Sovet hukumatning 1946 yil 2 fevraldagi O’zbekstonda paxtachlikni tiklash va yanada rivojlantirish choralar to’g’risidagi qarorlar O’zbekiston paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo’ldi.Iqtisodni tiklash ayniqsa qishloq xo’jaligida ayniqsa, paxtachilikda qiyinchilik bilan o’tdi. O’zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to’g’risida sovet hukumatning urushdan keyin qabul qilingan ijtimoiy-siyosiy va iqtsodiy jihatdan asoslanmagan o’nlab qarorlar izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijani bermadi. 1947-1948 yillardapaxtatayyorlashningdavlatrejasi bajarilmadi. 1949 yildanboshlabahvolbirmunchao’zgardi. 1950 yili 2 mln 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektardan 20,7 sentnerga yetdi. 1950 yilda paxtaning haridi narxi oshirildi. Lekin dehqonchiliknihg boshqa sohalarda ekin maydonning qisqartirilganligi oqibatda g’alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi. Pul islohot o’tkazildi qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarning narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkoniyatni to’g’dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx-navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarli ikki barobar qimmat edi. Keng istemol mollari ishlab chiqarish toboro kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan bo’ldi natijada respublika aholisining yengil sanoat, oziq ovqat mollarga ehtiyoji kuchaydi. 50-60-yillarda quruq va bo’z yerlarni o’zlashtirish va shu asosda paxta va g’alla yetishtirishni ko’paytirish choralari ko’rildi. O’zbekistonda uch yil ichida 1953-1955 yillar oralig’ida 130 ming gektar yangi yerlar ochildi ochilgan yangi yerlarda asosan paxta yetishtirishga qaratildi, natijada xo’jalik oziq ovqatlar soni kamaydi. 1950-yillarda sanoat va qurilish, ijtmoiy ishlab chiqarishdagi tarqoqlikning respublika iqtsodining kompleks rivojlanishga etibor yanada kuchaydi. Rangli metalurgiya sohasida Ohangaron, Olmaliq havzasi va Zaravshon tizmasi tog’ konlari o’zlashtirildi. Mashinasozlik qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgansohasi 1959-1965 yillarda 1952-58 yillarga nisbatan keskin oshdi. Mahalliy aholining mashaqqatli mehnati hisobiga yetishtirilgan qimmatbaho mahsulotlari sovet mamlakatining iqtisodiy va kuch-qudratini oshirishga bo’ysindirildi. 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatning moddiy bazasi yaratildi. 1958-1960 yillarda Jarqor-BuxoroSamarqand-Toshkent magistiral gaz quviri yotqizildi.9 Sanoatda mexnat unumdorligi masalasiga kelsak, O’zbekistonda bu ko’rsatkich ittifoq darajasining atiga 40 foizga teng edi, xolos. Qishloq xo’jaligida esa mehnat unumdorligi umum ittifoqning o’rtacha ko’rsatgich darajalardan ikki barobar kam bo’lgan. Jahon taraqqiy topgan mamlakatlarda XX asr ikkinchi yarmida sodir bo’lgan ilmiy-texnika iqlobidan samarali foydalanildi. Mashina-fabrika ishlab chiqarishdan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o’tib borildi. Natijada ilg’or mamlakatlarda ishlab chiqarish intensiv taraqqiyot yo’liga kirdi. Sovet davlatida esa ilmiy-texnika iqlobidan foydalanish yetarli darajada yo’lga qo’yilmadi. Iqtisodiyot ekstensiv yo’lda, tobora ko’p qo’shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etishda suskashtlik qilinayotgan edi . Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan sansalarlik, qog’ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishga to’sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirigan, shu tufayli loqayd, sust beparvo edilar. Sovet mustabid tuzumining bo’hroni iqtisodiy kuchliroq avj oldi. Bu jaroyon 50-yillarning oxiri va 60-yillarda boshlandi. Buni biz 1956-1960-yillarga mo’ljallangan besh yillik va 1959-1965-yillarga mo’jallangan yeti yillik rejalarning juda ko’p yo’nalishlari bo’yicha bajarilmay qolganligida ko’ramiz.12 Bu ayniqsa, 80-yillarda kuchli tus oldi. M.S.Gorbachovning quyidagi so’zlari yuqoridagi xulosani tasdiqlaydi: “Biz mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilganimizda, eng avvalo ekonomikaning o’sishga to’sqinlik qilayotganligiga duch keldik. Milliy daromadlarning o’sish sur’atlari keyingi besh yillik davomida ikki hissadan ziyod pasaydi, 80-yillar boshiga kelib esa bu sur’atlar shunday darajaga tushib qoldiki, u amalda bizni iqtisodiy turg’unlikka yaqinlashtirib qo’ygan edi. Ilgari dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlarga shiddat bilan yetib olgan mamlakat bir pozitsiya ketidan ikkichisini qo’ldan boy bera boshladi. Buning ustiga ishlab chiqarish samaradorligini va mahsulot sifatningoshirishda, fan-texnika taraqqiyotida zamonaviy texnika va texnologiyani ishlab chiqarish va o’zlashtirishda rivojlangan mamlakatlardan orqada qolish bizning ziyonimizga ko’paya bordi”13 Buning eng asosiy sababi-ishlab chiqarish fondlarni o’stirishning birdan bir asosiy shakli sifatida intensiv yo’l emas, balki ekstensiv yo’lni tanlagani bo’ldi. Bir necha o’n yillar mobaynida respublika iqtsodiyoti markazda boshqariladigan yagona xalq xo’jaligikompleksining tarkibiy qismi edi. Markaz qabul qilgan ko’pgina qarorlar O’zbekistonning manfaatlaridan yiroq edi. Xullas chor imperiyasi davrdagidek, respublika arzon xom ashyo va strategik mineral resurslar bazasi edi. U tayyor mahsulot sotiladigan qulay bozorga aylanib qolgandi. Respublikaning ulkan tabiiy boyliklardan foydalanilgan holda daromadlar uning hududidan ancha olisda qolib ketardi. O’zbekiston Sobiq Ittifoq tarkibda tashqi bozorga mustaqil chiqmasdi. Jahon savdosda qatnashmasdi. O’zining iqtisodiy quvvatini yetarlicha ishga tushira olmasdi.Bu davrda sanoat korxonalar rivojlantirishda biqiqlik yuz berib, buni biz xonliklar davrdagi biqiqlik bilan solishitirsak uning rivojiga ta’sirni tushuncha qilamiz. Tarixiy manbalar shuni ko’rsatadiki turgunlik va uning boshlanish sabablari ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda iqtisodiyotning ta’siri yuqori darajada bo’lganligi uning rivojlantirish uchun zo’rovonliklar olib borilganligini o’rgandik. Uning dastlabki yillarda yuqori ko’rsatkichlar kuzatildi keyinchalik esa oqsoqlik yuz bera boshlaganini ko’ramiz ayniqsa paxtaga etibor kuchaydi ko’plab yangi yerlar o’zlashtirildi qishloq xo’jaligida poliz va sabzavod ekinlari kamaydi va tuzilgan besh yillik va yetti yillik mo’ljallangan rejalarning amalga oshmaganligi ko’ramiz. Turg’unlik butun ittifoqga o’z ta’sirni o’tkazganiligni ko’ramiz xalqning zulm iskanjada qolib ularning hayoti turmush tarzi o’rganilmasdan yuqordan Ittifoq “yagona xo’jalik kompleksi” degan niqob ostida aldovlar bilan boshqarlar edi. O’rganishlar jarayonda O’zbekiston istemol mollar bo’yicha go’sht tuhum istemolda Ittifoqdan past o’rinlarda turar edi. Iqtisodiy turg’unlik sekin asta dastlabgi kurtaklari namoyon bo’la boshladi yuqorda qayt etilgan tarixiy malumotlarni kuzatadigan bo’lsak dastlabki yillarda iqtsodiyot ishlarda juda ko’p ishlar olib borilgani va 60-yillarda susayishni turg’unlikni ilk boshlanishni kuzatishimiz mumkin bu jarayon keyingi yillarda ancha jiddiy tus olib ketishga zamin yaratib berdi Respublikamiz iqtisodiyotda o’zgarishga olib keldi.