2- bob bo’yicha xulosa
Kognitologiya turli fan sohalari kesishmasida yuzaga kelgan bo’lib, uning
tadqiqot sohasi “bilimni yig’ish, saqlash va qo’llash usullarini tadqiq qilish”
sifatida belgilanadi.
“Kognitiv” atamasi aslida lotin tilidan kelib chiqqan bo’lib, tushunish
anglash, bilish, o’ylash ma’nolarini beradi. Kognitologiya (cognitive scaince)
tafakkur haqidagi fan bo’lib, uning tayanch nuqtasi tilshunoslikdir. So’zsiz,
lingvistik tahlil kognitiv tahlilning bir turi, uning ma’lum bir ko’rinishda namoyon
bo’lishidir.
Kognitiv
tilshunoslik
1989–yil
Deysburgdagi
tilshunoslikka
bag’ishlangan simfoziumda ilk bora fan sifatiga tilshuoslikka kiritildi.
Til va tafakkurning rivojlanishi oqibatida ushbu kognitiv tilshunoslik fanida
ham turli yo’nalishlar vujudga keldi: kognitiv grammatika, kognitiv stilistika,
kognitiv semantika, jins tilshunosligi, etnolingvistika, kognetiv fonetika. Ular
orasida kognitiv grammatika va kognitiv semantika alohida ahamiyatga ega.
Kognitiv grammatika atamasining ikkita ma’nosi bor. Keng ma’noda
kognitiv grammatika kognitive lingvistikaning sinonimidir. U tildagi bilishga oid
harakatlar masalan: xotira, sezish, e’tibor va o’ylash kabilarida namoyon bo’ladi.
Tor ma’noda esa kognitiv grammatika kognitiv lingvistikaning yo’nalishidir.
Kognitiv semantika tilning ma’nosini insonlar miyasida qanday aks etishiga
qarab belgilaydi yoki ifodalaydi. An’anaviy semantikadan farqli ravishda, kognitiv
semantika lingvistik voqea–hodisalarni ekstra–lingvistik faktorlar ya’ni, asosan
psixologik va ijtimoiy–madaniy faktorlarga tayanib o’rganadi. Kognitiv
semantikaga fan sifatida katta hissa qo’shgan olimlarning biri A.Vyerzbikadir.
Lingvokognitologiya til birliklarining zamiridagi bilim zahirasining
strukturasini tadqiq qiladi. Bilimni sistema sifatida o’rganib, uning sistem
xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Kognitiv konsept boshqa konseptlardan
farq qiladi. Lisoniy birlik o’zi aks ettirayotgan bilim sistemasi bilan yaxlitlikda
olinganda, kognitiv konsept maqomida bo’ladi. Konsept tushunchaga, tushuncha
esa lug’aviy ma’noga o’z “qaymog’”ini beradi. Shu asosda nutqiy hodisalardan biri
( jumladan topishmoqlar) ilmiy–nazariy tahlil uchun tortiladi.
Kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy
(mental) strukturalarning lisoniy ifodasini ochib beruvchi mexanizmlar
qurshovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o’ringa chiqadi. Ma’lumki, inson
narsa va predmet, hodisalarni bilishda, idrok qilishda qator mantiqiy–ruhiy
harakatlarga ega bo’lgan faoliyatni amalga oshiradi.
Zamonaviy kognitiv tilshunoslikdagi eng asosiy metodlardan freym analizi,
kognitiv metafora va kognitiv xarita faol hisoblanadi.
Freym tahlilining asosiy maqsadi shundan iboratki, tilda berilgan tushuncha
bizning miyyamizda butun bir holat yoki vaziyat sifatida namoyon bo’lishidir bu
esa miyyamizda faqatgina bitta tushuncha kirib qolishini rad etadi.
Kognitiv metafora oddiy metaforadan farq qiladi. Oddiy metaforada
so’zlarning ahamiyati, tilshunoslikdagi fenomenona, ta’sirchanlik va badiiy
bo’yoqdorlik muhim rol o’ynashi bilan birgalikda, bunda ikkita asosning o’zaro
bog’liqligi va odatda shoirlar va notiqlar tomonidan ko’pincha ishlatilishi alohida
ajarlib turadi va odatda so’zning ko’chma ma’nosi sifatida qaraladi. Kognitiv
metaforadagi ikkita tarmoq ya’ni nishon va manba tarmoqlari bo’lib, odatda nishon
qismi tasvirlanishi kerak bo’lgan asos bo’lsa, manba qismi esa metaforaga oid
bo’lgan qismi bo’lib, nishon qismining mag’zini ochib beradi. Kognitiv
metaforaning turlari ham bu bobda alohida muhokama qilinadi. Uning 4 ta asosiy
turi bo’lib, ular: strukturaga oid metafora, ontologik metafora, oriyental metafora,
konteyner metafora.
Kognitiv xarita konseptning lingvistik ma’nosini ochib berishdagi
xizmatidan tashqari u nomoddiy tahlil sifatida ham qaraladi va bu tushunchaning
kaliti hisoblanadi Konseptdagi ma’noni yanada chuqurroq tahlil qilishda va
konseptning lingvistik ko’rinishini ifodalashda tilshunoslar tomonidan taklif
qilingan kognitiv xaritani quyidagi strukturalari bor: lug’atdagi ma’nolar va
lug’atshunoslikdagi
izohlar,
paradigmatik
bog’lovchilar,
syntagmatik
bog’lovchilar, yordamchi bog’lovchilar, frazeologik bo’limlarda, tushunchaning
tabiiy konseptualligi.
Ushbu kognitiv tilshunoslikning metodlari qo’shma so’zlarda ma’no
uyg’unligini ochib berishda alohida e’tiborga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |