Fe’l shakllarining qo’llanilishida ham bir muncha o’ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o’tgan (yoki xozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo’llanish darajasi ancha yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo’shtilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi kabi.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarning aks ettiradi. Guvohnoma, yoriqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi. Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (director)ning buyruq, ko’rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |