Dissertastiyaning ilmiy yangiligi – bu muallifga umuman tadqiqotni o’tkazish va olingan natijalarni tavsiflashda «birinchi bo’lib» tushunchalardan foydalanish huquqini beruvchi mavjud belgi hisoblanadi.
Fanda «birinchi bo’lib» tushunchasi ularning e’lon qilingunga qadar bu kabi natijalarning mavjud bo’lmasligi holatini anglatadi. Oldinlari fanning u yoki bu sohasida tadqiq etilmagan original mavzularning tadqiqotlari ham birinchi bor o’tkazilishi mumkin.
Yangilik tadqiqot ishi boshidan oxirigacha hech kim tomonidan shakllantirilmagan qoidalardan, hali ilmiy muomalada hech qo’llanilmagan tushunchalardan iborat bo’lishi lozim, degan ma’noni anglatmaydi. Nomzodlik dissertastiyasiga nisbatan yangiliklar yangilik elementi deb ataluvchi jihatga taqalishi mumkin. Bunday element bo’lib ilmiy muomalaga alohida yangi tushunchalarni kiritish, muayyan mavzuga oid yangi metodologik yondashuvlardan foydalanish, ilmiy ishni o’zaro aralash fanlar ma’lumotlari bilan boyitish, shuningdek, ishning amaliy jihati – mustaqil o’tkazilgan eksperiment, sostiologik tadqiqot, klinik tajriba va h.k.lar hisoblanishi mumkin. Keyingi o’n yillik davomida dissertastiyaning stili va tarkibiy tuzilishiga bo’lgan talablar nisbatan erkin bo’lib qoldiki, shunga ko’ra stil bilan tarkibiy tuzilmaning o’zi ham yangilik elementini tashkil etishi mumkin. Masalan, ba’zida falsafiy, sostiologik, filologik dissertastiyalar postmodern stilida yozilib, bu ishning klassik tuzilishining nisbatan buzilishiga olib kelsada, biroq nisbatan original g’oyalarni bayon etishda ma’lum ustunlik baxsh etmoqda.
Mavzuning dolzarbligi – dissertastiyaga qo’yiladigan asosiy talablardan biri. Odatda bu talab tadqiqotchining g’ashiga tegadi, chunki u tomonidan o’z ilmiy izlanishida majburan yoritilishi kerak bo’lgan, faqat rasmiy tavsifdagi talab sifatida qabul qilinadi. Biroq, mavzuning dolzarbligi talabi salbiy narsa emas. U faqat ilmiy ishlarning bugungi kun fani holatiga, uning haqiqiy ehtiyojlariga muvofiqligini hamda dissertastiya ishini ahamiyatli muammolarni hal etishga yaroqliligini taqozo etadi. Masalan, agar tadqiqotchi g’ildirakni ixtiro etish yoki falsafaning tamal toshini ochib berishga qaratilgan ishni yozmoqchi bo’lsa, bu tadqiqot, yumshoqroq qilib aytganda, dolzarb emas.
Mavzuning dolzarbligini asoslash kirish matnida bayon etilib, quyidagi aniq talablarga javob berishi lozim: birinchidan, tadqiqotchi kafedra (bo’lim) va ilmiy rahbarining ayni paytda aynan shu mavzuga murojaat qilishi sabablarini qisqacha yoritib berishi lozim (masalan, agar gap ijtimoiy-falsafiy fanlar to’g’risida borsa, mazkur mavzuni tadqiq etishni o’ta zarur qilib qo’yuvchi jamiyatning hozirgi holati xususiyatlarini tavsiflash kerak); ikkinchidan, u fanning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mazkur mavzuga murojaat qilishning dolzarbligini ochib berishi lozim. Ya’ni, nima uchun ayni paytda ushbu mavzuni ko’rib chiqish zarur bo’lib qoldi, uni ilgariroq ko’rib chiqilishiga nima to’sqinlik qilar edi, unga murojaat qilinishi fanni o’zining rivojlanish dinamikasi, mazkur muammo bo’yicha yangi ma’lumotlarning to’planishi, mavjud tadqiqotlarda uning ishlab chiqilganlik darajasining etarli emasligi, muammoni yangi rakursda, yangi tadqiqot usul va uslublarini qo’llagan holda o’rganishnig zarurligi bilan shartlanganligini ko’rsatib berishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |