O`zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Birinchi ingliz filalogiyasi fakulteti



Download 119,42 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi119,42 Kb.
#93160
Bog'liq
1438950866 61148


Badiiy asar tuzulishi. Obraz va tipiklik

Reja:


1. Badiiy adabiyotda mazmun va shakl birligi.

2. Asarning asosiy temasi va g`oyasi.

3. Obraz va tipiklik.

4. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi.

Asar mazmuni unda aks etgan hayot. Yozuvchining hayot voqealariga munosabati goyani belgilaydi. Mazmun va shakl birligi badiiy asarda badiiylikning zarur sharti. Mazmun va shakl badiiy asarni tahlil qilish jarayonida uni bir butunlikda to`g`ri tushunishimizga imkon beradigan, o`zaro uzviy bog`langan ichki va tashqi tomonlardir. Chunki, mazmun badiiy asarning mohiyatini ifodalasa, shakl shu mohiyatning namoyon bo`lishi, ya`ni ifodalanish usulidir. Shu ma`noda badiiy asarning mazmuni unda aks etgan hayotiy faktlardan iborat bo`ladi. Bu faktlar esa yozuvchining ma`lum nuqtai nazari asosida yoritiladi. Chunonchi, badiiy asarda (hikoya, roman yoki pyesada) odamlar, ularning o`zaro aloqalari, turmush voqea-hodisalari aks ettirilar ekan, bularning hammasi shu asarda bir butunlikni tashkil etadi. Bu bir butunlik, tabiiyki, turmushni obrazli aks ettirish tufayli vujudga keladi. Inson esa hayotda yakka holda yashamaydi, u doim o`zini o`rab olgan muhit, odamlar, tabiat bilan aloqada bo`ladi.

Shu sababli badiiy asarda inson u yashayotgan hayotiy sharoit bilan birlikda, ayni paytda individual va umumlashtirilgan holda ifodalanadi. S.Ayniyning «gullar» romanida ham biz yuz yildan ortiqroq (1825-1933) tarixiy voqealarning mehnatkashlarga mansub uch avlodi vakillari obrazida aks ettirilganini ko`ramiz. Rahimdod–o`tmishda zulm ostida ezilgan, hayoti qullikda o`tgan avlodlar vakili. Ergash va Safarqul– ongida yangi tushunchalar paydo bo`lib, yangi hayot uchun kurashganlarning umumlashma obrazlari. Demak, «gullar» romanlarida tasvirlangan obrazlar sitemasida faqat u yoki bu obrazgagina emas, balki bir-biriga qarama-qarshi ikki ijtimoiy guruhga xos xarakterlar umumlashtirilgan bo`lib, bu badiiy umumlashmalar har ikkala asarning g`oyaviy-tematik mazmunini tashkil etgan. Chunki yozuvchi tanlagan hayot voqea-hodisalari tasvirida asar mazmuni va yozuvchining g`oyaviy pozitsiyasi ifodalanadi. Asar temasi ham uning mazmunidan kelib chiqadi.

Yozuvchi hayot materialini o`z dunyoqarashiga, o`z manfaatlariga muvofiq tanlagani uchun uning shu voqea-hodisalarga bo`lgan munosabati va ularni tasvirlashdagi nuqtai nazari adabiy asarning g`oyaviy mazmunini, ya`ni yozuvchining badiiy umumlashmalari asosidagi yetakchi fikrini, voqelikka bergan g`oyaviy bahosini belgilaydi. Bu g`oyaviy mazmun yozuvchi tanlagan hayotiy voqea va lavhalar tasvirida, asarda ishtirok etadigan obrazlar xatti-harakati, o`y-fikrlari, kechinmalari va xarakterida mujassamlashadi, ya`ni mazmun shaklga ega bo`lib, o`z mohiyatini butun to`laligi bilan namoyon qiladi. Shunday qilib, adabiyotda mazmunning shaklga ega bo`lishi g`oyaviy-tematik negizning inson xarakterida namoyon bo`lib, uning kechinmalari va xatti-harakatlari orqali yozuvchi qayta ishlagan hayotiy materialni konkretlashtirishi va ravshanlashtirishida amalga oshadi. Inson xatti-harakatlari adabiy asarda kompozitsiya va syujetda, uning o`y-fikrlari, his-tuyg`ulari va kechinmalari esa asar tilida ochiladi.

Adabiy asar qurilishining shu asosiy qonunini chuqur tasavvur etgan taqdirdagina, uni analiz qilishning prinsip va metodlarini aniq belgilab olishimiz mumkin bo`ladi. Har bir adabiy asarda bir necha tema va ular orqali ilgari surilgan g`oyalar bo`ladi. Yozuvchi hayotni tasvirlash bilan o`zaro bog`liq bo`lgan bir necha masalalarni ko`tarib chiqadi va ularning har biriga o`z bahosini beradi. Masalan, Sh.Rashidov «gudratli tulqin» romanida asosan o`zbek xalqining Ulug` Vatan urushi yillarida mamlakat ichkarisida ko`rsatgan qahramonligini tasvirlar ekan, To`raxonov obrazida ma`naviy quruq kishilar xususiyati va xarakterini yoritadi, ularga o`z munosabatini bildiradi, shu bilan birga, kitobxon e`tiborini ham shu obrazlar orqali ifodalangan masalalarga tortadi. Demak, badiiy asarning asosiy temasi yozuvchining biror voqea-hodisani muhokama qilish yoki ravshanlashtirish uchun, biror xarakterning shakllanishini ko`rsatib berish uchun o`z oldiga qo`ygan maqsadlaridan, ya`ni yozuvchi tanlagan va tasvirlagan hayotiy voqealar, asarda qo`ygan va yoritgan masalalari yig`indisidan iboratdir. Boshqacha aytganda, tema nima haqidadir yozish, nima to`g`risidadir fikr yuritishdan iboratdir. Shuning uchun badiiy asarda tema g`oya bilan uzviy bog`liq bo`ladi.



Tema tushunchasi asarning butun mohiyatidan kelib chiqadi. Badiiy asar temasini odatda voqelik belgilaydi. Tematika keng ma`noda ma`lum bir davr yozuvchilari ijodidagi temalar yig`indisidan iboratdir. Tematika tor ma`noda asardagi asosiy temaga tobe bo`lgan boshqa kichik temalar yig`indisini anglatadi. Ana shu asosiy va kichik temalarning hammasi birgalikda asarning g`oyaviy-tematik bir butunligini ta`minlaydi. 27Badiiy asar g`oyaviy-tematik jihatdan kichik bo`laklardan tashkil topishiga qaramay, unda bir butunlik mavjuddir. Asarning shunday tuzulishi badiiylik talabidir. Aslida hayot bir-biri bilan uzviy bog`langan, o`zaro ta`sir etib turgan hodisalardan iborat bo`lib, bu hodisalarning har biri o`ziga nisbatan ma`lum munosabatda bo`lishni taqozo etadi. Masalan, «gutlug` qon» romanida qo`yilgan barcha masalalar bir markazga–chorizm va mahalliy burjuaziyaga qarshi ko`tarilgan 1916 yilgi xalq ozodlik harakatining rivojlanishi masalasiga birlashtiriladi va bu markaziy, asosiy masala yozuvchi tomonidan baholanadi.

Bu bahoda, chorizm va mahalliy burjuaziyaga qarshi olib borgan kurashida mehnatkash omma albatta g`alaba qozonadi, degan g`oya o`z ifodasini topgan. Demak, yozuvchining asarda tasvirlangan asosiy hayotiy voqea-hodisalar to`g`risidagi hukmi-yetakchi fikri asarning asosiy g`oyasi hisoblanadi. Binobarin, yozuvchi turmushga, hayotiy hodisalarga qanday munosabatda bo`lsa, ularni shu xilda tasvirlab, kitobxonlarda ham o`zi tasvirlagan voqea-hodisalarga ana shunday munosabat tug`diradi. Shuning uchun asosiy g`oya ham, asosiy tema kabi asardagi obrazlarda, ularning xatti-harakatida mujassamlashgan va voqea-hodisalarda ifodalangan g`oyalardan tashkil topadi hamda yozuvchining shu obraz va hodisalarga, ya`ni hayotga bo`lgan munosabatini anglatadi. Demak, g`oya bilan tema uzviy birlikda mavjuddir. Tema va g`oya munosabati asarning g`oyaviy-tematik birligini ta`minlaydi. G`oya ijodiy ish jarayonida yuzaga keladi, u asarda konkret materialida ifodalanadi. Shunga ko`ra, asarning g`oyaviy-tematik mohiyati obrazlarni va hodisalarni analiz qilish orqali aniqlanadi. Obraz san`at va adabiyotning obrazlar vositasida voqelikni aks ettirish haqidagi asosiy tushunchasidir.

Adabiyot va sa`nat voqelikni obrazlar vositasida aks ettirar ekan, har bir asarda tasvirlangan narsa, predmet yoki ishtirok etuvchi shaxslar keng ma`noda obraz deyiladi. Ammo obraz termini san`at va adabiyotda biroz chegaralangan ma`noda-faqat insonga nisbatan qo`llaniladi. Chunki obyektiv hayotdagi hamma narsa inson izmida ekan, demak, adabiyot va sa`natda ham inson obrazi yetakchilik qiladi. Obraz termini xuddi shu ma`noda obrazlilik tushunchasining eng muhim o`zak qismini tashkil etadi. Shunga ko`ra, adabiyotda ishlatiladigan qahramon, adabiy tip, obraz-xarakter, obraz-personaj kabi terminlar sinonim tushunchalar bo`lib, ularning barchasi kishilarning jamiyat va tabiat bilan bog`liq holdagi badiiy tasviridan iboratdir. Inson xarakteri va uning ijtimoiy qarashlari epik, dramatik, lirik-epik asarlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu asarlarda peyzaj va buyum obrazi, lirik motivlar, ya`ni keng ma`nodagi obrazlar muhim ahamiyatga ega bo`lsa ham, ular asosiy maqsadga-inson faoliyatini va uning hayotga bo`lgan munosabatini o`rganishga xizmat qiladi. Peyzaj va buyum obrazi ayrim asarlarning asosiy mazmunini tashkil etishi mumkin.

Ammo ularda ham, asosan, inson ko`zga tashlanadi: yozuvchi peyzaj va buyum obrazida 28kishilarning, ma`lum davrdagi sotsial guruhning dunyoqarashi va his-tuyg`ularini aks ettiradi. Demak, adabiyot va sa`natda inson obrazi bo`lmaganda edi, qolgan barcha narsalar (keng ma`nodagi obrazlar) ma`nosiz va mohiyatsiz bo`lib qolar edi. Shu tarzda konkret insonga nisbatan qo`llanilgan obraz terminini shunday ta`riflash mumkin: yozuvchining hayotiy kuzatishlari asosida shakllangan, uning badiiy to`qimasida aks etgan, ma`lum g`oyani tashuvchi inson hayotining konkret va ayni paytda umumlashgan tasviri obraz deb ataladi. Obraz asarda tutgan o`rni va vazifasiga ko`ra, adabiyotda personaj, bosh obraz, ikkinchi darajali obraz, xarakter, tip kabi terminlar bilan ifodalanadi. Chunonchi, personaj badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar jamini anglatadi.

Agar personaj asar voqealari markazida turib, syujet voqealarini harakatga keltirsa, asar konfliktining hal etilishida yetakchi rol o`ynasa, yozuvchining g`oyasini ifodalasa, u asarning bosh obrazi sanaladi. Personaj asar markazida turmasa ham, biror jihati bilan yozuvchi g`oyasini ifodalashga, uni to`ldirishga xizmat qilsa, u ikkinchi darajali obraz hisoblanadi. Obraz tushunchasi xarakter tushunchasi bilan bog`liq bo`ladi. Lekin obraz xarakterga nisbatan keng tushuncha bo`lib, xarakter obrazning mukammallashgan, turli xususiyatlari aniq ko`rinib to`rgan, individual xususiyatlari kashf etilgan obrazdir. Har qanday obraz xarakter bo`la olmaydi, lekin har qanday xarakter obraz sanaladi. Xarakterning g`oyat mukammallashgan ko`rinishi esa, ya`ni xarakterga xos xususiyatlarni butun to`laligi bilan aks ettiruvchi individuallashtirilgan shaxs obrazi tip deyiladi. Shuning uchun badiiy tip hamma vaqt, hamma sharoitda o`z mukammalligini saqlaydi. Shunday qilib, obraz adabiy asarda yozuvchining turmush tajribalari va inson xarakteri ustida olib borgan kuzatishlarini, kishilarga bo`lgan munosabati, fikr va qarashlarini badiiy ifodalashning o`ziga xos usulidir.

Yozuvchi inson xarakterini aks ettiradi, tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda yaratadi, ma`lum davr va sotsial guruh uchun xarakterli bo`lgan voqealarni individuallashtirilgan tipik obrazlar orqali yoritadi. Shu tarzda adabiy asarda tipiklikni ifodalaydi. Demak, adabiy asarda tipiklik tushunchasi turli tarixiy davrlarda hayotiy voqealar, ma`lum kishilar guruhi uchun xarakterli xususiyatlarni yorqin ifodalovchi narsa, hodisa yoki shaxsni anglatadi. Badiiy asardagi qismlar, obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g`oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi, ularning tasvirdagi mezoni va muvofiqligi kompozitsiya deb ataladi. Kompozitsiya asosiy badiiy vositalardan biri bo`lib, u yozuvchining g`oyaviy maqsadi asosida tanlangan hayotiy voqea-xodisalarni tasvirlashga, personajlarning o`zaro aloqa va munosabatlarini izchil bayon etishga xizmat qiladi. Agar asarda yozuvchi maqsadi, g`oyaviy pozitsiyasi izchil va aniq bo`lmasa, kompozitsiyasi mukammal 29chiqmaydi. Shuning uchun badiiy asardagi har bir detal, epizod yoki vosita doim biror narsaga xizmat qiladi, bir-biri bilan uzviy bog`langan bo`ladi.

Ayniqsa, asar kompozitsiyasida materiallarning izchillik bilan joylashtirilishi muhim ahamiyatga egadir. Materiallarning joylashtirilishini bilish esa yozuvchining badiiy mahoratini bilishga yordam beradi. Badiiy asarda materiallarning izchillik bilan tartibli joylashtirilishidan tashqari, ularning hajmiga ham ahamiyat beriladi. Badiiy asarda ayrim materiallar asosiy, ayrimlari ikkinchi darajali planda beriladi, ba`zi obrazlarning tashqi qiyofasi, o`y-fikr va his-tuyg`ulari, yashash sharoitlari batafsil, ba`zilariniki esa qisqa yoritiladi. Epik asarlarda materialni qismlarga bo`lish prinsipi muhim o`rin tutadi. Ko`pgina epik asarlar qismlarga, qismlar esa, o`z navbatida, yana bo`limlarga ajraladi. Albatta, yozuvchi materialini qism va bo`limlarga bo`lishda ma`lum bir maqsadni ko`zda tutadi. Asarni qism va bo`limlarga bo`lish masalasi avtorning turmush hodisalarini aks ettirish xarakteriga, asarning janr xususiyati va unda qo`yilgan problemaga, yozuvchining badiiy uslubiga bog`liqdir. Chunonchi, «gutlug` qon» romanining kompozitsiyasi uning mazmuniga mos bo`lib, Oybekning yuksak badiiy mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. «gutlug` qon» o`n sakkiz bobdan iborat.

Har bobning o`zi hikoya va epizodlardan tashkil topgan hamda g`oyaviy mazmuni jihatidan o`zaro uzviy bog`langan. Poetik, epik va dramatik asar kompozitsiyasi bir-biridan farq qiladi. Alisher Navoy «Farhod va Shirin» dostonida o`zi yashagan davr-XV asr hayoti lavhalarini aks ettirar ekan, unda xalqning tinchlik, farovon turmush, obodonchilik haqidagi orzu-umidlarini ifodalash uchun dostonni kirish qismidan tashqari 53 bobga ajratadi. Bu boblar bir-biri bilan uzviy bog`lanib, bir butunlikni tashkil etadi. Shoir bu boblarda Farhod va Shirinning boshidan kechirgan sarguzashtlarini, hayoti va ezgu niyat yo`lida olib borgan kurashlarini yoritish bilan dostonning g`oyaviy mazmunini ochadi. Natijada doston syujeti murakkab, tematikasi keng va mazmuni rang-barang asar bo`lsa ham, uning kompozitsiyasi asar syujeti qurilishining izchilligini ta`minlangan. Shunday qilib, kompozitsiya asar mazmunini eng mukammal tusda reallashtiruvchi shakliy kategoriya bo`lib, ijodiy metod, adabiy yo`nalish, oqim va ularga xos ijod prinsiplari bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi adabiyotga nazar tashlasak, kompozitsiya tushunchasi bir qancha usul va vositalar hisobiga boyidi.

Masalan, hozirgi adabiy asarlar qurilishida qo`llaniladigan avtor xarakteristikasi, ichki va tashqi monolog, dialog, xotira, lirik chekinish, ruhiy iztirob, tush ko`rish, o`z-o`zini baholash kabi usullar shular jumlasidandir. Badiiy asarlarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o`zaro bog`langan va rivojlanib boruvchi hayotiy voqealar sistemasi syujet deb ataladi. Syujet xarakter bilan uzviy bog`liq bo`lib, badiiy ijodda muhim o`rin tutadi. 30Syujet badiiy ijodning barcha tur va janrlarida mavjud. Syujet xarakter bilan voqealar o`rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Haqiqatdan, syujet personajlar harakati tufayli shakllanadi. SHe`riy asarda, ayniqsa, kichik she`riy asarda syujet prozaik asarga qaraganda yashirinroq bo`ladi. Syujet ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim kabi elementlardan tashkil topadi. Bularning hammasi badiiy asar syujetining tarkibiy qismlari bo`lib, asar kompozitsiyasida muhim rol o`ynaydi.

 

ADABIYOTLAR:

 

 

1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. T. «O`qituvchi» 1980 yil. 195-220 betlar.

2. Adabiyot nazariyasi dasturi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi. T., 1999 yil.

3. Kollektiv «Adabiyot nazariyasi». 2-tomlik. T., Fan. 1978-1979 yil.

4. Kollektiv «Adabiy turlar va janrlar». 2-tom. T., Fan. 1991-1992 yil.

5. www.pedagog.uz

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !


Download 119,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish