316
omillardan qat’iy nazar davlatning tashqi siyosatidagi ustuvor prinsipi davlatlarning suveren
teng huquqlilik prinsipi bo`lib qoldi.
O`zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon hamjamiyati
oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilgandir. Umuman,
O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va
rivojlantirish borasida bir necha yillarga arziydigan ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston
o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati
va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini
egalladi, uning mavqeyi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Sovet davlati parchalanib ketgandan so‘ng Markaziy Osiyoga, xususan,
O‘zbekistonga xalqaro terroristlar va diniy ektremistlar qo‘poruvchilik harakatlari bilan
tazyiq o‘tkazishga harakat qilmoqdalar. Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining
dastlabki kunlaridan boshlab BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, xalqaro
tashkilotlarning majlislarida Tojikistondagi fuqarolar urushi, Afg‘onistondagi tolibonlar va
diniy ekstremistlarning butun jahon xalqlari uchun xavfli ekanini qayta-qayta ta’kidlab
aytgan edi.
1997-yili o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida «hududiy mojarolar diniy
ekstremistlar O‘zbekiston mustaqilligiga xavfli tahdiddir» degan edi. Haqiqatan ham,
«Afg‘onistonda o‘rnashib ko‘p mamlakatlar tomonidan madad olib turgan diniy
ekstremistlar 1999-yil 16-fevralda, 1999-2000-yillari davlat chegaralarini buzishlar, 2003-
2004 yillarda Toshkent va Buxoroda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari
O‘zbekiston Prezidentining fikrlarini tasdiqladi. 2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkdagi
qo‘poruvchilik harakatlari yirik davlatlar rahbarlarining ko‘zini ochdi va O‘zbekiston
rahbarining qanchalik haq ekanligini ko‘rsatdi. 2001-yili oxirida Islom Karimovga AQShda
xalqaro yetakchi (lider) unvonini berdi.
Terrorizm butun dunyoni qamramoqda, uning uchun diniy, milliy ajratuvchilik,
davlat chegaralari ham yo‘q. 1995-2003-yillarda faqat MDH davlatlari hududida 4.500
uyushgan jinoyatchilar guruhi tor-mor qilindi, 300 ming o‘qotar qurollar, 400 tonna
portlovchi moddalar yo‘q qilindi.
Xalqaro terroristlar va diniy ekstremistlar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga
oshirish, ya’ni O‘zbekistonda konstitutsion tuzumni ag‘darish, Farg‘ona vodiysida
xalifalikni o‘rnatish uchun 2005-yil 13-mayga o‘tar kechasi Andijon shahrida amalga
oshirishga urindi. Bu kimsalarning buzg‘unchilik harakatlarini Andijon xalqi qo‘llamadi.
Shuning uchun ham Afg‘oniston, Qirg‘izston va boshqa davlatlardan moliyaviy, texnikaviy
yordam olib, shundan beri tayyorlangan bir guruh diniy ekstremist, qo‘poruvchilar
mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning shaxsiy rahbarligida Respublika qurolli kuchlari
tomonidan bostirildi, ularning yovuz niyatlari puchga chiqdi. Dunyoning ko‘plab davlat
rahbarlari, tinchliksevar xalqlari I.Karimov harakatini, o‘zbek xalqining ko‘rsatgan jasoratini
qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki O‘zbekistonda dunyoviy, demokratik tinchliksevar
tuzumning saqlab qolinishi Markaziy Osiyoda, balki MDHning boshqa mamlakatlarida ham
terroristik, ekstemistik harakatlar oldi olindi.
Yurtboshimiz ilgari surgan «Ogoh bo‘laylik», «Hushyor bo‘laylik» shiyorlari haqli
tarzda davr talablariga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: