Birinchidan, qonuniylikni mustahkamlashga – ya’ni, jinoyat ishlarini yuritishda Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini e’tirof etishga, shuningdek jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslar – surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudya faoliyatida qonunlarga og‘ishmay va qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilganligini, xususan jinoyat-huquqiy va protsessual normalarni qo‘llashda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning shaxsni gumon qilish, ayblashda, sudyaning esa hukm chiqarishda o‘z ixtiyoriga qarab ish ko‘rish chegarasi qonun bilan aniq tartibga solinganligini anglatadi;
Ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olishga – ya’ni, sudlanuvchi va boshqa shaxslarga axloqiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatib, ular tomonidan kelgusida jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi;
Uchinchidan, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga – jinoyat-protsessual qonun hujjatlari jinoyat tufayli zarar yoki ziyon yetgan nalohida shaxslar, davlat yoki jamiyat manfaatlarini himoya etishga, shu jumladan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy ziyonni qoplashga xizmat qiladi. Jinoyat protsessining muhim vazifasi yangi jinoyatlarni oldini olish, profilaktika qilish, aholini qonun va huquq-tartibotga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. Jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi, ularni bartaraf etishga qaratilgan samarali choralarni ko‘rishlari shart. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining talablarini bajarish bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudning zimmasidadir. Bu talablarni amalga oshirishdan davlat, jamiyat va har bir inson manfaatdor ekani bois unga erishish barchaning umumiy vazifasidir.
Xulosa va takliflar
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish - jinoyat protsessining mustaqil bosqichi bo‘lib, unda jinoyat ishini qo‘zg‘atishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat haqida kelib tushgan ariza va xabarlami qabul qilish, ko‘rib chiqish va hal etish orqali jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad etish yoxud tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborish to‘g ‘risida qarorlardan birini qabul qiladilar. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sababi deganda, JPKda belgilangan va o ‘zida tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida ma’lumot beradigan manbalar tushuniladi. Sababning mavjudligi ushbu organlarning jinoyat ishini qo‘zg‘atish zarurligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish majburiyatini yuzaga keltiradi. JPKning 322 moddasi 1-qismiga ko‘ra, jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
1) shaxslarning arizalari;
2) korxona, muassasa, tashkilot hamda jam oat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
3) ommaviy axborot vositalarining xabarlari;
4) jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi m a’lumotlar va izlarini surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning bevosita o‘zi aniqlashi;
5) aybini bo‘yniga olish haqidagi arz sabab bo‘ladi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning yoki qo‘zg‘atishni rad etishning qonuniyligini prokuror nazorat qiladi. U:1)tergovga qadar tek- shiruv organi mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig‘ining, tergovchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g ‘risidagi qarorini bekor qilish va ish qo‘zg‘atishni rad qilishga; 2)tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig‘ining, tergovchining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g ‘risidagi qarorini bekor qilish va ayni vaqtda ish qo‘zg‘atishga haqlidir (JPKning 337-m.).
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |