Xulasa.
Ma'lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarining aqliy va axloqiy saloxiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun xam O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov inson uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxsiy manfaatlari ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va xarakatlantiruvchi kuchidir-deb juda to’g’ri aytgan edi. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi.
Mana shu ma’noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini ro’yobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyat hayotiga moslashgan ta’lim-tarbiyani ongli ravishda qabul qila oladigan davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviyat va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilindi.
Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki, saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo, kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o’qitish bilan bog’lik ayrim muammolar bugungi kunda kishini o’ylantirib qo’yayotgani tabiiy. Chunki, zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxassis kadrlarga muhtoj bo’lib boraveradi. Bu ham tabiat qonuni “Eng muhimi shuni anglab yetishimiz kerakki, kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz, sa’i xarakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi, hayotimiz ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki, zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor” - deb ta’kidlagan edi, Prezidentimiz I.A.Karimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |