O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti



Download 3,69 Mb.
bet20/258
Sana30.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#419288
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   258
Bog'liq
Мажмуа Умумий педагогика Ибрагимовга

Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Mazkur Qonunning 15-moddasi maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi haqida bo‘lib, maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga quyidagilar kiritilgan:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

  • ta’lim berishning muqobil shakllari;

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari;

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil etilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ilk bor mazkur qonun bilan maktabgacha ta’lim tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir qat’iy talab va cheklovlar belgilanayotganining sababi ularning qo‘lida yurtimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz tarbiyalanishi bilan izohlanadi.
Qonunga muvofiq, kelgusida muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etgani uchun ilgari hukm qilingan fuqarolar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. SHuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar bilan o‘z mehnat shartnomalarini salbiy sabablarga ko‘ra tugatgan fuqarolar, qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganidan yoki olib tashlanganidan, o‘ziga nisbatan amnistiya yoki avf etish akti qo‘llanilganidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim tizimi organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlari bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi norma kiritilgan.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini har tomonlama shakllantirishga, ularni jismoniy, ma’naviy-axloqiy va hissiy rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratiladi, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrovining oshishiga erishiladi. Tarbiyalanuvchilarning sifatli maktabgacha ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlar yaratiladi. Sohada davlat-xususiy sheriklik rivojlanadi.
Qonunning 23-moddasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi bayon etilgan bo‘lib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda, turar joy majmualari qurilganda, tegishli hududda maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etilishi ko‘rsatilgan.
Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik, innovatsion va axborot kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq etiladi, boshqaruv organlari va ularning faoliyatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy faoliyatida ochiqlik, shaffoflik prinsiplarining ustuvorligi ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishga, tizim xodimlarini tanlash va rivojlantirishda yangicha yondashuvlar tatbiq etilishiga erishiladi.
Eng muhimi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifatli tibbiy xizmat, bolalarning ratsional va sog‘lom ovqatlanishi ta’minlanadi, ayniqsa, bolalarning maktabgacha ta’lim olishida ota-onalarning roli kuchaytiriladi.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish