lug‘at xazinasini
boyitish va tozaligini ta’minlash, leksik
me’yorlarining muntazamligiga erishishda eng ma’qul yo‘l o‘zbek tilining o‘z ichki
imkoniyatlariga tayanishdir. O‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi so‘zlar
yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski turkiy so‘zlarni
tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish maqsadga muvofiq.
Masalan, raport so‘zining o‘zbekcha muqobili sifatida bildirgi so‘zi yasaldi va adabiy
18
tildan joy oldi,
rayon
so‘zi avval nohiya so‘zi bilan almashtirildi, ammo leksik
me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek tilidagi tuman so‘zi iste’molga
kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar,
vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. XIX
asrda Qo‘qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri pattalardir. Pattada ma’lum
kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, urug‘(don) yoki boshqa narsalarni berish
lozimligi haqida ma’lumot aks ettirilgan.
O‘zbek hujjatchiligini bugungi kun talablari asosida shakllantirish va
rivojlantirish uchun ham markazlashtirilgan holda tashkiliy tadbirlar belgilash
yo‘lidan borish maqsadga muvofiq. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida
ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qaroriga ilova etilgan ― O‘zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari,
uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarda, apparatlarda ish
yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomani alohida
qayd etish kerak. Markazlashtirilgan tizimda tashkilotdagi hamma ish yuritishlar bir
joyda butun korxona uchun bitta konselyariyada olib boriladi. Bu tizimda ish yuritish
vazifasi
kotibalarga,
ayrim
mutaxassislarga
va
buxgalteriya
xodimlariga
yuklanadigan kichikroq korxonalarda qo‘llaniladi. Tashkiliy tuzilishi murakkab va
hujjatlar aylanishi keng bo‘lgan katta muassasalarda ish yuritish tashkil etishning
aralash tizimi qo‘llaniladi. Bu tizimda bir xil operatsiyalar hujjatlarni qabul qilish,
ko‘paytirish, jo‘natish, markazlashtiriladi, boshqalari esa ijro bo‘linmalarida olib
boriladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |