1795-yildan 1802-yilgacha Betxoven o’n to’qqizta fortepiano uchun sonatalari, uchta fortepiano va orkestr uchun konsert, ikkita simfoniya, oltita torli kvartet op. 18, fortepiano va torli trio, shuningdek, ko’plab boshqa asarlarini yaratadi. Ushbu asarlarning barchasini Uchinchi «Qahramonnoma» simfoniyasi bezab turadi. U Betxoven yetukligining inkor qilib bo’lmaydigan dalilidir. Musiqachi va inson fojiasi. O’z san’atini tasdiqlash uchun keskin kurash yillarida Betxoven daxshatli baxtsizlikka uchraydi — uning eshitish qobiliyati yo’qoladi. Karlikning birinchi belgilari uning 28 yoshida sezila boshlaydi. Bu qadar achinarli holatga tushganiga qaramasdan, Betxoven sog’lom aqlini saqlab qola biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |