O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi, amaliyoti va huquq


Mehnat sotsiologiyasining mohiyati va asosiy xususiyatlari. Mehnat sotsiologiyasining asosiy tushunchalari



Download 0,77 Mb.
bet77/87
Sana12.01.2017
Hajmi0,77 Mb.
#367
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
2. Mehnat sotsiologiyasining mohiyati va asosiy xususiyatlari. Mehnat sotsiologiyasining asosiy tushunchalari.
Hozirgi kunda ijtimoiy fanlar qatorida, xususan, “Sotsiologiya” fani oldida shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar va ularning xususiyatlari, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni hamda uning kelgusidagi ijtimoiy oqibatlarini, mehnat munosabatlarining yangi sharoitdagi o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Sotsiologiya va uning maxsus nazariyasi- mehnat sotsiologiyasi doirasida bu muammolarning ham nazariy, ham amaliy tomonlari o‘zaro dealektik bog‘liq holda olib qaralishi lozim. Mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyat hayotining barcha jihatlari, jarayonlari konkret sotsiologik tadqiqot asosida o‘rganiladi.

O‘zbekiston davlati iqtisodiy asoslarini, ularning tarkibiy funksional qatlamini mehnat sotsiologiyasi doirasida o‘rganish muammosi hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Chunki, hozirda mehnatning mazmuni, xarakteri va unga bo‘lgan munosabat o‘zgarmoqda. Boshlanayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy davr talablaridan biri “Ishlab chiqaruvchilarning ham, iste’molchilarning ham ruhiyatini o‘zgartirishi lozim” bo‘lgan vazifa turadi.

Mehnat sotsiologiyasining vazifasi uning predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan kishilarning ijtimoiy hayot qonuniyatlari, mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Sotsiologiya ning bu maxsus nazariyasi mehnat sohasidagi tadqiqotlarning xususiy prinsiplari, kategoriyalari va usullaridan foydalanadi. Mehnat sotsiologiyasining tarkib topishi va rivojlanishi g‘arb sotsiologiyasi bilan marksistik sotsiologiyada deyarli bir davrda – XX asrning 20-yillaridan boshlandi. AQShda mehnat sotsiologiyasi F.Teylor, E.Meyo, K.Levin, Dj.Moreno, F.Xersberglarning sotsiologik konsepsiyalari asosida shakllanib, o‘zining yuksak ilmiy darajasiga erishdi.

Rossiyada esa shu davrdan boshlab akademik S. G. Strumilin, akdemik V. M. Bexterev, A. K. Gastev, P. M. Korjensev, O. A. Yermanskiy, N. A. Veyke, V. V. Dobrinin, E. K. Drezin kabi yirik olimlarning ilmiy tadqiqotlari bilan marksistik asosdagi mehnat sotsiologiyasi rivojlandi.

AQShda va G‘arbiy Ovro‘pada mehnat sotsiologiyasiga e’tiborning ortishiga, asosan Rossiya va bir qator Ovro‘pa mamlakatlarida ro‘y bergan sotsial inqiloblarning sodir bo‘lishi, mehnatkashlarning mavjud siyosiy-iqtisodiy tuzumga qarshi bosh ko‘tarib chiqishi va sinfiy kurash ko‘lamining ortishi sabab bo‘ldi. XX asrning 20-yillarida bir qator kapitalistik mamlakatlarda bir necha bor takrorlangan iqtisodiy inqirozlar esa siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirib qo‘ygan edi.

Qanday bo‘lmasin siyosiy vaziyatni yumshatish va iqtisodiy tanglikdan chiqish muammosi mavjud kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning hayot - mamot masalasiga aylanib qoldi.

Bularning barchasi eski ishlab chiqarish munosabatlarini isloh qilish yo‘li bilan, tadrijiy suratda yangilanib borish, ya’ni zamonaviy mehnat munosabatlarining tarkib topishiga olib keldi. Mehnat sotsiologiyasi xuddi shu tarixiy missiyani bajarishga xizmat qildi. AQShda mehnat sotsiologiyasi asosan boshqaruv sotsiologiyasi doirasida o‘rganib kelindi. G‘arbiy Ovro‘pa mamlakatlarida esa alohida fan sifatida o‘rganilib kelinmoqda.

XX asrning 70-yillaridan boshlab g‘arb mehnat sotsiologiyasi doirasida mehnatni gumanizasiyalash tendensiyasi o‘rganila boshlandi. Mehnat sharoitini yaxshilashga ko‘prok e’tibor berildi. G‘arb sotsiologlarining fikricha, mehnat insonga azob-uqubat emas, balki, huzur bag‘ishlashi kerak. Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida yanada muhim ahamiyat kasb etmog‘i lozim. O‘tish davrining hozirgi bosqichida asosiy vazifalardan biri “… sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat bilan imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir”

Bu yo‘lda, mehnat sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshiruvchi sotsiologik omillarni va zahiralarni tahlil qilib o‘rganishdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Mehnat sotsiologiyasi quyidagi asosiy ijtimoiy munosabatlar jarayonini o‘rganadi: ishlab chiqarish vositalariga va mulkka bo‘lgan munosabatlar, mehnat kooperasiyasi va taqsimoti, bajarilayotgan mehnatning sharoiti va mazmuni, mehnat turlarining o‘zgarishi, mehnatga qarab taqsimlash, jamiyat a’zolarining ijtimoiy foydali mehnatga bo‘lgan ehtiyojlarining o‘sib borishi, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoiti va turmush tarziga qarab, turli ijtimoiy shart-sharoit va omillar ta’sirida mehnat xulqining o‘zgarib borishi, mehnat xulqi motivlari va tiplari, shaxsiy daromadlarning miqdori va uni olish yo‘llari, mehnat kadriyatlari va boshqalar orqali mehnat munosabatlari soxasidagi qonuniyatlarni shu jumladan, mehnat mohiyati namoyon bo‘lishining o‘ziga xos shakllari bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi. U jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy o‘zaro muvofiqlik va moslashuv jarayonlarini tushuntirib beradi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Bozorga o‘tish dasturini ro‘yobga chiqarishdagi ijtimoiy tayanchlardan biri, birinchi navbatda, jamiyatning ijtimoiy faol qatlamlaridir. Shu bois islohotlar ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi har bir kishi mehnatining qadrini oshirish, uning ijodiy faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini nomoyon etishi uchun sharoit yaratishdan iborat.har bir kishining iqtisodiy erkinligini uning o‘z muvaffaqiyati hamda o‘z oilasining farovonligi uchun iqtisodiy mas’ulligi bilan qovushtirib borishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirish kerak. O‘z ijodiy qobiliyatlari va imkoniyatlariga tayanishni nazarda tutgan munosabatlar har bir kishi farovonligining muhim va yagona manbaidir”.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish