1782-yilda Betxoven 12 ga kiradi. Bu yoshda u klavesin, skripka, organni bemalol chalar, nota varaqlarini osonlik bilan o’qirdi. Xuddi shu yili yosh Betxovenning bundan keyingi hayoti va faoliyatini belgilab bergan muhim voqealar ro’y beradi. Ludvig 13 yoshidan boshlab, ishlashga majbur bo’lgan. Amalda oilani boqish uning zimmasiga tushgan edi. U kapellada organchining yordamchisi vazifasida, teatrda ishlaydi, bu yerda qo’shiqchilar bilan partiyalarni yodlaydi, repetitsiyalarda ularga qo’shilib turadi. Bunday mashaqqatli va ko’p qirrali ishlar jarayonida Betxoven shaharning musiqiy dunyosida sezilarli san'atkorga aylana boradi. Yosh musiqachi buyuk san'atkorlarning e'tiborini tortish va, ay-niqsa, Motsartning mashg’ulotlarida ishtirok etishni orzu qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |