Beshinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish muammosi sababli, mehnat jamoalarining ahamiyati haqidagi masala alohida faollik kasb etmoqda.
So‘l-o‘ng yo‘nalishi, biz allaqachon ko‘rayotganimizdek, xususiy tadbirkorlik negizlarini hukmron negizlariga aylantirishga, ya’ni sinfni-tadbirkorlar sinfi asosida shakllantirishga, iqtisodiyotda mulkchilikning turli xil shakllarini ko‘rishga intilmoqda.
O‘ng-so‘l yo‘nalish iqtisodiyotning bozorga daxlsiz shakllari ustun turishini ko‘zlaydi, tadbirkorlikka ikkinchi darajali o‘rin ajratadi, mehnat jamoalarining rolini bo‘rttiradi, lekin shu bilan birga ular kuch-harakatlarining samaradorligini keskin oshirishga qodir bo‘lgan mexanzimlarni olg‘a surmaydi.
Agar biz mehnat jamoalarini rivojlantirish asosiy harakatlantiruvchi kuch deb e’tirof etsak, sobiq totalitar tuzum uchun ana shunday mexanizmlarni shakllantirishdan muhimroq yumush bo‘lmaydi.
Ana shu muammoga to‘xtashdan oldin shuni eslatish kerakki, jamiyatda har doim olg‘a qarab harakat qilish uchun ham, bir joyda depsinib turush uchun ham manba bo‘lishi mumkin bo‘ladigan bir talay ziddiyatlar mavjud. Depsinishda ziddiyatlar ko‘pincha, ayniqsa jamiyat rivojlanishining teng davrlarida illatli doira shaklida maydonga chiqadi. Juda murakkab muammolarni oxirigacha hal etish uchun texnologik to‘ntarishni amalga oshirish talab qilinadi, lekin buning uchun iqtisodiy maqbul sharoitlar zarur. Yoki qishloqqa sanoat tomonidan yordam ko‘rsatmasdan turib, oziq-ovqat muamosi mavjudligi mushkullashib boradi va hokazo.
Mehnat jamoalarining harakatlarini uyushtirish orqali butun jamiyatimiz uchun foydali bo‘lgan bir qator maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarish zarur:
-
Mehnat jamoalarining kuch-g‘ayrati eng yirik texnik-iqtisodiy, sotsial, siyosiy, madaniy muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Xo‘jalik yuritish shakllarini tanlashda jamoalarning mustaqilligi, mehnatdagi intizom, uyushqoqlik, mas’uliyatlilik, jonkuyarlik bilan tadbirkorlikni birlashtirish ta’minlanadi. Shu jumladan, o‘z-o‘zini samarali boshqarish negizida tadbirkor-rahbarlar bilan ishlash mehnat jamoalari o‘rtasida yaqindan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilishiga erishiladi.
-
«Samarali, konstruktiv ish yo‘lida plyuralizm» shiori ostida mehnat jamoalarini integrasiyalash potesiali ko‘paytiriladi.
-
Mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va bajarishda mehnat jamoalarining kuch-harakatlari birlashtiriladi.
-
Guruhiy xudbinlik, millatchilik va boshqa salbiy tendensiyalarga qarshi turiladi.
Mehnat sohasida ijtimoiy birlikning asosiy ko‘rinishi mehnat jamoasi hisoblanadi. Mehnat jamoalaridagi mehnatkashlarning o‘zaro munosabatlari, mehnat jarayonidagi ijtimoiy vaziyatlar va mehnat munosabatlari shular jumlasidandir. Mehnat munosabatlari mehnat jarayonidagi ishtirokchilar o‘rtasida yuzaga kelib, iste’mol qiymatini yaratish va mehnat kooperasiyasi hamda mehnat taqsimoti asosida sodir bo‘ladi.
Mehnatning huquqiy munosabatlari mehnat jamoasi kasaba uyushmalarining korxona, tashkilot ma’muriyati, xususiy tadbirkorlar bilan bo‘ladigan o‘zaro huquqiy aloqalarini ham o‘z ichiga oladi.
Mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mehnatni muhofaza qilish, mehnat va davlat intizomi, ishchi va xizmatchilarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish bilan bog‘liq takliflar, mehnat jamoasi kengashi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasining birlashgan kengashida, korxona ma’muriyati ishtirokida muhoqama qilinada. Shundan so‘ng tushgan qo‘shimchlar va takliflar bilan qayta ko‘rib chiqilgan jamoa shartnamasi korxona mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishiga muhokama va qabul qilish uchun tavsiya etiladi.
Jamoa shartnomasi tarkibiy qismlari va mazmunini mehnat jamoasi, korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi mustaqil ravishda belgilaydi.
Jamoa shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining mustaqil balansga ega bo‘lgan va yuridik shaxs hisoblanadigan korxona va tashkilotlarida tuziladi.
Mehnat sotsiologiyasida o‘zaro aloqadorlik tushunchasi qo‘llanilib, u ikki asosiy munosabatni o‘z ichiga oladi. Bular o‘zaro hamkorlik va raqobatdir. O‘zaro hamkorlikda turlicha ijtimoiy qiziqishlar, manfaatlar o‘zaro mos tushadi. Raqobatda esa, aksincha, o‘zaro manfaatlar zid keladi. Bu tendensiyalarni o‘rganish ayniqsa, hozirda respublikamizda xususiy mulkchilik shakllanayotganligi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
1996 yil 1 aprelda amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi» bozor munosabatlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumnini tarkib topishida muhim o‘rin tutdi. Kodeksda mehnat munosabatlarini yangi sharoitda tartibga solishga qaratilgan qonun qoidalar 294 moddani tashkil etadi. Bu qonun - qoidalar mehnat bozorining samarali amal qilishiga xizmat qiladi.
Hozir Respublikamizda qudratli mehnat saloxiyati mavjud. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra respublikamiz aholisi 27 millioga yaqinlashdi. Ularning 40 % ga yaqini shaxarlarda, 60 % qishloqlarda istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi o‘zbek millatiga mansub bo‘lib , 80% ga yaqinni tashkil qiladi. O‘zbekiston ko‘pmillatli respublika bo‘lib, 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi.
Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan yosh bo‘lib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 % in mehnatga layoqatli davrgacha bo‘lgan yoshlar, 543 % i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlar tashkil etadi.
Mehnat qiluvchi aholining deyarli 50 % ishlab chiqarishda, korxona zavodda mehnat qiladi. Ish bilan band bo‘lgan aholining tarkibi jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlar faoliyatini kamligi ko‘rinib turibdi. Hozir qishloq xo‘jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i band. Ularni bo‘shatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, zng avvalo sanoatga va xizmat ko‘rsatish soxasiga yo‘naltirish mehnat jarayonida iqtisodiy muammo hisoblanadi. Shuning uchun ham hozir Respublikada hal qilinayotgan eng dolzarb muammolardan biri ishlashni hohlovchilarning barchasini ish bilan ta’minlash. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan bandlikni vujudga keltirish mehnat jamoasida jamoa inoqligi, ahilligini ta’minlash rahbarning ishga mas’uliyat bilan yondashishni talab etadi. Bundan tashqari korxonaning iqtisodiy jihatdan kam darormadliligi muammosi ham mavjud bo‘lishi mumkin. Shu bois ishlab chiqarilgan mahsulotni sifati oliy emasligi, kadrlar va xodimlarning mehnat tajribasi kamligi, mehnatni ilmiy tashkil etishni bilmasliklari, fan-texnika taraqqiyotiing eng so‘nggi yutuqlari bilan jixozlanmaslik, yoshlarga bo‘lgan munosabatda rahbarning boshqarish uslubi asosiy ahamiyat kasb etadi. Shunga o‘xshash bir qancha muammolar bartaraf etilsa mehnat jarayonidagi bugungi davrda e eng dolzarb xisoblangan, yechimini kutayotgan va yoshlarning kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |