82
SOHAGA OID MATNLAR
Kompyuterlar avlodi
Dunyoda juda ko‘p kompyuterlar yaratilmoqda. 1980- yilning o‘rtalariga
kelib jahon parkidagi kompyuterlarning jami soni 10 millionga yetgan bo‘lsa, 1990
yilga kelib ular soni 100 mln. ga yetdi. Turli firmalarning har xil nomdagi
kompyuterlari hayotga tobora mustahkamroq kirib bormoqda.
Super EHM tezkor, murakkab kompyuter hisoblanadi. U sekundiga 800
mln. amalni bajara oladi. Katta EHM-uchinchi avlod kompyuterlari bo‘lib,
sekundiga 10 mln. gacha amal bajaradi.
Kichik EHMlar mini va makro EHM, shaxsiy kompyuter va
mikrokalkulyatorlarga bo‘linadi.
Tekshirishlar natijasi minimashinalar bir xil qiyinchilikdagi masalalarni
o‘nlab marta tezroq yechishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Kompyuterlar inson aqliy mehnatini yengillashtirishga yordam beradigan
texnik qurilma. U uchta blok: xotira, protsessor, kiritish-chiqarish qurilmalaridan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: