O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘zbek va rus tillari kafedrasi O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana16.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#379722
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
ozbek tilidan uslubiy qollanma (2)

                                        RAHIM   AHMEDOV 

Rahim Ahmedov O‘zbekiston xalq rassomi. U «O‘zbekiston xalq rassomi» unvoni 

va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi, o‘zbek tasviriy san‘ati ravnaqiga 

munosib hissa qo‘shib, rassomchilik sa‘natini yuksak darajada xalqimizga yetkazib 

berdi.  

O‘zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov 1921 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 

1937—1941 yillarda P. Benkov nomidagi Respublika badiiy o‘quv yurtida, 

1947—1953 yillarda Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, 

haykaltaroshlik va me‘morlik institutida o‘qidi.  

Taniqli musavvirlar Iskandar Ikromov, O‘rol Tansiqboevlardan keyingi avlod 

vakili bo‘lgan Rahim Ahmedov o‘zbek tasviriy san‘atiga 50-yillarning boshlarida 

kirib keldi. Ilk asarlarini institutda o‘qib yurgan kezlaridayoq yaratdi. O‘z ijodini 

portret janrida boshlagan rassom asarlarida oddiy dehqonlar, cho‘ponlar, qishloq 

ayollari va atoqli san‘at arboblarining qiyofalarini tasvirladi.  




 

48 


«Cho‘pon yigit», «Xalq bastakori — qo‘shnaychi Ahmadjon Umrzoqov», 

«Surxondaryolik qiz» va boshqa asarlar rassom ijodining dastlabki namunalaridir. 

Bu tasvirlarda xalq hayoti va turmushining oniy lavhasi, ko‘rinishi o‘z ifodasini 

topgan. Rassomning 50-yillarda chizgan «Ona o‘ylari» asari chuqur psixologik 

ifodaliligi bilan tomoshabin diqqatini o‘ziga jalb etadi.  

Bu portretda ifodalangan onaning ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari ishonarli 

ifodalangan.  

R. Ahmedovning 60—80-yillarda yaratgan asarlarining ham ko‘pchiligini 

portretlar tashkil etadiki, bular «Zveno boshlig‘i», «Bahor ayyomida», «Furqat 

portreti», «Ayol portreti», «Bahor», «Rassom B. Boboev portreti», «Rassom 

Salimjonova portreti» kabi asarlardir.  

Shuningdek, «Birinchi maosh», «Tushki dam olish», «Tong, Onalik», «Qo‘shiq» 

asarlarini ham shu yillarda yaratdiki, ularda xalqimizning hayoti, turmush tarzi, 

bepoyon mamlakatimizning go‘zal tabiat manzaralari nihoyatda nafis, latofatli, 

yorqin bo‘yoqlarda did bilan tasvirlangan.  

 

 



Ayniqsa, rassomni elga tanitgan, 

unga shuhrat keltirgan «Tong, 

Onalik» asarida yosh onaning pok qalbi, go‘zal qiyofasi, baxtiyor onalik kayfiyati 

rangin bo‘yoqlarda chizilganki, bu asarni tomosha qilgan kishida asarga nisbatan 

iliq taassurot uyg‘otadi.  

Musavvir ijodida manzara asarlari ham alohida o‘rin tutadi. Uncha katta 

bo‘lmagan, ixchamgina manzara suratlarida tabiat o‘z go‘zalligini ko‘z-ko‘z qiladi. 

Bu o‘rinda uning tog‘ manzaralariga bag‘ishlangan qator asarlarini, xususan, 

birgina «Qish» manzarasini eslashning o‘zi kifoya.  

R. Ahmedov asarlari 1948 yildan boshlab xalqaro ko‘rgazmalarda ko‘rsatila 

boshlandi.  

Moskvadagi Tretyakov galereyasi, O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi ko‘rgazma 

va panoramalar direksiyasida saqlanmoqda. Rassom uzoq yillar ijodiy ishni davlat 

va jamoat ishlari bilan baqamti olib borib, mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga ham o‘z 

hissasini qo‘shdi. 1965—1994 yillarda O‘zbekiston Rassomlar uyushmasining raisi 

vazifasida ishlab, Respublikada tasviriy san‘atning rivoj topishida hormay-tolmay 

izlanish olib borayotgan musavvirlarga bosh-qosh bo‘ldi.  



 

49 


 

U ko‘p yillardan buyon San‘at institutida professor -o‘qituvchi vazifasida faoliyat 

ko‘rsatib, yosh musavvirlar tayyorlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.  

Rahim Ahmedovning o‘zbek tasviriy san‘ati ravnaqidagi xizmatlari munosib 

taqdirlandi. 1961 yilda unga «O‘zbekiston xalq rassomi» unvoni berildi. 

Mustaqillik yillarida esa «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.  

 

 


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish