Globallashuv – dunyodagi turli odamlar, mintaqalar va mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi.
Jamiyat- muayan hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy hokimiyatga itoat qiladigan va o‘zlarini boshqa qo‘shni guruhlardan farqlaydigan odamlar guruhi.
Ijtimoiy guruhlar-muntazam ravishda bir- birlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadigan individlar guruhi.
Ijtimoiy rol- muayan ijtimoiy pozisiyani egallab turgan individdan kutiladigan xulq- atvor.
Urbanizm- Lui Virt tomonidan shahardagi ijtimoiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun kiritilgan atama.
Nazorat va mustahkamlash uchun savollar Sotsiologiya fani nimani o‘rganadi?
Sotsiologiya qanday tarkibiy tuzilishga ega?
Sotsiologiya fanini qaysi fanlar bilan bog‘lab o‘rganish mumkin?
Sotsiologiyaning ijtimoiy vazifalari nimalardan iborat ?