Ezgu g‘oya va e’tiqodni shakllantiruvchi omillar. Inson e‟tiqodsiz,
g„oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. SHaxs va uning e‟tiqodi masalasi muhim
muammolardan bo„lib, uning shakllanishi mohiyatan ijtimoiy omillarga
bevosita bog„liq deb qaraladi. Bu masalaga e‟tiborning ortib borayotganining
boisi shundaki, bunda nafaqat shaxs, balki bugungikun yoshlaridagi
mafkuraviy immunitetning shakllanishida undagi ezgu g„oya va iymon
e‟tiqod muhim ahamiyatga egadir. Agar biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab
sog„lom e‟tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma‟naviyati
boy, mustaqil fikrli va olijanob shaxslar bo„lib kamolga etadi. SHu ma‟noda,
shaxs e‟tiqodi undagi shunday barqaror va teran fikr, tasavvurlar, bilimlar
majmuiki, mafkuraviy dunyoqarash hamda milliy g„oyalar aslida ana shunday
e‟tiqodlar asosida shakllanadi.
YOshlar kamoloti jarayonida uning turli ziddiyatlarga va zararli
e‟tiqodlarga berilish holati ham kuzatiladi. Masalan, psixologlar etnik ziddiyatlar
hamda diniy e‟tiqodlar shakllanishi va o„zgarishiga katta e‟tibor berib, ushbu
jarayonga xos umumiy qonuniyatlarni o„rganganlar. Masalan, mashxur
amerikalik psixolog Gordon Ollportning fikrcha, e‟tiqod va etnik ziddiyatlar
o„ziga xos umumlashgan ustanovkalar bo„lib, agar shaxsda muayyan biror millat
vakillariga nisbatan salbiy munosabat yoki ziddiyat mavjud bo„lsa, demak, unda
boshqa bir millat vakillariga nisbatan ham xuddi shunday munosabatni kutish
mumkin.
SHaxs e‟tiqodiga aloqador bo„lgan shunday ziddiyatlardan biri diniy
bo„lib, uni haqiqiy takvodorlik yoki haqiqiy e‟tiqoddan farqlash zarur. SHu
nuqtai nazardan olib qaraganda shaxsdagi tashqi va ichki diniy e‟tiqodni yoki
dinga moyillikni farqlaydilar. Amerika olimlari o„tkazilgan ko„plab
tadqiqotlarda siginish joylariga borish bilan e‟tiqodlilik ko„rsatgichlari
o„rtasidagi bog„lanishni o„rgandilar. Bu bog„lanish bevosita bo„lib, muntazam
cherkovga qatnaydiganlardagi tolerantlilik o„rtacha qiymatli bo„lib chiqdi.
CHerkovlarga muntazam katnaydigan shaxslarda insoniylik darajasi yuqori
bo„ladi. O„sha tadqiqotlardan ma‟lum bo„lishicha, diniy manbalarni to„la
mutolaa qilibchiq qan odam odatda – ancha ziddiyatlardan xoli, tolerantligi
esa yuqoriroq bo„lar ekan. Bu tadqiqotlardan qanday xulosalar chiqarish
mumkin?
Birinchidan, shaxs e‟tiqodi uning jamiyatdagi xulkini belgilovchi omil
bo„lgani uchun ham uni shakllantirishga eng avvalo jamiyat va jamoatchilik,
oila va barcha turdagi ta‟lim muassasalari jalb etiladi.
Ikkinchidan, biz e‟tiqodni shakllantiruvchi har bir omilning ta‟sir kuchi
nimalarga bog„liqligini bilishimiz kerak. Bular quyidagilardir:
a) ta‟sir kursatuvchi manba-shaxs yoki guruh, boshqacha qilib
aytganda, kommunikator;
b) ta‟sir mazmuni yoki ma‟lumot;
v) ta‟sir vositasi yoki ma‟lumot etkazuvchi tarmoq;
g) ta‟sirni qabul qiluvchi yoki auditoriya.
Do'stlaringiz bilan baham: |