Uchinchi simfoniyadan keyin «Fidelio» operasi dunyoga ke-ladi. U Betxoven yaratgan yakka-yu yagona operadir. Uni muallifningo’zi ham juda yaxshi ko’rardi. U fransuz dramaturgi Buyining «Leonora yoki er-xotin sadoqati» asari asosida yaratilgan. Bastakor tomonidan yaratilgan ulkan ijodiy boylik uning shaxsiy hayotidagi parokandalik, nobarqaror moddiy taininot bilan ziddiyatga kelib qolardi. o’zgarishlar kompozitorning bevosita shaxsiy hayotiga ham daxl qiladi. 1799-yilda Ludvig ikki yoqimtoy opa-singillar — Tereza va Jozefina Brunsviklarga dars bera boshlaydi. Yaqin-yaqinlargacha u aynan Terezaga ko’ngil qo’ygan deb hisoblanardi, biroq, yigirmanchi asrda Betxovenning bir xati topildi. Bu xat o’sha davrga tegishli bo’lib, Jozefinaga atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |