Adabiyotlar:
Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPЦ «Yangi asr avlodi», 2004.
V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnыmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
Saifnazarov I.S. i dr. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. T.: 2004.
2-MAVZU. NAZARIYa, USLUB VA USLUBIYaT, ULARNING ALOQADORLIGI, ILMIY BILISh VA IJODIY
JARAYoNDAGI ROLI
Reja:
1. Nazariya atrof-borliqqa ilmiy qarashlar tizimi sifatida.
2. Metodologiya bilish usullari haqidagi ta’limot.
3. Nazariya va usulning o’zaro bog’liqligi va mustaqilligi.
1. Nazariya atrof-borliqqa ilmiy qarashlar tizimi sifatida.
Fanning tarkibiy ichki tizim sifatida usul va nazariya insonni qamrab turgan ob’ektiv voqelikni o’zlashtirishning nisbata mustaqil shakllarini namoyon etadi.
Nazariya tadqiq etilayotgan ob’ektning mohiyatini, uning ichki aloqadorliklarini, amal qilish va rivojlanish qonunlarini aks ettiruvchi ideal obrazlar (tushunchalar) tizimidir. Nazariya tushuntirish vazifasini bajarib, u ob’ekt uchun qanday zarur xususiyat va aloqalar xosligini, u o’zining amal qilishi va rivojlanishida qanday qonunlarga bo’ysunishini ko’rsatib beradi.
Usul kishilarni bilish hamda atrof-muhitni o’zgartirish faoliyatiga yo’naltiruvchi o’zaro bog’liq prinstiplar, talablarning majmui hisoblanadi U regulyativ vazifani bajarib, sub’ekt o’rganilayotgan yoki o’zgartirilayotgan ob’ektga nisbatan o’zini qanday tutishi, oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun qanday taomillarni (bilish yoki amaliyotga oid) bajarishi lozimligini ko’rsatib beradi. Agar nazariya, ob’ektni tavsiflagan holda, ayni vaqtda ob’ektning qanday ekanligini ifodalasa, usul esa ob’ektga nisbatan ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirilishini belgilab beradi, sub’ektni ob’ektning qanday bo’lishi zarurligi tomon yo’naltiradi.
Ma’lum usullarga tayanish yoki usullarga ega bo’lish (metodichnost) inson hayot tarzining, uning maqsadga muvofiq faoliyatining zarur belgisi, tavsifi hisoblanadi. O’z harakatlarini instinktlar, shartli va shartsiz reflekslar asosida, avtomatik ravishda sodir etuvchi hayvonlardan farqli o’laroq, inson ongli ravishda harakat qiladi. U yoki bu harakatni amalga oshirishdan oldin u muayyan holatni tahlil etadi, tegishli maqsadni qo’yadi, uni amalga oshirish yo’l va vositalarini belgilab oladi. Shundan so’ng atrofdagi voqelikka rejali asosda ta’sir eta boshlaydi. Shunday qilib, maqsadga muvofiq faoliyat qo’yilgan maqsadni amalga oshirishga elituvchi hatti-harakatlarni bajarishning ma’lum yo’llari va usullarini bilishni taqozo etadi. U yoki bu amaliy vazifalarni hal etishning tanlab olingan va umumlashtirilgan usullari ko’zda tutilgan natijaga erishish uchun rioya etilishi lozim bo’lgan ma’lum me’yor, qoidalar orqali mustahkamlanadi. Ma’lum me’yor va qoidalarning majmui Ayni paytda usulni tashkil etadi. Usulni tashkil etuvchi bu me’yor va qoidalar insonning tabiat bilan o’zaro ta’siri jarayonida uzoq yillar davomida rastional tafakkurlash prinstiplari, bilish faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari ko’rinishida tanlanib, mustahkamlanib va shakllanib kelgan. Natijada bilish va ta’sir ko’rsatish usulini o’rganish va nazariy jihatdan asoslashga, uning prinstiplarini ishlab chiqish va takomillashtirishga, unga nisbatan bo’lgan qator talablarni ilgari surishga yo’naltirilgan maxsus fan vujudga kelgan.
Usul ob’ektv voqelikda o’z-o’zicha mavjud bo’lmay, u inson ijodiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. U inson tomonidan yaratilib, voqelikni bilish, uni anglash va o’zgartirish qonuniyatlari asosida shakllantirilgan qoidalar, talablar majmuini, takrorlanishlarni namoyon etadi. Usulni taqozo etuvchi mazmunning ob’ektiv tavsifga egaligi sharoitida uning o’zi hayotning sub’ektiv shaklini kasb etadi, sub’ekt faoliyati natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |