O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


O‘sishi va rivojlanishining garmoniyasi va geteroxroniyasi



Download 6,21 Mb.
bet6/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

1.4. O‘sishi va rivojlanishining garmoniyasi va geteroxroniyasi.
Yosh organizm o‘sib va rivojlanib boradi. Endi tug‘ilgan chaqaloq vazni o‘rta hisobda 3,5 kg ni tashkil etadi. Bir yoshga borib uning vazni 10 kg atrofida bo‘ladi, ya’ni vazn taxminan 3 barobar ko‘payadi. Bir yoshgacha bolalar tez o‘sadi, ikkinchi yili o‘sish sur’ati kamayadi, ammo unda sifat o‘zgarishlari paydo bo‘la boshlaydi-u yurishga harakat qiladi, so‘z boyligini orttirib boradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘sish na rivojlanish bir tekisda bormaydi.
Homila tug‘ilishi arafasida yurak-qon tomirlari, ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish tizimlarining tuzilishi va funksional jihatdan shakllanishi etilgan bo‘ladi. Qolgan tizimlar (termoregulyasiya, jinsiy tizim va boshqalar) esa tug‘ilgandan so‘ng ketma-ket etilib boradi. Bolalarda 4 yoshdan 7 yoshgacha o‘sish jarayoni kuchayib, rivojlanish jarayoni susayadi. 6-7 yoshda ba’zi bolalarda o‘sish sezilarli darajada kuchayadi va bu bolalarni teshdoshlaridan bo‘yi baland bo‘ladi. Bunday holatga, ya’ni a’zolar tizimining bir xil me’yorda rivojlanmasligiga o‘sish va rivojlanishning geteroxroniyasi deyiladi. Ontogenez davomida organizmdagi a’zo va tizimlar asta-sekin shakllanadi va ularning to‘liq shakllanishi hayotning har xil davrlariga to‘g‘ri keladi. Bunday geteroxronik holidagi shakllanish organizmni turli sharoitlarga moslanishiga yordam beradi.
Akseleratsiya. Akseleratsiyani tushuntiruvchi nazariyalar
Tashqi muhit sharoiti, irsiy dasturlar va boshqa omillar ta’siri ostida o‘sish va rivojlanish jarayonlarining tezlashishi akseleratsiya deyilib (lot. acceleratio — tezlashuv), bu atamani ilk bor nemis shifokori R. Kox 1935 yilda biologiya va tibbiyot faniga kiritdi. Akseleratsiya faqat jismoniy o‘sishgagina emas, balki aqliy rivojlanishga ham taalluqlidir. Odatda guruh va davr akseleratsiyalari farqlanadi. Ma’lum bir yoshdagi ayrim bolalarning jismonan va aqlan tengdoshlariga nisbatan ustun bo‘lishi-guruh akseleratsiyasiga misoldir. Hozirgi zamon bolalari va o‘smirlarida oldingi avlodlarga nisbatan o‘sish va rivojlanish jarayonlarining tezlashuvi, balog‘atga etish davrining vaqtidan oldin boshlanishi, sensor va somatik tizimlarning tezroq rivojlanishini davr akseleratsiyasiga misol qilib olish mumkin. Keyingi 30-50 yil davomida chaqaloqlarning tana massasi 500 gr, tana uzunligi esa 2,0-2,5 sm oshib ketdi. 15 yoshli o‘smirlarda tana uzunligi 6-10 santimetrga, tana massasi esa 3-10 kg ga ko‘payganligi qayd qilingan. Yurak-qon tomirlari, nafas olish va harakat tizimlarining akseleratsiyasi sportning «yosharishiga», ya’ni sport bilan shug‘ullanuvchilar orasida yoshlarning ko‘payishiga olib keldi.
Jismoniy ko‘rsatkichlarning akseleratsiyasi ruhiy rivojlanishning tezlashuviga olib keladi. Ruhiy akseleratsiyaga hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari: radio, televidenie, kompyuter va internet tarmoqlarining keng tarqalishi, axborotlar hajmining ko‘payishi tufayli ham sodir bo‘lishi mumkin. Huddi shuningdek, jinsiy etilishda ham akseleratsiya kuzatilmoqda. Masalan, 1900 yillarga nisbatan hozir o‘g‘il va qiz bolalarning jinsiy etilishi o‘rtacha 2-3 yilga tezlashgan. Chexoslovakiyada 1914 yilda qizlarda hayz ko‘rish boshlanishi 14 yoshga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, XX asrning oxirlariga kelib 12 yoshga to‘g‘ri kelgan. Tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgarishi bolalar akseleratsiyasiga katta ta’sir qiladi.
Akseleratsiya ko‘pincha ijtimoiy, tabiiy sharoit o‘zgarishi bilan yuz beradi. Masalan, alimentar omil, ya’ni ovqatlanish-ning yaxshilanishi, uning oldingi asrlarga nisbatan miqdor va quvvat jihatidan yuqori darajada hamda rang-barang bo‘lishi o‘sish va rivojlanishni tezlashtirgan omillardan biridir. Yana geterozis (duragay) - aholining keng migratsiyasi natijasida turli millat, irq, kontinent, davlatlar yoshlari o‘rtasida nikoxlarning ko‘payishi bois tug‘ilgan bolalarning jismoniy rivojida nisbatan ustunlik kuzatiladi. Urbanizatsiya (shaharlanish) tufayli ham, ya’ni shahar aholisining ko‘payishi na ushbu sharoitda axborot almashinuvi tezlashganligi bois bolalarning jismoniy va, ayniqsa, aqliy rivoji tezlashadi. Keyingi yillarda ijtimoiy va ijtimoiy-gigienik sharoitning yaxshilanishi kasalliklarning kamayishiga, sog‘lom hayot tarzini tashkil qilishga imkoniyat yaratib, o‘z o‘rnida akseleratsiyaga olib kelishi mumkin. Ba’zi bir adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda kosmik nurlarning ta’sirida tegishli mugatsiyalar paydo bo‘lib, ular ham akseleratsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bergerning vitaminlar erasi nazariyasiga ko‘ra o‘sishjarayonlarining tezlashishiga V1, V12 va D vitaminlarining ta’siriga katta ahamiyat beriladi. Lekin, vitaminlar erasi boshlanishidan avval o‘sish jarayonlaridagi o‘zgarishlar mavjud ekanligi ko‘rsatilgan1.
Akseleratsiyaning o‘ziga yarasha negativ taraflari ham mavjud. Masalan, oxirgi 50 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vaznining 1-1,5 kg ga ko‘payishi o‘z navbatida bolalarda semirishga moyillikni kuchaytirmoqda. Semizlik esa ko‘pchilik kasalliklarga, ko‘pincha yurak-qon tomirlar kasalliklari- gipertoniya, ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi va boshqalarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tkanimizdek, ontogenez prenatal va postnatal davrlarni o‘z ichiga oladi. Prenatal davrda tuxum hujayrasi urug‘lanadi, so‘ng hujayra bo‘linadi, ko‘payadi, to‘qimalar hosil bo‘ladi, to‘qimalardan a’zolar shakllanadi va, nihoyat, a’zolardan tizimlar hosil bo‘lib, butun bir organizm yaratiladi. Bu davrda ba’zi tizimlar tuzilish va funksiyasi jixatidan yaxshi rivojlangan bo‘lsa (yurak-qon tomirlari, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish), boshqalarining rivoji postnatal davrga to‘g‘ri keladi (termoregulyasiya mexanizmlari, jinsiy tizim va boshqalar). ostnatal davrda esa organizm tug‘iladi, o‘sadi, rivojlanmagan a’zo va tizimlar rivojlanishp yakunlanadi, organizm qariydi, so‘ng o‘ladi.
Prenatal davr. Organizmning individual o‘sishi va rivojlanishi tuxum hujayrasining urug‘lanishidan boshlanadi. Urug‘langan tuxum hujayra blastomerlarga bo‘linadi va bu jarayon 5-6 kun davom etadi. Blastomerlar bir haftalik bo‘lgandan boshlab bachadonning shilliq kavatida rivojlanadi. Keyingi ikki haftada gastrulyasiya jarayoni bo‘ladi va a’zolar shakllana boshlaydi. Gastrulyasiya davomida embrionning ikki qavati ekto - va endodermalar hosil buladi. Keyinchalik ular orasida uchinchi qavat - mezoderma paydo bo‘ladi. Endodermadan ovqat hazm bo‘lishida ishtirok etuvchi bezlar, oshqozon va ichaklar shilliq qavatlari, ichki sekretsiya bezlar, o‘pkalar hosil bo‘ladi. Olti haftali homilaning bo‘yi 2 santimetrga etadi, unda bilinar-bilinmas qo‘l va oyoq panjalari, ustki va pastki jag‘lar shakllana boshlaydi. Sakkiz haftali homilaning bo‘yi taxminan 4-5 santimetrga etadi, bosh qismi kattalashadi, bosh miya yarim sharlari rivojlana boshlaydi. Uning yuz qismdagi a’zolarni ham bir-biridan ajrata olish mumkin.
Uch oylik embrion odam qiyofasiga kirgan bo‘ladi va embrion yo‘ldosh yordamida oziqlanishga o‘tganda homila davri boshlanadi. Homilaning uzunligi o‘rtacha 8-10 sm bo‘lib, bosh qismi tanasiga nisbatan katta bo‘ladi. Uning yuz qismi to‘liq shakllanadi. Homila hayotining 28 haftasida tez o‘sadi va rivojlanadi hamda ona organizmidan tashqarida hayot kechirishga layoqatli bo‘ladi. Bunday homilaning bo‘yi 35,5 sm va massasi esa 1300 g bo‘ladi. To‘kqiz oylik homilaning bo‘yi 50 santimetrga yaqin, og‘irligi esa 3,0 — 3,5 kilogrammga etishi mumkin. Har bir organizmning prenatal davrda bosib o‘tiladigan hayot jarayonlari, a’zo va tizimlarning shakllanishi genetik dasturga kiritilgan bo‘lib, dasturning rivojlanishida tashqi muhit omillarining (ijtimoiy omil, ovqatlanish omili, iqlim omillari va boshqalar) roli katta bo‘ladi.
Postnatal davr. Prenatal davrning oxirgi kunlarida odam organizmi funksional jihatdan tug‘ilishga tayyor bo‘ladi va bunday organizm tug‘ilganidan keyin tashqi muhitga moslasha olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Moslashish nerv, endokrin, nafas olish, ovqat hazm bo‘lishi, yurak-qon tomirlari, ayirish tizimlarining funksional shakllanishiga bog‘liq. Ba’zi tizimlar tuzilish jihatdan shakllangan bo‘lsada, funksional shakllanishi nihoyasiga etmagan bo‘ladi. Tanadagi barcha to‘qimalar o‘sadi, biroq bu jarayonning tezligi odam umrining turli davrlarida bir xil bo‘lmasdan, turli tizimlar tarkibiga kiradigan to‘qimalar va a’zolar uchun har xil bo‘ladi. O‘sish jarayonining yoshga oid chegaralari mavjud, chunonchi o‘smir qizlar uchun u taxminan 16-18 yoshgacha, o‘smir bolalar ychyn 18-20 yoshgacha davom etadi. A’zo va tizimlarning o‘sish va rivojlanish jarayonlari geteroxron holda, ya’ni birtekis bormaydi.
A’zo va tizimlarning tuzilish va funksional shakllanishini e’tiborga olgan holda postnatal ontogenez quyidagi davrlarga bo‘linadi:

  1. chaqaloqlik davri — 1 kundan 40 kungacha

  2. go‘daklik davri — 40 kundan 1 yoshgacha;

  3. dastlabki bolalik davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha;

  4. birlamchi bolalik davri — 4 yoshdan 7 yoshgacha;

  5. ikkilamchi bolalik davri:

    1. o‘g‘il bolalarda — 8 yoshdan 12 yoshgacha

b)qiz bolalarda — 8 yoshdan 11 yoshgacha;

  1. o‘smirlik davri:

    1. o‘g‘il bolalarda — 13 yoshdan 16 yoshgacha

    2. qiz bolalarda — 12 yoshdan 15 yoshgacha;

  2. navqironlik davri

    1. o‘g‘il bolalarda — 17 yoshdan 21 yoshgacha;

    2. qiz bolalarda — 16 yoshdan 20 yoshgacha;

  3. I yetuklik davri:

    1. erkaklarda — 22 yoshdan 35 yoshgacha;

    2. ayollarda — 21 yoshdan 35 yoshgacha

  4. II yetuklik davri:

    1. erkaklarda — 36 yoshdan 60 yoshgacha;

    2. ayollarda — 36 yoshdan 55 yoshgacha;

  5. keksalik davri:

    1. Erkaklarda — 61 yoshdan 74 yoshgacha,

    2. Ayollarda — 56 yoshdan 74 yoshgacha;

  6. Qariyalik davri — 75 yoshdan 90 yoshgacha;

  7. O‘ta qariyalik davri — 90 va undan yuqori yosh.

Ontogenezni davrlarga bo‘lishda tibbiy xodimlar, biologlar, morfologlar, biokimyogarlar, geograflar va boshqa ko‘pgina mutaxassislar qatnashib, bunda tana uzunligiiing, qo‘l va oyoklarning uzunligi, tana og‘irligi, skeletning suyaklanishi, tishlarning chiqishi, ichki sekretsiya bezlarining, shakllanishi, jinsiy rivojlanishi, muskullar kuchi va boshqa antropometrik ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.



Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish