O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axmamat jumayev, surayyo sharipova ijtimoiy pedagogika


- МАВЗУ: ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГИКА ФАН ВА АМАЛИЙ ФАОЛИЯТ СОҲАСИ СИФАТИДА



Download 440,66 Kb.
bet3/112
Sana14.04.2023
Hajmi440,66 Kb.
#928516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

1 - МАВЗУ: ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГИКА ФАН ВА АМАЛИЙ ФАОЛИЯТ СОҲАСИ СИФАТИДА


Asosiy tayanch tushunchalar: Ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim, tarbiya va ijtimoiy tarbiya, ijtimoiylashuv, ijtimoiy pedagogik jarayon, ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida.

    1. I
      Режа

      1. Ижтимоий педагогиканинг тадқиқот объекти ва ривожланиш тарихи.

      2. Ижтимоий педагогика ва ижтимоий иш.

      3. Ижтимоийлашув – ижтимоий педагогик жараён.

      4. Ижтимоий педагогиканинг тамойиллари.
      jtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’yekti va rivojlanish tarixi
      Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator bahs-munozaralarga sabab bo‘lmokda. Ijtimoiy pedagogika, garchi u avvaldan yurtimizda “ijtimoiy tarbiya”, ”ijtimoiy muhofaza”, “ijtimoiy yordam” ko‘rinishida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, pedagogik bilim sohasi va mustaqil fan sifatida O‘zbekistonda XX asrning 90- yillaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘qitila boshlandi. Uning respublikamiz mustaqillikka erishguniga qadar alohida mustaqil fanga aylanmaganligini O‘zbekiston tarixiy taraqqiyotida ro‘y bergan murakkabliklar va ba’zi qarama-qarshiliklar bilan izohlash mumkin. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida yuzaga keldi.

Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar shaxs sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi. Yoshlar aynan ijtimoiy hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni to‘la anglab olmaydigan demografik guruh ekanligini hech qachon yoddan chiqarmasligimiz kerak.
Chindan ham yoshlik inson hayotining eng mas’uliyatli davri, chunki har bir inson aynan shu davrda oyoqqa turish, shakllanish, jismoniy va ijtimoiy jihatdan balog‘atga yetish jarayonini boshidan kechiradi. 14-30 yoshda inson hayoti juda jadal rivojlanadi hamda turli tasodifiy hodisalarga boy bo‘ladi. Bu davrda yoshlarning ma’naviy dunyosi, axloqiy qiyofasi, shaxsiy didi, havasi, qiziqishi, muhabbat tuyg‘usi bir necha bor o‘zgaradi. Bu davr, agar jamiyat va oila tomonidan yoshlarning hayoti to‘g‘ri izga solinsa, ularda o‘z-o‘zini anglash, hayotning xilma-xil murakkabliklarini his etish, ayniqsa, bilim olish va hayotiy tajriba orttirish davri hisoblanadi.
Davrimizning eng nozik, og‘riqli nuqtasi, ushbu ijtimoiy toifa va qatlamning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 14 avgustdagi №PQ-3907 sonli “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuqorida aytilgan barcha muammolarning yechimi va ularni hal etish mexanizmlari uchun huquqiy asos bo‘ldi. 1
Jamiyat ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Insonni atrofdagi muhit bilan o‘zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Inson ijtimoiy normani, ya’ni madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishi, o‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, ijtimoiy tajribani egallashi lozimdir. Bu jarayon ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bugungi kunda tarbiyaga ijtimoiy hodisa sifatida qarashdan anglanadiki, tarbiya jamiyat manfaatlarini ko‘zlab va uning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va korreksiyalanadi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyotida mavjud jamiyatga xos ijtimoiy-siyosiy ong, uning yuzaga kelishida ijtimoiy-siyosiy xulq-atvor mexanizmi tarzida namoyon bo‘luvchi mentalitet xususiyatlari borki, ular ham jamiyat yangilanishining asosiy omillari qatoriga kiradi. Ijtimoiy – siyosiy hayotga ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan, ya’ni o‘z mamlakatining taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tarbiyalash ijtimoiy pedagogikaning bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘zlashtirib oladi, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi dastlab, ijtimoiy muhitda oiladan boshlanadi. Oila va oilaviy munosabatlar madaniyati hamda uning yosh avlodning madaniy-ma’naviy rivojlanishiga ta’siri muammosini ilmiy tahlil qilish qator fanlarning o‘rganish ob’yekti bo‘lib kelgan va kelmoqda. Pedagog-olimlar mazkur mavzuning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini tadqiq etib, oilaning bola tarbiyasida tutgan o‘rniga alohida e’tibor berib, oilaviy tarbiyani umumiy tarbiyaning bir qismi sifatidagi jihatini yoritishmoqda.
Oilaning jamiyatda va ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, oilaviy tarbiya, oila a’zolarining oiladagi o‘rni, oilada milliy va umuminsoniy tarbiya masalalarini pedagogik nuqtai nazardan professor O. Musurmanova2 tahlil qilgan.
Shuningdek, o‘zbek oilasining etnopsixologik ijtimoiy muammolari bo‘yicha ilmiy izlanish olib borgan olimlardan M.G. Davletshin, Gʻ.B. Shoumarov, E.Gʻ. Gʻoziyev va boshqalarning ilmiy ishlarini ko‘rsatish mumkin.
Keyingi yillarda tibbiyot fani ham shaxs va oilani ijtimoiy-psixologik hamda biologik jihatlarini o‘rganishga katta ahamiyat bermoqda.
Amerika olimlari R.Fridman, D.Roderika, Enn Xarborlar turli davlatlarning demografik holati, uning aholi salomatligiga ta’sirini ijtimoiy jihatdan tadqiq qilgan bo‘lsalar, Molkom Pots, Shiam Tapalar asosan oilada farzandlar soni, uning oila a’zolari salomatligiga ta’sirini tahlil qilganlar. Oiladagi o‘zaro ijtimoiy munosabatlar haqida fikr yuritar ekanmiz, ular muayyan ijtimoiy-madaniy tizimni tashkil etishi ko‘zga tashlanadi.
Bu tizim oilaning o‘ziga xos ma’naviy olamini tashkil etadi va ijtimoiy tuzilishning zarrasi sifatida bir-biriga ta’sir qiladi hamda o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. “Ijtimoiylashuv” tushunchasini har bir davr o‘zicha talqin qiladi va tushunadi. Chunki, har bir davr o‘z muammolari, vazifalari, muayyan maqsadlari, ilm-fan doirasi va dunyoqarashi bilan ilgarigisidan farq qiladi. Davr imkoniyatlari va talablari ta’sirida shaxs o‘zining aqliy, axloqiy, estetik, siyosiy, jismoniy va boshqa fazilatlarini shakllantiradi hamda namoyon etadi. Ijtimoiy hayotda shaxs ongi, faoliyati, tafakkuri taraqqiyotini uning moddiy va ma’naviy boyliklarga mavjud turmush tarziga, ijtimoiy va iqtisodiy tuzumga bo‘lgan munosabati belgilaydi. Shaxsning avvalo tabiatga, jamiyatga, ijtimoiy va iqtisodiy tuzumga, mavjud turmush tarziga faol munosabati, ularni o‘zgartirish va takomillashtirishda qatnashishi insonning o‘zini ham o‘zgartirib, aqlan kamol topib, dunyoqarashi shakllanib, siyosiy ongi o‘sib, barkamollik darajasiga ko‘tarilishini “madaniyat” tushunchasi bilan bog‘liqlikda izohlash o‘rinli.
Shunday ekan, “madaniyat” tushunchasi ijtimoiy taraqqiyot darajasi va talabidan kelib chiqib turlicha talqin qilinsa-da, u ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir degan fikr abadiyligicha qoladi.
Ilmiy manbalarda izohlanishicha, madaniyat ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida insoniyat yaratgan va yaratayotgan hamda jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan bosqichni xarakterlaydigan moddiy va ma’naviy qimmatdorliklar majmuidir1.
Madaniyat tushunchasi faylasuflar, tarixchi, san’atshunoslar talqinida turlicha izohlanadi. Masalan faylasuf olim J. Tulenov “Madaniyat-eng umumiy tarzda inson va jamiyatning o‘zgaruvchanlik faoliyatining barcha turlari hamda shu faoliyat natijalarining majmuidir”,2deb ta’rif bersa, M.M. Xayrullayev “Madaniyat-inson tomonidan yaratilgan va uning uchun xizmat qiladigan barcha boyliklar, qadriyatlar yig‘indisidir”3, deb ta’riflaydi.
Pedagog olima O. Musurmanova bu atamani “Madaniyat tarixiy xarakterga ega bo‘lib, kishilarning yuqori moddiy va ma’naviy hayotga ehtiyoji oshishi natijasida paydo bo‘lgan va ularning ma’naviy hayoti xarakteri, xulq-atvor normalarining o‘z mazmunida ifodalangan, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ongli faoliyat yig‘indisidir” 1, deb izohlaydi.
Bu ta’riflardan ko‘rinadiki, madaniyat jamiyat va inson tarixiy taraqqiyotining muayyan bir darajasi, kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek ular yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.
Madaniyat juda murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib, ijtimoiy hayotning moddiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa sohalarini, inson mehnat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs madaniy sharoitda yashaydi va faoliyat ko‘rsatadi. U dastlab oilada, jamoatchilik, mahalla va jamiyatda ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o‘rin tutganligi shubhasiz.
Ijtimoiylashuv o‘z mohiyatiga ko‘ra yosh avlodni hayotga tayyorlash, bolalar, yoshlar va kattalarni mavjud sharoitlariga va bu sharoitlarni takomillashtirishga moslashtirishdir2. Tarbiyaning ijtimoiy tavsifi, bir tomondan, tarbiyaning o‘zi tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash sifatida amalga oshirilishi; ikkinchi tomondan, jamiyat tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’lum yo‘nalishda tarbiyalashga ko‘maklashadigan qilib tashkil etilishida o‘z ifodasini topadi.
Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, tarbiya jarayoni ijtimoiy omillariga quyidagilar kiradi:

  • mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitlari;

  • tarbiyaning ijtimoiy shartlanganligi;

  • tarbiya ijtimoiy boshqarish sifatida (L.F.Spirin), nazorat qilinadigan va boshqariladigan ijtimoiylashtirish;

  • tarbiya ijtimoiy ahamiyatli xulq-atvor namunalariga odatlantirish sifatida;

  • kichik (mikro muhit), o‘rta (mezo muhit) va katta (makro muhit) guruh va hamjamiyatlar orqali tarbiyalash.

Mazkur omillardan ko‘rinadiki, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati uning turlaridan biri bo‘lgan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga ham taalluqlidir.
“Ma’naviy-axloqiy tarbiya” tushunchasi ham “ijtimoiy tarbiya” tushunchasi kabi turlicha talqin qilinadi. Maslan, pedagogik lug‘atlarda ma’naviy-axloqiy tarbiya jamiyatda axloqni qayta yaratish, tadqiq qilish shakllaridan biri sifatida ta’riflanadi3. Hozirda, respublikamizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, ta’lim borasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillar o‘zgarib borayotgan bir paytda ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g‘ayri ijtimoiy hodisalar alkogolizm, ichkilikbozlik, giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, jinoyatchilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy muammolarni yechish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda ijtimoiy yordam va muhofazaga birinchi navbatda bolalar, lekin shu bilan birga kattalar ham muhtojdirlar. Yuqorida ta’kidlangan illatlar va ijtimoiy muammolar, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi sabablar, ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’yekti sifatida nafaqat amaliy, balki nazariy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir.
Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissi jo‘sh urib turgan yoshlari bor va ma’naviyati yuksak xalq yashayotgan jamiyat yoki davlat har jihatdan kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ham tarixda xalqlarni o‘z ma’naviyatidan ajratib qo‘yishga urinishlar ko‘p bo‘lgan.
Ma’naviyati tuban xalq, milliy qadriyatlariga befarq, loqayd millat ozodlik, istiqlol va mustaqillik nima ekanligini bilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 iyul, PF–5106-sonli farmoni bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30 iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilinishi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qilishi bu sohada alohida tizim yaratilganidan dalolatdir.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
malakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish.
O‘zbekistonda ko‘plab tashkilotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etmoqda. Bularga misol sifatida Respublika Ma’naviyat Markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, turli jamg‘armalar, partiyalarni keltirishimiz mumkin. Ma’naviy-ma’rifiy muassasalarning ishini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, ularning faoliyatidan unumli foydalanish yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning muhim omilidir. Bunda tashkilotlarda va joylarda ijtimoiy faollikka bag‘ishlangan davra suhbatlari, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar uyushtirish kabi ommaviy tadbirlar tashkil etish yaxshi samara beradi. “Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Men sevib o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallarini, “Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” shiorlari ostidagi aksiyalari, “Adabiyot va san’at-shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlar, respublikaning chekka hududlarida xalq rassomlari, xalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot-ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlar, “Eng buyuk jasorat-ma’naviy jasoratdir” mavzusida davra suhbatlari shular jumlasidandir. Shuningdek, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”, “El-yurt umidi”, “Mahalla” kabi jamg‘armalarda yoshlarimizning g‘oyaviy tarbiyasiga bo‘lgan ijobiy ta’sirini pedagogik vositalar va usullar orqali kuchaytirish lozim. Bu esa yuqorida ta’kidlab o‘tgan turli yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirib, siyosiy-ijtimoiy pedagogik muammolarning oldini olishda qo‘l keladi.
Mustaqil yurtimizda bugungi kunda yoshlarmizning ongi va qalbi uchun kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo‘nalish, ya’ni ijtimoiy pedagogikaning oliy o‘quv yurtlariga fan sifatida kiritilishi ayni muddaodir. Chunki XXI asr, ya’ni axborotlar asrida yoshlar va umuman keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o‘rganish, ijtimoiy hayotni aniq va real, ommaviy xalq fikriga asoslanib o‘rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o‘rganish davri yetib keldi.

Demak, pedagogika fanining yana bir yo‘nalishi IJTIMOIY PEDAGOGIKAga bo‘lgan ehtiyojni davrning o‘zi ko‘rsatmoqda1.


Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’yekti pedagogika o‘rganadigan jarayon va voqelik bo‘lib, u masalani muayyan, o‘ziga xos aspektda ko‘radi. Uning o‘ziga xosligi esa “ijtimoiy” degan so‘zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’yekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o‘z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir2.
O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir. “Ota-onalar va bolalar” muammosiga Sharqda, jumladan, yurtimizda qadim-qadim davrlardanoq hayotiy masala sifatida qaralgan. Jaloliddin Davoniy (1427-1502) o‘z davrining ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan qomusiy olim. Taniqli faylasuf olim H. Aliqulovning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, Davoniydan quyidagi ilmiy meros qolgan: “Risolai isboti zojib” (“Zaruriyatning isboti haqida risola”), “Risolat ul-mufradot” (Moddalar haqida risola”), “Risolat ul-huruf” (“Harflar haqida risola”), “Risolati fi tavjix ul-tashbix” (“Majoz talqini haqida risola”), “Risola dar elm un-nafs” (“Ruhshunoslik to‘g‘risida risola”), “Tariqati tarbiyat ul-avlod” (“Bolalarni tarbiyalash usuli”) “Arznoma” (“Armiyani boshqarish qoidalari”) kabilar shular jumlasidandir. Ayniqsa, Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan “Axloqi Jaloliddin” asari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan va shuhrat qozongan. Chunki bu asar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning asarlari qatorida turadigan barkamol inson kamoloti uchun eng zarur ijtimoiy va axloqiy fazilatlar bayon etilgan. “Axloqi Jaloliddin” uch qismdan iborat. Birinchi qism – axloq faniga, ikkinchi qism – “Odamning ichki holati” oilaviy hayotiga, uchinchi qism – “Shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati”, deb atalib unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko‘tariladi. Kaykovusning “Qobusnoma” asarlarida yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan chuqur falsafiy g‘oya va qarashlar aks etganki, bizning davrimizda ham ulardan o‘rni bilan foydalanilmoqda. Shaxsning ijtimoiylashuvida xulq-atvor insonning atrof-olamga nisbatan munosabatini o‘rganishdagi asosiy mezon hisoblanadi. Sosiologiya va ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy psixologiya fanlari taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan shaxs xulq-atvori konsepsiyasi Z. Freyd, K. Yung, A. Adler kabi tadqiqotchilar tomonidan rivojlantirilgan bo‘lib, xulq og‘ishi, jinoyatchilik xulqining pedagogik-psixologik jihatlarini chuqur o‘rganishgan. XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy manba hisoblanadi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib qo‘yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillaridan boshlanadi. Uning qayta “tug‘ilishi” ijtimoiy pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fani yutuqlaridan foydalanish zarurati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyat faoliyat yuritishining yangi tamoyillari: bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, iqtisodiy holatning beqarorligi kabilar nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo‘lish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq, ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning tizimlashtirilmaganligi bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, bugungi kunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab oluvchi ta’rifni byerish ancha murakkab hisoblanadi.
Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qilganlar. Masalan, Yu. V. Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi.
A. V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika-barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogika”dir.
V. D. Semenov Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasini “Ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiradigan fan”,- deb hisoblaydi.
I.P.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika-ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir”.
M.A. Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’yekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o‘zi ob’yektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy-mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, “Pedagogika” va “Sosiologiya” fanlari ma’nosining integrasiyasidan (birlashuvidan) vujudga kelgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixi tadrijiy tavsifga ega. Ana shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika fani rivojining uch bosqichini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Download 440,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish