3. YOshlar xarakteriga umumiy tavsif.
Hozirgi zamon akselirizatsiyasining yoshlar hulq atvoriga ta’siri.
Xarakter deganda, shaxsda muhit ta‟siri ostida tarkib topgan va uning
irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamiga(boshqa kishilarga, mehnatga,
buyumlarga), o„z-o„ziga bo„lgan munosabatlarida namoyon bo„ladigan
individual xususiyatlarini tushunamiz.
Kishi
xarakteri
tarkibiga
kiradigan
ayrim
xislatlari
ijtimoiy
muonsabatlarning taraqqiyotiga bog„liq holda tarixiy ravishda vujudga kelgan
va o„zgargan. kishilar xarakteridagi ayni bir xislatning o„zi turlicha ijtimoiy
muhitda turlicha baholanadi. Bir ijtimoiy sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy
hisoblangan. xarakter xususiyati ikkinchi bir sinf, ikkinchi bir ijtimoiy davr
uchun salbiy bo„lib qoladi.
Ijtimoiy munosabatlarning o„zgarishi bilan u ma‟lumm bir guruhga,
yoxud sinflarga xos bo„lgan ko„p xarakter xislatlari qaytadan tarbiyalanadi
yoki yo„qolib ketadi, shu bilan birga yangi xarakter xislatlari paydo bo„ladi.
XX asrning yakuniy bosqichi buyuk ijtimoiy o„zgarishlar va burilishlar
davri bo„lib, u tarix zarvaraqlvaridan muhim joy olmoqda. Bu
o„zgarishlarning eng ulug„i SSSR deb atalgan kommunistik imperiyaning
barbod bo„lishi va sobiq ittifoq bosh respublikalarining jumladan,
jumhuriyatimizda mustaqillikning tiklanishi va demokratik jamiyatning barpo
etilishidir.
Ushbu ulkan tarixiy jarayonlar va akselirizatsiya (lotincha tezlashtirmoq-
organizm rivojlanishining jadallashishi) kishilarning ayniqsa, kelajak avlod
yoshlarning
ruhiyatiga,
xarakteriga,
axloq-odobiga,
o„zaro
munosabatlarigachuqur va ziddiyatli ta‟sir kursatmoqda. Bu ta‟sir yoshlarning
milliy g„oyasi, millat qadriyatigagina emas, balki xarakter xislatlarini ham
o„zgartirishiga sabab bo„lmoqda.
YOshlarning xarakteri va uning shakllanishi, namoyon bo„lishi uchun
kishilarimizni o„rab olgan muhiti, turli faoliyatlarga turlicha munosabatlar,
yashab turgan jamiyatimizdagi munosabatlar sabab bo„ladi. Bu esa
xalqimizda, yoshlarimizda yangicha xarakter xislatlarning shakllanishiga,
asrlar davomida avloddan-avlodga o„tib kelayotgan xarakter, saxiylik, o„zaro
hamkorlik, bir-biriga yordam, iffat, sharm-xayo, kamtarlik, mehmondo„stlik
kabi sifatlar barqaror xususiyatlarga aylanib qolmoqda.
Bugungi yoshlarning xarakteridagi irodaviy, axloqiy va faxm-farosatga
bog„liq bo„lgan xislatlar mustaqillikni mustahkamlashda yana ham rivojlandi.
YOshlardagi bu sifatlar terrorizmga qarshi kurashda, turli diniy
aqidaparastlik, vahobizm, narkomaniya va shu kabi illatlarga qarshi kurashda
yaqqol namoyon bo„ldi. Qancha begunoh kishilarning yostig„i quridi, lekin
xalqimiz o„zining matonati, qat‟iyati bilan o„z xarakterini namoyon qildi.
Akselerizatsiya natijasida yoshlarda yangicha xarakter xislatlari tarkib
topmoqda.
YOshlarning xarakter xislatlari, ularning dunyoqarashi va e‟tiqodlari
bilan belgilanadi. Ularning qiziqishi, qobiliyatlari bilan maxkam bog„lanadi.
Dunyoqarash va e‟tiqodlar vatanimiz fidokorona muxabbat, jasorat,
mexnatsevarlik, mardlik, sabot va rostgo„ylik singari xarakter xislatlarini
shakllantiradi va nohaqliklarga nisbatan sezgirlik singari xarakter xislatlari
vujudga kelishi ko„proq kishining xissiyotlarida zoxir bo„ladi.
Xarakterning o„sishida tarbiya va o„z-o„zini tarbiyalash asosiy rol
o„ynaydi.
O„sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda
tarbiyalanadi. YOshlarning xarakterini tarbiyalashda katta ma‟suliyatli vazifa
ota-onalar, tarbiyachilar, o„qituvchilar va ta‟lim muassalar raxbarlari
zimmasiga tushadi.
Xarakterini tarbiyalash shundan iboratki, tarbiyachi yoshlarga namuna
bo„lgan kishilarni ataylab ibrat qilib ko„rsatadi. Xozirgi kundaki rivojlanish
ya‟ni akselirizatsiya ta‟sirini yoshlar xulq atvoriga taxlil qilsak, uning albatta
ijobiy va salbiy tomonlarini kuzatish mumkin. Ijobiy tomoni milliy o„zlikni
anglash,
muloyimlik,
mehnatsevarlik,
ayollarga
xurmat,
simpatiya,
bilimdonlik, vatanparvarlik xislatlarini tobora shakllanib borganligi bo„lsa,
salbiy tomoni: kiyinish madaniyatini izdan chiqqani, jaxon madaniyatiga
taqlidchanlik, modaga o„chlik, chet el seriallaridan ideal qidirish kabi qator
xislatlarni e‟tirof etish mumkin.
YOsh avlod tarbiyasida milliy ruxiyat, umum insoniy, xalqchil, milliy
qadriyatlar, urf odatlar, an‟analar etakchi o„rin tutmog„i lozim. Bular orqali
yoshlarda akterilizatsiyada yuzaga keladigan yoshlar xulq atvoridagi salbiy
xislatlarni yo„qotib, ijobiy fazilatlarni tarbiyalash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |