Internet saytlari
11. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
12. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi.
13.www.ziyonet.uz– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali.
14.www.pedagog.uz - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali
15.www.yedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali.
9 – МАВЗУ: ИЖТИМОИЙ – ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТ МЕТОДИКАСИ ВА ТЕХНОЛОГИЯСИ
A
Режа
Метод ва усул, восита тушунчалари, уларнинг фарқлари. Ижтимоий педагогик фаолият методлари моҳияти.
Ижтимоий – педагогик фаолият методлари ва технологиялари.
Ижтимоий педагогик тренинг ўтказиш хусусиятлари. Ижтимоий технологиялар таснифи.
sosiy tayanch tushunchalar: Metod va usul, vosita tushunchalari, ularning farqlari. Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari mohiyati. Ijtimoiy – pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalari. Ijtimoiy pedagogik trening o‘tkazish xususiyatlari. Ijtimoiy texnologiyalar tasnifi.
9.1. Metod va usul tushunchalari, ularning farqlari. Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari mohiyati. O‘z kasbining xususiyatlarini o‘rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida amaliy tatbiq etish muammosi turadi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor, bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim.
Olimlarning fikricha, bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitasiyasiga yordam beruvchi, ijobiy ijtimoiy tajriba to‘planishini ta’minlovchi, ijtimoiy pedagog va bolaning o‘zaro bog‘liq faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy pedagogik metodlar haqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidadir. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo‘llanilayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari, ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar" tushunchalari qo‘llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo‘ysunuvchan tavsifga ega. Aslida, har bir metod amaliyot tomonidan to‘plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-pedagogning u yoki bu usulni qo‘llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog‘liq. Vosita usul va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar - ijtimoiy pedagog tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan moddiy, emosional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyat usullari hisoblanmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o‘yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga yetishishi uchun qo‘llanilganida faoliyat usuliga aylanadi.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
—ishontirish;
—talab qilish;
—hikoya;
—suhbat va bahs;
—jazolash va maqtash.
Biroq, ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalar tasnifi quyidagilardan iborat bo‘ladi, deb hisoblaymiz:
Shunday qilib, ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy- pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
“Ijtimoiy pedagogik texnologiya” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik texnologiya ikki sohada o‘z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish, ikkinchisi, ijtimoiy fanlar sohasida.
XX asrning 80-yillari o‘rtalarida pedagogik amaliyotda Sh.A. Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V.P. Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S. N. Lisenkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V. A. Karakovskiy, N.Ye. Selivanova, N. I. Shurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlarini ilm ahli tomonidan tan olinganligini ta’kidlash joiz. “Pedagogik texnologiyalar” o‘quv fani kasbiy pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.
Hozirgi kunda “pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zahiralardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafoltlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.
Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plangan bo‘lsada, ammo o‘qitishsh metodikasi va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘llash bilan bog‘liq ba’zi muammolar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat-e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi1.
“Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sosiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bo‘lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog‘liq. Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo‘lib, ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin. Yuqorida ta’kidlanganidek, ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xodim faoliyatining jihatlari serqirradir. Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o‘z tuzilishiga ega ekanligiga bog‘liq.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Maqsadlar, o‘z navbatida, faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish metodlarini, uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligi, unga erishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |