Shaxs ijtimoiylashuvning 2 fazasi mavjud:
1. Sotsial adaptasiya (moslashish). Bunda individning sotsial sharoitlarga, funksiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya’ni muhitga moslashishdir. Sotsial adaptasiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvida o‘z aksini topadi. Shu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o‘ynaydi.
2. Sotsial interiorizasiya, ya’ni sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishish jarayonidir. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi, Ko‘pgina nazariyalarda shaxsning ijtimoiylashuvi, tashqi ta’sir ob’ekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina ijtimoiylashuv yordamida sotsial o‘zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi.
Ijtimoiylashuv shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyatchi sifatida o‘zi va ham ijtimoiy hayotining, hamda sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs sotsial ta’sirlanishning ob’ekti va sub’ektidir. Ijtimoiylashuv jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyat kursatish uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
Individ faoliyat qiluvchi mavjulotdir. U tashqi muhitga shunchaki javob bermaydi, balki amaliy faoliyat jarayonida ham inson sifatidagi o‘zining taraqqiyot va faoliyati qonuniyatlarni anglaydi va anglash asosida o‘zining sotsial faoliyatini belgilaydi. Shaxs tomonidan o‘z faoliyatini boshqarish faqat ob’ektiv va sub’ektiv qonuniyatlarni bilishgina emas, balki shu qonuniyatlarni, uning elementlarini, xususiyatlarini ham bilishni taqozo etadi.
Shaxslarning sotsial faoliyati va sotsial harakatining boshlang‘ich nuqtasi ma’lum ehtiyoj va manfaatlarni yuzaga keltiruvchi ob’ektiv hayot sharoitlaridir. Faoliyat turlari ko‘p, lekin eng muhimi ularning barchasi shaxsning moddiy va ma’naviy asosini tashkil qiluvchi, ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ehtiyojlar shaxsning tashqi muhitga ob’ektiv bog‘liqligini bildiradi. Shu sababli shaxsning amaliy faoliyat ehtiyojlarni qondirish shakli sifatida qaralishi ob’ektiv sharoitlarning in’ikosi va ularni qondirishning real imkoniyatlarini anglash sifatida qaralishi mumkin.
Ehtiyojlarining 2 ko‘rinishi mavjud: 1) tabiiy va 2) jamiyat tomonidan paydo qilingan ehtiyojlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |