So’nggi davrdagi barcha asarlardan To’qqizinchi simfoniya ustun turadi. U jahon musiqa asarlari orasida eng mahobatli asar sifatida tan olingan. To’qqizinchi simfoniya inqiroz yillaridayoq o’ylab qo’yilgan edi, ammo bu g’oyani amalga oshirish 1822-yildagina nasib etdi. U Tantanavor messa (Missa solemnis) bilan bir paytda yaratilgan. 1823-yilda Betxoven messani yaratadi, biryildan keyin esa simfoniya dunyoga keladi. Muallif o’zining o’lmas asaridagi final qis-miga xor va yakkaxon xonandalarni kiritadi. Ularga Shillerning «Shodlik uchun» qasidasidagi quyidagi so’zlari kiritilgan edi: «Odamlar bir-birlari bilan aka-ukadirlar! Millionlar, bag’ringizga bosing bir-biringizni! Bir shodlikdan quvoning birga!» Bunday ulkan g’oyalar uchun musiqada ham xuddi shunday ulug’vor ifodalar topilgan cdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |