O‘zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#81010
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
ozbek auditoriyasida birinchi kurs studentlarini ingliz tilining konsonantizmiga orgatishning lingvodidaktik asoslari (1)

                                                  YAKUNIY XULOSA 

 

 

Insonning  nutq  faoliyati  sezgi  a'zolari  asosida  his  qilinuvchi  nutq  birliklari    -  



tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro'yobga chiqadi. Nutq tovushi o'zida uch jihatni 

birlashtirgan  murakkab  nutqiy  birlik  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Ushbu  vaziyatlar 

tilshunoslikning  fonetika  qismida  ko’rib  chiqiladi    va  u  nutq  tovushini  hosil  qiluvchi 

talaffuz  apparatini,  shuningdek,  tovushlarning    akustik  xossasini  va  til  sohiblari 

tomonidan qabul qilinishini ham o’rganadi. 

        Fonologiya    atamasi  tilshunoslikda  XX  asr  ohirida  nutq  tovushining  fiziologik-

akustik    tomonidan  funksional  (lingvistik)  tomonini  farqlash  natijasida    paydo  bo'ldi. 

Fonologiya til tovush qurilishining strukturaviy  va funksional qonuniyatini o'rganuvchi 

soha  bo'lib,  semiotik  tizim  sifatida  nutqni  akustik-artikulyatsion  jihatda  o'rganadigan 

fonetikadan farqlanadi. 

           O’zbek    adabiy  tili  undoshlar  sistemasida  25  fonema  bordir.  Ular  tovush 

paychalarining  harakati  va  holatiga,  nutq  organlari  ishtirokiga,    artikulyasiya  (paydo 

bo'lish)  usuliga ko'ra tavsiflanadi.  Ingliz  tilida  24ta undosh tovush mavjud bo’lib,  ular 

ham  o’zbek konsonantlari kabi guruhlarga ajratiladi. 

            O’zbek  va  ingliz  tillarining  konsonantlar  sistemasidagi  alohidaliklarni  hisobga 

olgan  holda  ingliz  tili  tovushlarini  uch  guruhga  bo'lish  mumkin:  1)  o’zbek  tilidagi 

tovushlarga  o'xshash  inglizcha  tovushlar;  2)  o’zbek  tilidagi  tovushlarga  yaqin,  lekin 

qisman  farq  qilinuvchi  ingliz  tili  tovushlari;  3)  o’zbek  tilida  uchramaydigan  ingliz 

konsonantlari. 

              Mazkur  tillar  konsonantlar  sistemalarini  qiyosiy  o'rganish  tillararo  fonetik 

interferensiyaning vujudga kelishini va bu  xodisaning o'zbek  auditoriyasi talabalarining 

inglizcha nutqidagi xatolariga sabab bo'lishini belgilab beradi.  




87 

 

 



                O’zbek  auditoriyasi  talabalarining  ingliz  tilidagi  nutqida  quyidagi  xatolar 

bo'ladi:    1)  ingliz  tili    undoshlarining  akustik  xususiyatlariga  oid.    Bu  belgi    bo’yicha 

ingliz  tili  jarangsiz  undoshlari  jaranglilardan  kuchliroq  talaffuz  qilinadi.  Tovushlarning 

mazkur xususiyati bo'yicha talabalarning ona tilida daraxt , hursand va boshqa so'zlarning 

talaffuzida oxirgi tovushlari tushib qolishi xodisasini o'quvchilar ingliz tiliga ko'chirishi 

ro’y  beradi;    2)  yumshoq  tanglayning  ishtiroki  bo'yicha  o'zbek  tili  nutqida  burun 

tovushlari  joy  almashish  (reinterferensiya)  xolati  ko'p  uchrashadi  (masalan,  kuylak 

o'rniga  ko'ynak  )  va  mazkur  xodisa  ularning  ingliz  tilidagi  so'zlashuvida  ro'y  berib, 

xatoga  sababchi  bo'ladi;  3)  cho'ziqlik  belgisiga  oid.    Ingliz  tilida  cho'ziglik  xususiyati 

undosh  konsonantlarga  xos  emas.    Ammo  so'z  tarkibida  ikki  va  undan  ortiq  bir  xil 

tovushlar kelganda, ular qo'shilib, cho'ziq undosh tovushi talaffuz qilinishi mumkin. Bu 

holatga  talabalar  ona  tilida  “jajji,  xuddi”    kabi  so'zlardagi  ikkita  jj,  dd  xarflari  bilan 

ifodalangan  bitta  cho'ziq  tovushning  mavjudligini  misol  qilsa  bo’ladi.    Bundan  boshqa 

talaffuz xatolari tovushlarning hosil bo'lish o'rni va usuliga oid ham ro’y beradi.         

     O’zbek  va  ingliz  konsonanatlari  tizimlarini  qiyoslash  shuni  ko'rsatadiki,  ularda  lab 

tovushlarining  bir  biriga  ancha  o'xshashligi,  ammo  lab-lab  kichik  guruhiga  tegishli 

tovushlarning bu xodisaga befarq ekanligi kuzatiladi. Ikkala til lab tovushlarining asosiy 

xususiyati  ularda  passiv  nutq  a'zosi  ishtiroki  bo'yicha  ziddiyatlar  mavjudligi  bilan 

uxshashligida namoyon bo’ladi. Undan boshqa ingliz tilida [θ] undosh tovushining o'zbek 

tilida  mavjud  emasligi  talabalarning  bu  konsanantni  ingliz  so'zlarida  talaffuz  qilishida 

fonologik  xatolarga  (ortiqcha  differensiyaga)  olib  keladi.  O’zbek  va  ingliz  tillari 

konsonantlar  sistemalaridagi  yuqorida  ko’rsatilgan  interferensiya  xodisalari  o'zbek 

auditoriyasi talabalarining ikkinchi til nutqidagi xatolariga sabab bo'ladi va ushbu talaffuz 

xatolarini  oldindan  bilish  xamda  sabablarini  aniqlash  ingliz  tili  konsonantlarini 

o'rgatishga mo'ljallangan mashqlar tizimini yaratishga aniq zamin bo'ladi.               



88 

 

 



           Til  ta'limi  tizimida  lingvodidaktika  va  metodikaning  muammolarini  o'z  oldiga 

olishi yoki umumlashtirgan holda ko'rib chiqishi mumkin, chunki bu fanlar o'zaro uzviy 

bog'langan  va  mujassamlangandir.  Til  ta'limi  tizimiga  mustaqil  fanlar  bo'lib  kirgan 

lingvodidaktika va til o'qitish metodikasining tobora rivojlanishi jarayonida ularning bir 

biridan  farqlanishi  chuqurlashadi  va  kengayadi,  bu  esa  fanlarning  tarixda 

mustaqillashishining tabiiy xolatidir. 

         O’zbek  auditoriyasi  talabalariga  ingliz  tilini  o'rgatishda  lingvodidaktika  va 

metodikaning  qonuniyat  va  uslublaridan  samarali  foydalanish  ko'zlangan  maqsadga 

erishishning eng qisqa yo'lidir.                      

         O’quv      jarayoniga        tavsiya  etilgan  o’quv  dasturlari,  darslik  va  o’quv 

qo’llanmalarining    ingliz  tili  undosh  tovushlarini  o’zbek  auditoriyasi  talabalariga 

o’qitishda  qo’llanilayotgan  ushbu  o’quv  qo’llanmalarini  taxlil  etish  mashqlar  tizimini 

yaratishga zamin bo’ladi.    

        O’zbekiston  Davlat  jahon  tillari  universiteti    3-ingliz  tili  fakulteti  fonetika  va 

fonologiya    kafedrasida  o'tiladigan  ingliz  tili  fonetikasi      predmetining    namunaviy   

dasturida      o'qitishning    asosiy    uslubi    qilib      zamonaviy  lingvodidaktikada  ahamiyat 

berilgan kommunikativ  usul  tavsiya etilgan.  O’quv jarayonida   quyidagi   darsliklardan  

foydalaniladi:    “  English  Phonetics”  va  “  Практический  курс  английского  языка”. 

Ularda      auditoriya    mashg'ulotlari      uchun      mavzular,  mustaqil      ishlar      bo'yicha   

topshiriqlar,  qoidalar    hamda    shu    qoidalarga    asoslangan  misollar  o’rin  olgan    turli  

mashqlar  kiritilgan.  Tillararo  interferensiyaga  oid  tovushlar  akustik  va  artikulyativ 

yondashuv  qoidalariga  binoan  tushintirilishi  tavsiya  etilgan.  Fonetik  zaryadkada 

qatnashish va  laboratoriya mashqlari talabalar tomonidan individual ravishda bajarilishi 

ko’zda tutilgan.  

  

O’zbek  auditoriyasi  talabalarini  ingliz  tili  konsonantlar  sistemasiga  o’qitishga  va 



ularning    talaffuz  malakalarini  shakllantirishga  mo'ljallangan  mashqlar  quyidagi  usullar 


89 

 

 



bilan  amalga  oshiriladi:  har  bir  dars  boshida  fonetik  zaryadka  uyushtirish;  o'qituvchi 

tovushni  talaffuz  qiladi,  talabalar    harf    birikmalari    yozilgan    kartochkalarni  

ko'rsatadilar;  o'quvchilar  so'zlarni  eshitadi  va  ko'rsatilgan  tovushni  eshitib,  qo'l 

ko'taradilar  va  hakoza.  Tuzilgan  mashqlarda  quyidagi  topshiriqlar  beriladi:  tovushlar 

farqini  aniqlab,  talaffuz  qilishga  o'rgatuvchi  differensial  mashqlarni  bajarish;  diktordan, 

videomaterialdan,  o'qituvchidan  eshitgan  tovushni,  jumlani  taqlid  qilib  takrorlash; 

diktordan,    videomaterialdan,    o'qituvchidan  eshitgan  jumlani  takrorlash;  eshitilgan  so'z 

va jumlalarni transkripsiya  qilish; namuna dialogni eshitish va uni taqlid qilib takrorlash; 

tovushlar  talaffuzini  shakllantirish  va  mustahkamlashda  she'rlar  va  tez  aytishlardan 

foydalanish, ularni yod oldirish va boshqalar. 

        Shunday  qilib,  o'zbek  auditoriyasi  talabalarini  ingliz  tili  konsonantlari  tizimiga 

o'rgatishda  og'zaki  nutqqa  va  to'g'ri  talaffuz  qilishni  shakllantiradigan  usullar  ham 

qoidalarga  rioya  qilinishi  va  bu  tadbirlar  yuqorida  ko’rsatilgan  talablarni  bajarishga 

yo'naltirilishi shart. 

 

 

 



 

                        




Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish