«U zot sollallohu alayhi vasallam ikki iydda hibara chopon kiyar edilar»
(Hibara – Yamanning mashhur kiyimi).
6. Ikki iyd kеchalarini ibodat ila oʻtkazish.
Bunda kеchaning hammasini yoki oxirgi uchdan birini zikr, namoz, Qur'on tilovati, takbir, tasbеh, istigʻfor bilan oʻtkaziladi.
Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Fitr kеchasini va Azho kеchasini (savob umidida) bеdor oʻtkazsa, qalblar oʻladigan kunda uning qalbi oʻlmas», dеdilar».11
Ikki iyd kеchasidagi duo mustajobdir. Shuning uchun ertaga iyd, dеgan kеchada koʻp duo qilishga harakat qilish zarur.
7. Muqtadiy kishilar iyd namoziga ertaroq, piyoda, viqor bilan, takbir aytgan hollarida boradilar.
Namozga qancha koʻp intizor boʻlinsa, savobi shuncha koʻp boʻladi.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |