q. Odinayev Xorazm Kompartiyasi mas`ul kotib vazifasidan olib tashlandi4.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda O'zbekiston SSR Sovetlarining I syezdi ochildi. U 17-fevralda «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to'g'risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Deklaratsiya O'zbekiston SSR tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va O'zbekiston SSRning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e'lon qildi. Deklaratsiyada qayd qilib o'tilganidek, «shu kundan e'tiboran o'zbek xalqi hududida Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini o'z ichiga olgan bu xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlarning ittifoqdosh O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta'sis etiladi, unga Tojikiston Avtonom SSR kiradi».
1925-yil 13-mayda SSR Ittifoqi Sovetlarining III syezdi Turkmaniston va O'zbekiston respublikalarining SSR Ittifoqi tarkibiga kirishi to'g'risida shu respublikalar «xalqlarining erkin xohishi»ni inobatga olib tasdiqladi. Shu tariqa, O'zbekiston ittifoqdosh respublikasining qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika bo'lgan O'zbekiston milliy sovet respublikasi paydo bo'ldi. Shunday qilib, 1924-yilning oxiri bolshevizmning O'rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash borasidagi siyosati amalga oshirilishi bilan nishonlandi. Mintaqa xalqlariga majburan tiqishtirilgan bu siyosatni amalga oshirish uchun vaqt va mablag' bilan bir qatorda katta kuch-g'ayrat talab qilindi. Birinchi davrda - milliy chegaralanish g'oyasi paydo bo'lgan 1920-yildan 1924-yilgacha, uni amalda ro'yobga chiqarish boshlangan paytgacha, uning mafkuraviy, siyosiy, madaniy-ma'naviy sozlash va shundan keyingi harakatlar uchun zamin tayyorlash mexanizmi ishga tushirildi. «yagona turkiy millat bo'lmaganidek, yagona turkiy madaniyat va yagona turkiy til ham yo'q» degan shiorlar ostida to’rt yil mobaynida dastlab Turkiston, keyinroq Buxoro va Xorazm respublikalari xalqlari ongiga keng miqyosda tazyiq o'tkazildi, milliy| o'xshash tuzilmalarning shakllanish jarayonidagi integratsiya sun'j| ravishda jadallashtirildi. Ikkinchi davr, 1924-yilda bevosita millichegaralanish o'tkazildi, uni boshdan oxirigacha RKP(b) MQ rahbariyat: va uning muxtor vakillari rahbarligida O'rta Osiyo partiya tashkilotlari amalga oshirdilar. Mahalliy xalqlarning xohish-irodasi mutlaqo hisobga olinmadi va ularni o'rganish mexanizmi ishlab chiqilmadi. Xalqlarni milliy chegaralash g'oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi, Avvalo, bu g'oyaning dastlabki vazifasi hal etildi turkiylar birligi mafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga «milliy davlatchilik» maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o'zi edi) ichki muammolarga yo'naltirishga muvaffaq bo'ldi. Lekin bu eng asosiysi bo'lib, bolsheviklar bu harakat bilan o'zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazra respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo'linishi va ular asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O'rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo'q qilindi.
1.2 O’zbeksiton SSSR ning tashkil topishi va ma’muriy bo’linishi
1925 yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining I qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925 yil 13 may). OʻzSSR tarkibida 1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan. Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925 yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932 yil RSFSR tarkibiga, 1936 yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi.
Oʻrta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi "milliy davlatchilik" ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi. Oʻzbekiston SSRning tuzilishi "oʻzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi", degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi OʻzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. OʻzSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy rayonlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi vazifalar qoʻyilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar oʻz kuchini yoʻqotmadi. Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi.
Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi. 1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazildi. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini “quloq” (“mushtumzoʻr”) sifatida tugatish siyosatini olib borgan.
Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g'ildirakli aravasiga mustahkam bog'lab qo'yildi. O'rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazikli. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o'zgarishiga qaramay, O'rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit - uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o'ziga xos bo'lgan xo'jalik, maishiy, diniy, ma'naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o'zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o'zining muayyan joyiga ega bo'lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o'zgarmas teng qiymatga ega bo'lgan qismi bo'lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi.
Oʻzbekiston SSR maʼmuriy jihatdan 1925-yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929-yilgacha Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926-yilda maʼmuriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilgan. 1987-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936-yildan u Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. Oʻzbekiston SSR poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro shahri boʻlgan. 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand shahri poytaxt boʻlgan. 1930-yil oxiridan poytaxt Toshkentga koʻchgan
Shunday qilib, millatning bir qismi o'z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta'rifga ko'ra, «oz sonli millat»ga aylanib qolgan edi, bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o'z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar. Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo xalqlari o'rtasidagi bo'lajak millatlararo munosabatlar jarayonlafl ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo'yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni O'rta Osiyo xalqlarining «milliy davlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o'xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo'lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo'lib qoldi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, O'rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo'lib shakllanmagan “davlatga o'xshash tuzilmalar edi” Mazkur tuzilmalar suverenitet va rnustaqillikdan batamom mahrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo'lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi.


Download 119,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish