7.Kitob mutolaasi chontak uchun hamyonbop. Birinchidan, kitoblarning narxi kompyuter oyinlaridan kora arzonroq. Ikkinchidan, tanishlaringiz qiziqishingizni bilsalar sizga sovga tanlashda qiynalmaydilar. Uchinchidan,kitob mutolaasi uchun hamisha kutubxonalardan foydalanish ham mumkin. 8.Mutolaa diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi.Kitobni musiqa ostida ham, biror narsa bilan mashgullik paytida ham oqish mumkin. Ha, haqiqiy kitob shinavandalari atrofdagi shovqinga ahamiyat bermay oqishni biladilar. 9.Kitobning qomatga ta’siri. Shubhasiz, kitobning qomatga ta’siri bor ekan. Kuzatishlar natijasiga kora, zerikkan insonda kop ovqat yeyishga moyillik bolar ekan. Binobarin, kitobxon odam ovqatni ortiqcha yemaydi. U kitobdagi voqealarga berilib, uzoq-uzoqlarga safar qiladi. 10.Kitob mutolaasi tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ota-onasining kitob oqiyotganini korgan bolalarda ham kitobga qiziqish kuchaya boradi. Bu esa oz navbatida bolaning dunyoqarashi kengayishiga sabab boladi. Savol va topshiriqlar: 1. Mutolaa diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradimi? 2. Qanday tarixiy obidalarni bilasiz ? 3. Kitob mutolaasi tarbiyaviy ahamiyatga egami? Ogzaki nutq: Mavzuga oid matnni oqib tushunish. Matnni ijodiy sozlash. Kitobni tavsiya qilish usullari haqida fikr bildirish. Yozma nutq: Oqilgan kitoblar togrisida dialog tuzish va uni inssenirovka qilish. Oqilgan kitoblar royxatini tuzish va ularga qisqacha tavsif berish. Kitob —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, K. deyish qabul qilingan. K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻzichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. K.ni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatida olib boriladi. K.larni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (qarang Kutubxona, Kutubxonashunoslik). K. va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |