65
Mazdak Hamdadon (470-529) zardo‘shtiylikning asl g‘oyalarining hayotga tadbiq
qilmoqchi bo‘lib, o‘z harakat mafkurasini yaratdi. Mazdak ta’limoticha, kishilar bu
dunyoning ne’matlaridan barobar foydalanishlari lozim, Uning fikricha, ijtimoiy hayotga
jamoa huquqlarini tiklash, yer-suv, mol-mulkka barobar egalik qilish hammaning o‘zaro
tengligiga erishish lozim edi. Mazdak ta’limoti asosida uch “zlik-”zan”, “zar”, “zamin”
tengligi g‘oyasi yotar edi. Mazdak tarafdorlarining soni Eronda juda ko‘payib ketdi.
Mazdakiylar harakati nihoyatda kuchayib ketgach Kubodshohning (488-531) o‘zi u
bilan hisoblashishga majbur bo‘ldi. Kubod Mazdak tarafiga o‘tib uni Eronning bosh kohini
etib tayinladi. Mazdak hokimiyatni o‘z qo‘liga kiritib olgach, uning tarafdorlari oxir-
oqibatda Kubodni 496 yilda taxtdan ag‘darib tashlab zindonga tashlaydilar. Uning o‘rniga
ukasi taxtga chiqadi. Kubod zindondan qochib, eftalitlar dargohidan panoh topadi. U
yoshligidanoq eftalitlar huzurida o‘sgan va eftalitlar hukmdorining singlisiga uylangan edi.
Kubod eftalitlardan yetarlicha harbiy yordam olib 499-yili Eronga yurish qiladi. Chegaraga
yetgan paytdayoq ukasi buni eshitib taxtni tashlab qochadi. Kubod shoh I yana taxtga
o‘tirganidan so‘ng avval maxfiy, keyinchalik oshkora mazdakiylikka qarshi kurash olib
boradi. 529-yilda Mazdak qatl ettirilib, uning tarafdorlariga qarshi ayovsiz kurash olib
boriladi. Kubodning o‘g‘li Xusrav I Anushervon (531-579) davrida keng miqyosli islohotlar
o‘tkazilishi bilan birga mazdakiylar harakatiga butkul chek qo‘yiladi.
Eftalitlar esa o‘z qo‘llari ostida Tohariston, Badahshon, So‘g‘d, Sharqiy Turkiston va
O‘rta Osiyoning boshqa ba’zi yerlarini birlashtirdilar. Xitoy muallifi tili bilan aytganda
“Kongyust (Xorazm, So‘g‘d, Shosh), Xo‘tan, Shale (Qashqar), Ansi (Parfiya) va o‘ttizga
yaqin boshqa (katta)-kichik viloyatlar eftalitlar hukmdoriga qaram bo‘ldi”. V asrning 2-
yarmida Gandhar, keyinchalik shimoliy Hindistonning ba’zi hududlarini, Qobul va Panjob
vodiylarini ham Eftalitlar istilo qildilar. Shimoliy Hindistonda avval To‘ramon, so‘ngra
uning o‘g‘li Mehirakula eftalitlar davlatini tashkil etdilar.
Kubodshoh eftalitlar bilan deyarli tinch-totuv yashadi. U 502-506 yillarda eftalitlar
bilan ittifoqchilikda Vizantiyaga qarshi yurishlarida ishtirok etdi. Eftalitlar O‘rta Osiyo,
Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eronni birlashtirgan ulkan davlatga asos
soladilar. Eftalitlar davlati davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yer egaligi
munosabatlarning shakllanishi bilan izohlanib, bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy
hayot ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: